Nodira g’azallari / she’riyati (Нодира ғазаллари / шеърияти)

0

Nodira g’azallari / she’riyati / sheriyati. Нодира ғазаллари / газаллари / шеърияти. «Фиғонким, гардиши даврон айирди шаҳсуворимдин…» Нодира ғазали. «Фигонким, гардиши даврон айирди шахсуворимдин…». «Бўлди ул фурсатки, тарки суҳбати олам тутай…» Нодира ғазали. «Булди ул фурсатки, тарки сухбати олам тутай…» Нодира газали.


«Fig’onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…» Nodira g’azali

Fig’onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin,
G’amim cho’x[1], ey ko’ngul, sen bexabarsen holi zorimdin.

G’uborim ishq vodiysida barbod o’ldi, andog’kim,
Biyobonlarda Majnun to’tiyo izlar g’uborimdin.

Qizil qondur sirishkim,[2] za’farondur[3] chehrayi zardim,[4]
Meni kim ko’rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin.

Buzuldi ro’zgorim, xonayi ayshim xarob o’ldi,
Na rohat ko’rgamen emdi buzulg’on ro’zgorimdin.

Biyobonlarni izlab topmadim yorim so’rog’ini,
Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin.

Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo’lmishlar, –
Ki men ham yorsiz ozurdamen[5] yor-u diyorimdin.

Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gohi fig’on ettim,
Nelar o’tdi bu aqshom, Nodira, joni figorimdin[6].


 «Bo’ldi ul fursatki, tarki suhbati olam tutay…» Nodira g’azali

Bo’ldi ul fursatki, tarki suhbati olam tutay,
Qon to’kib ko’z mardumidin shevayi motam tutay.

Shah Umar sulton jahondin ketdi ul shavkat ila
Emdi davron ahlidin chashmi[7] muruvvat kam tutay.

O’tti subhi vasl, keldi shomi anduh-u firoq,
Marhabo, ey dog’i hasrat, kelki bazmi g’am tutay.

Bodasiz mino-vu[8] jom oxir nashotafzo[9] emas,
Emdi bodi g’unchayi gul bu chamanda kam tutay.

Qon bo’lur ko’ngul oning davrini yod etkan zamon,
Men nechuk tab’imni shod-u xotirim xurram tutay.

Furqatidin yig’lamoqdin qolmadi ko’z ichra yosh,
Emdi xuni[10] dil ila ko’z safhasin purnam[11] tutay.

Bazmi vaslin ko’rmaganlar furqatidin dog’dur,
Menki ko’rdim davlatin, o’zni nechuk beg’am tutay.

Topmog’im o’lmas muyassar ul guli xandon base,
Gar hama sayri jahon-u arsayi[12] olam tutay.

Ko’nglumi hijron o’ti aylar damo-dam zaxmnok,[13]
Qil madad, ey sabr-u toqatkim, anga marham tutay.

Yodgor ul shohdin qoldi manga durdonasi,
Emdi oni(ng) davlatin shukrini mustahkam tutay.

Nodira, ketti ilikdin shahriyorim domani,
Emdi avlodin duo etmak yo’lin mahkam tutay.


  • [1] Ch o‘ x – ko‘p.
  • [2] S i r i sh k  – tomchi; ko‘z yoshi.
  • [3] Z a’ f a r o n – xushbo‘y sariq gulli o‘simlik.
  • [4] Z a r d – sariq (rang).
  • [5] O z u r d a – ranjigan.
  • [6] F i g o r – ezilgan, jarohatlangan.
  • [7] Ch a sh m – ko‘z.
  • [8] M i n o – shisha (idish).
  • [9] N a sh o t a f z o – xursandchilik bag‘ishlovchi.
  • [10] X u n – qon.
  • [11] P u r n a m – sernam.
  • [12] A r s a – maydon; sahro.
  • [13] Z a x m n o k – yarali.
Previous article«Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj…» Nodira g’azali
Next articleAbdurauf Fitrat hayoti va ijodi