Ш, ш ва Ч, ч ҳарфлар бирикмалари ҳамда уларнинг вазифалари.
Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
Eslatm a: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi (’) qo‘yiladi.
Ch, ch harflar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
427-mashq. O‘qing, bir tovushni ifodalagan harflar birikmalari qatnashgan so‘zlarni ko‘chiring.
Toshkent – O‘zbekistondagi eng chiroyli va qadimiy shahar. U o‘tmishda Shosh va Choch nomlari bilan atalgan. Uning yoshi ikki ming yildan ham ortiq. Keyingi yillarda shahar chiroyiga chiroy qo‘shilmoqda. Katta-kichik xiyobonlar, keng va ko‘rkam ko‘chalar yanada obodonlashdi. Chet ellardan, dengiz orti mamlakatlaridan ko‘plab mehmonlar kelmoqdalar. Ko‘chalar chetida chaman-chaman bo‘lib ochilgan gullar yo‘lovchilar bahri-dilini ochadi. («Gulxan»)
*428-mashq. She’rdagi harflar birikmalari qatnashgan so‘zlarga diqqat qiling. Ikkinchi misradagi qoshingdan so‘zini izohlang.
Jilmayadi o‘zida yo‘q shod,
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot,
Yulduzlarni sochar boshingdan. (E. Vohidov)
Savol va topshiriqlar
- Harflar nimaga nisbatan belgilanadi?
- Bir tovushga bir harf to‘g‘ri keladigan holatlarni ayting.
- Bir tovush ikki harf bilan ifodalanadigan holatlarni izohlang.