Qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so‘zlarga sifat deyiladi. Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi.
Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki kesim bo‘lib keladi.
Sifat gapda otga bog‘lansa, aniqlovchi, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bu ko‘rkam bino– kasb-hunar kolleji. Bu gullar xushbo‘y.