Spitamenning qahramonligi

0

Spitamenning qahramonligi. Спитаменнинг қаҳрамонлиги. Македониялик Александрнинг Ўрта Осиёга юриши.


Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishi

Miloddan awalgi IV asr o‘rtalarida Yevropada Makedoniya davlati tashkil topdi. Uning podshosi Filip II bosqinchilik urushlari olib borish uchun katta qo‘shin to‘pladi.

Biroq u o‘ldirilgach taxtni 20 yashar o‘g‘li Aleksandr egalladi (mil. avv. 356—323-yillar). U juda ko‘p mamlakatlarni bosib olib, Makedoniyalik Aleksandr nomi bilan mashhur bo‘ldi. Boshqa bosqinchilar qatori Aleksandrni ham yurtimizning bitmas-tuganmas boyliklari o‘ziga rom etgan edi. Shuning uchun ham u Vatanimizni bosib olishga intila boshladi.

Miloddan avvalgi 329-yilda dastlab Baqtriyani bosib oldi. So‘ng So‘g‘diyonaga qarshi yurish boshladi va Marokanda (hozirgi Samarqand) shahrini egalladi va uni o‘zining qarorgohiga aylantirdi. So‘ngra, Sirdaryo tomon yurishni davom ettirdi.

Makedoniyalik Aleksandr
Makedoniyalik Aleksandr

Spitamenning qahramonligi

Spitamenning qahramonligi (Spitamenning qahramonligi). Bosqinchilar yurtimizni hech qachon osongina bosib ololmaganlar. Turonning mard o‘g‘lonlari bu safar ham Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha kurashdilar. Bu ozodlik harakati uch yil davom etdi. Unga sug‘diyonalik mohir lashkarboshi Spitamen rahbarlik qildi.

Sug‘diyonaliklar quyidagi vatanparvarlik qo‘shig‘ini baralla kuylar edilar:

Gullab-yashna, go‘zal Sug‘diyona,
Biz shu Vatan o‘g‘lonlarimiz.
Sen uchun bizlar parvona
Senga qurbon bo‘lsin jonimiz-

Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar dastlab Marokanda shahrida qoldirilgan Aleksandr qo‘shinini tor-mor etib shaharni egalladilar. Buni eshitgan Aleksandr Spitamen qo‘zg‘olonini bostirish uchun katta qo‘shin yubordi. Biroq Spi­tamen ularni ham tor-mor keltirdi.

Endi Aleksandrning o‘zi katta qo‘shin bilan kelib, Marokandani qattiq iskanjaga oldi. Og‘ir janglarning birida Aleksandr

hatto yarador ham bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, yaxshi harbiy ta’lim olgan Aleksandr qo‘shinining qo‘li baland keldi.

Oqibatda Spitamen chekinishga majbur bo‘ldi. Bosqinchilik urushi davomida Aleksandr yurtimizni bo‘ysundirish oson emasligini tushu- nib yetdi va boshqa usulni qo‘lladi.

U dastlab Spitamenga, agar qo‘zg‘olonni to‘xtatsa, unga Sug‘diyona hokimligini in’om etmoqchi ekanligi haqidagi xabarni yubordi. Biroq Spitamen Vatanini sotishdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rib rad javobini berdi.

Spitamen
Spitamen

Endi, Aleksandr hiyla-nayrang yo‘liga o‘tdi: «Spitamen yo‘q qilinishi kerak! — deb o‘ylardi Aleksandr. — Iloji boricha tezroq! Butun Osiyoni oyoqqa turg‘azmasidan burun yo‘q qilinishi kerak. Ammo qanday qilib? Axir bu «quturgan Qoplonvni minglab jangchilar izma-iz quvlayotgan bo‘lsa-da, hech qanday kuch uni yenga olmayapti-ku. Kuch bas kehnadimi, demak, makr bas keladi! Nahotki «quturgan Qoplonvning qo‘shini orasida birorta «chiyabo‘ri topihnasa?!»

Yurtdoshlari Spitamenni Qoplon deb atashardi. Unga bunday nom berilishiga uning qoplon terisini ustiga yopib yurishigina emas, balki qoplondek dovyurak va chaqqonligi ham sabab bo‘lgan.

Shu tariqa Aleksandr Vatan xoinlaridan foydalanishga qaror qildi va bunga erishdi. Aleksandr Spitamenni xoinlar yordamida hiyla- nayrang yo‘li bilan yengdi. Bu voqea miloddan avvalgi 328-yilda yuz berdi.1 Sug‘diyonaliklar Spitamenni katta izzat-ikrom bilan dafn etdilar.

Spitamen halok bo‘lsa-da, bosqinchilarga qarshi xalq kurashi yana bir yil davom etdi. Ozodlik qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa-da, u Vatan o‘g‘lonlarining mardligini, jasoratini namoyon etdi.

Aleksandr yurtimizni o‘ziga tobe qilishga erishdi. Biroq bu unga juda qimmatga tushdi.

U yangi urushlarga tayyorgarlik ko‘rish paytida bezgak kasaliga chalinib, 33 yoshida vafot etdi. Aleksandrning vafotidan so‘ng u asos solgan davlat ham parchalanib ketdi.


Savol va topshiriqlar

  1. Makedoniya davlati qachon va kim tomonidan barpo etildi?
  2. Makedoniyalik Aleksandr Vatanimizni bosib olishdan qanday maqsadni ко ‘zlagan edi ?
  3. Spitamen boshchiligida Vatanimiz ozodligi uchun olib borilgan qo‘zg‘olon haqida nimalarni bilib oldingiz?
  4. Aleksandr Spitamenni qanday yo‘l bilan mag‘lub etgan edi?
Previous articleShiroq jasorati (Широқ / Широк жасорати)
Next articleMuqanna qo‘zg‘oloni. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi