Qirqquloq – Қирққулоқ

0

Qirqquloq – Қирққулоқ. Кирккулок


Qirqquloq – patsimon uzun poyada ko‘plab barglari joylashgan, ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik (37-rasm). Yoz oylarida barg ostida qo‘ng‘ir bo‘rtma – sorus hosil qiladi. Sorusda sporalar yetiladi.

37-rasm. Qirqquloq
37-rasm. Qirqquloq

Qadimda iqlim issiq va nam bo‘lgan sharoitda daraxtsimon qirqquloqlar uchragan. Ularning uzunligi 20–25 metrgacha yetgan. Iqlimning keskin o‘zgarishi natijasida daraxtsimon qirqquloqlar nobud bo‘lib, keyinchalik toshko‘mir qatlamlarini hosil qilgan. Hozirda bu o‘simliklar asosan ko‘p yillik o‘t ko‘rinishida uchraydi. Xona o‘simligi va manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. Ayrim qirqquloqlardan tabobatda gijjaga qarshi kurashishda foydalaniladi.

O‘simliklarning ko‘payishi va tarqalishi sporali o‘simliklarda spora orqali, urug‘li o‘simliklarda esa urug‘ orqali amalga oshadi. Urug‘li o‘simliklar ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limini o‘z ichiga oladi.


Batafsil >> Yuksak o’simliklar

Previous articleQirqbo‘g‘im – Қирқбўғим
Next articleOchiq urug‘li o‘simlik – Очиқ уруғли ўсимлик