Қўш ундошлар талаффузи ва имлоси.
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarda ishlatilgan qo‘sh undoshlarni toping va qanday talaffuz qilinishi hamda yozilishiga e’tibor bering.
Ammo, katta, hassa, hissa, jizza, tizza, tonna.
2-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar tarkibida kelgan qo‘sh undoshlarning talaffuzini tushuntiring.
Artilleriya, million.
| Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so‘zlar qo‘sh undoshli so‘zlardir. |
| Ikki, chaqqon kabi so‘zlarda qo‘sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million, artilleriya kabi so‘zlarda kelgan qo‘sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo‘sh undosh bilan yoziladi. Gramm, metall kabi so‘zlar oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo‘shimchalar qo‘shilganda, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi. |
431-mashq. Berilgan so‘zlarni o‘qing, talaffuzini tahlil qiling va farqini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Quvvat, qattiq, issiq, sodda, xuddi, pochcha, karra, murabbiy, do‘ppi, yovvoyi, avval, jajji, arra, taraqqiyot, million, minnatdor, kilogramm, tanaffus, komissiya, milliard, grammatika, marra, zarra, qassob, g‘ijjak.
432-mashq. Gaplardagi qo‘sh undoshli so‘zlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring. Birinchi guruhga qo‘sh undoshlarning biri talaffuz etiladigan so‘zlarni, ikkinchisiga qo‘sh undoshlarning ikkalasi ham aniq talaffuz qilinadigan so‘zlarni yozing.
1. Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qopqorong‘i. (X. To‘xtaboyev) 2. Shu chog‘ artilleriya qismlari og‘ir to‘plar bilan ota boshladi. (Oybek) 3. Suvi mo‘l-ko‘l bog‘larda yayrar ekansan, bulbul. Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko‘rinarkansan arang. (Abdurahmon Akbar)
*433-mashq. Berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘sh undoshlardan birini tushiring. Ma’noda qanday o‘zgarish ro‘y berganini ayting.
Ushshoq, yalla, qattiq, tilla, chinni, yo‘lla.
Savol va topshiriqlar
- Qo‘sh undoshli so‘zlarni tushuntiring.
- So‘z o‘rtasida kelgan qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqidaso‘zlang.
- So‘z oxirida kelgan qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosiga misollarayting.







