O’zbekiston respublikasi – mustaqil davlat

0

Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи асослари. O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari. Узбекистон давлати ва хукуки асослари. O’zbekiston respublikasi – mustaqil davlat. Ўзбекистон республикаси – мустақил давлат. Узбекистон республикаси – мустакил давлат.

uzbekistan o'zbekiston

  1. Yuqoridagi rasmlardan foydalanib “so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan olamshumul islohotlar inson, xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda” degan fi krni izohlab bering.
  2. Mamlakatimiz mustaqil davlat bo‘lmasdan boshqa davlatlarga qaram bo‘lganida xalqimizning, har bir insonning, siz va bizning manfaatlarimiz, huquq va erkinliklarimiz, milliy qadriyatlarimiz shu qadar qadrlanarmidi? Mustaqillik xalqimizga nima berdi?
  3. Yurtimizning barcha hududlarida so‘nggi yillarda ko‘plab Xalq qabulxonalari ochilganligining sababi nimada? Ularning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? Ular kimga xizmat ko‘rsatadi? U yerga kim, nima sababdan murojaat qiladi?
  4. “Huquqiy savodsizlik” deganda nimani tushunasiz?
  5. Qonunlarni bilmasligingiz uchun afsuslangan paytlaringiz bo‘lganmi?
  6. O‘z huquqlaringizni bilishingiz qo‘l kelgan vaziyatga misol keltiring.

Yurtimizda so‘nggi yillarda shunday o‘zgarishlar, yangilanishlar yuz bermoqdaki, bu o‘zgarishlar shiddatidan, ko‘lamidan, olamshumulligidan aql shoshib qoladi. Qisqa davr ichida qad ko‘tarayotgan bino va inshootlar, ishga tushirilayotgan zavod va fabrikalar, foydalanishga topshirilayotgan ta’lim va sog‘liqni saqlash maskanlari, oromgohlar, sport, san’at, madaniyat maskanlarining barchasi xalq uchun, siz va biz uchun bunyod qilinmoqda.

So‘nggi yillarda, mustaqillikka erishgan davrimizdan keyingi davrda ilk bora mustaqillikning tub mohiyatini anglatuvchi g‘oya — inson manfaatlarini davlatimiz faoliyatining markaziga olib chiqish g‘oyasi ilgari surildi.

Har bir inson erkin, mustaqil hayot kechiruvchi, o‘zining imkoniyatlarini, qobiliyatini to‘la namoyon qila olishiga barcha sharoitlar muhayyo qilingan joyda yashash, umrguzaronlik qilish insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib kelgan. Insonning bu orzusi ushalishi, u yashaydigan mamlakat haqiqiy erkin, baxtli hayotni ta’minlab bera olishi uchun ushbu mamlakatda muayyan iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy-huquqiy sharoit mavjud bo‘lishi lozim. Bu joyda inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor eng oliy darajada bo‘lmog‘i lozim. Chunki inson o‘zini mustaqil va baxtli his qila olishi uchun, avvalambor, uning huquq va erkinliklari ta’minlangan bo‘lishi shartdir.

Har bir jamiyatning asosiy mezoni hisoblangan inson huquqlari xalqaro

huquq ning obyеkti sifatida 1948- yilda “Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasi”ning qabul qilinishi bilan rasman tan olindi. BMT Bosh As sam b lеyasi tomonidan qabul qilingan ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, unda ilk marotaba dunyo hamjamiyati inson va uning huquqlarini hi mo ya qilishni xalqaro muammo darajasida e’tirof etdi. Mustaqil mamlakatlar qatori O‘zbekiston Respublikasi ham muayyan huquq va majburiyatlarga egadir. Bularning ichida eng muhimi va ustuvori mamlakatimiz hududida in son huquq va erkinliklarini ta’minlash, mamlakatimiz fuqarosini tom ma’no da gi erkin va mustaqil shaxsga aylantirishdir.

Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yurita boshlagan Xalq qabulxonalari, davlat idoralarining xalqning muammo va arizalari bo‘yicha joylarda ish olib bora boshlagani, kam ta’minlangan oilalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatila boshlangani, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ularni ish bilan ta’minlashga berilayotgan e’tibor, bularning barchasi yurtimizda xalq manfaatlari ustuvorligining yaqqol isbotidir. Eng asosiysi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash mamlakatimizdagi olamshumul islohotlarning bosh g‘oyasi, maqsadi qilib belgilandi.

Inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan mamlakat mustaqilligi o‘rtasida bevosita va uzviy bog‘liqlik bor.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi huquqlarga ega:

– daxlsizlik, o‘z hududiga va chegarasiga egalik huquqi;

– shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va fuqarolikdan mahrum etish huquqi;

– o‘z Konstitusiyasi, kodekslari va qonunlarini qabul qilish huquqi;

– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish huquqi;

– o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi;

– xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o‘rnatish huquqi;

– o‘z mulkiga egalik, budjet, soliq va moliya tizimlarini tashkil qilish huquqi;

– o‘z xazinasi va pul birligi – milliy valutasini joriy qilish huquqi;

– o‘z sud tizimini tashkil qilish va sud ishlarini mustaqil yuritish huquqi;

– o‘z gerbi, bayrog‘i, madhiyasi va poytaxtiga ega bo‘lish huquqi;

– davlat tiliga egalik huquqi;

– o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini, o‘z ma’muriy tuzilishini o‘zi belgilash huquqi;

– referendum o‘tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari tarkibini belgilash huquqi.

Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida bir qator ajralmas huquqlarga ega bo‘ldi. Bu huquqlar mamlakat miqyosidagi huquqlardir.

Mustaqillik O‘zbekiston Respublikasi va uning har bir fuqarosi o‘r tasidagi munosabatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Mustaqil inson dеganda biz o‘z yurtida erkin va baxtiyor hayot kеchirish uchun barcha zarur huquqlarga ega bo‘lgan, ulardan bеmalol foydalana oladigan shaxsni tushunamiz. Barcha inson larga, mamlakatning barcha fuqarolariga tеng huquq va erkinliklarni esa davlat ta’min laydi. Lеkin o‘z fuqarolariga huquq va erkinliklarni ta’minlash, ularni tom ma’nodagi mustaqil qilish uchun davlatning o‘zi mustaqil bo‘lishi shart. Chun ki haqiqiy mustaqil davlatgina o‘z fuqarolari manfaatlaridan kеlib chiqib, ularning tinch, osoyishta va baxtiyor hayot kеchirishlarini ta’minlaydigan ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlarni tuza oladi. Haqiqiy mustaqil davlatgina shaxs huquq va erkinliklari ustuvor qilib qo‘yilgan qonunchilikni yarata oladi. Haqiqiy mustaqil davlatgina o‘z fuqarolarining ushbu qonunchilik asosida ertangi kunga ishonch bilan yashashlarini ta’minlay oladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 – 2021- yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatar strategiyasining qabul qilinishi yurtimizda siz va biz, har bir fuqaro, butun O‘zbekiston xalqi uchun, farovon turmush, hamda huquq va erkinliklarning ta’minlanishi borasidagi tub islohotlarni amalga oshirishga turtki berdi.

Harakatlar strategiyasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” deb nomlangan 2- yo‘nalishida “fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash” alohida belgilab qo‘yilgani ham davlatimizning inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklariga berayotgan yuksak e’tiborining isbotidir.

Mustaqil davlatimiz boshqa davlatlarga qaram bo‘lmasdan o‘z siyosatini yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqiga ega bo‘lsa, biz, har bir fuqaro, ushbu mustaqillik tufayli bеrilgan huquqlarimizdan foydalanib, erkin va farovon yashash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Mustaqillik sharofati bilan sizning ta’lim olishingiz, dam olishingiz, ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz, malakali tibbiy xizmatdan foydalanishingiz uchun imkoniyatlar mavjud.

Ya’ni, siz o‘z mustaqil vataningizda farovon turmush kеchirish va o‘zhuquqlaringizdan foydalanish imkoniyatiga egasiz. Davlat esa ushbu imkoniyatlarni yaratib bеrmoqda va kafolatlamoqda.


Sharhlang!

Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

20- modda


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi — maqsadi nimada?
  2. Davlat tomonidan inson manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan ishlarga o‘zingiz yashaydigan hududdan misollar keltiring.
  3. Inson huquq va erkinliklariga e’tibor ortib borayotganligining sababi nima?
  4. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinishining ahamiyati haqida gapirib bering.
  5. Mustaqillik O‘zbekiston Respublikasiga qanday huquqlarni berdi?
  6. “Mustaqil inson” deganda siz qanday insonni tushunasiz?
  7. Mamalakat mustaqil bo‘lishi uning har bir fuqarosi uchun qanday ahami yatga ega?
  8. Inson huquq va erkinliklarini kafolatlash haqida Konstitutsiyamizda nima lar deyilgan?
Previous articleHanukka nima? Kislav nima? Yahudiylik marosimlari
Next articleShaxs (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari)