Tarix qadimgi dunyo (6 sinf) – Kirish. Тарих қадимги дунё (6 синф) – Кириш.
5-sinfda «Tarixdan hikoyalar» bilan tanishgan edingiz. Siz uzoq o‘tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib oldingiz.
6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.
Jahonda shaharlar va davlatlar paydo bo‘lgan davrlardan beri ming yillar o‘tdi. Ammo qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko‘pdan ko‘p narsalardan bugun ham kundalik hayotda foydalanib kelinmoqda. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g‘ildirak, sopol suv quvurlari, gazlamalar, yozuv va boshqa ko‘pgina narsalardir. Qadimgi zamon muallifl ari yozib qoldirgan asarlar hali-hanuz kishilarga saboq berib, tarbiyalab kelmoqda.
Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro‘y bergan voqealarni qaytadan tiklash uchun katta kuch-g‘ayrat sarfl aganlar. Ular qadimgi shaharlarni topib tekshirishdi va charmga, sopolga, toshga, shu ningdek, tangalarga bitilgan sirli yozuvlarni o‘qishdi. Siz endi ar xeologik topilmalar nimalar haqida so‘zlab berishini bilasiz. Qadimgi bitiklarni o‘rganish bilan epigrafi ka, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika degan maxsus fanlar shug‘ullanadi.

Insoniyat sodda mehnat qurolla rini yasashdan to hunarmandchilik durdonalarini yaratishga qadar, eng oddiy uy-joylarni qurib olishdan to shaharlarni bunyod etishga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar ilk sivilizat siya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiya lartarixi Qadimgi Sharq da, so‘ngra Yunonistondagi Krit orolida boshlangan edi. Qadimgi sivilizat siyalar jahonning ko‘pgina o‘lkalarida, jumladan, O‘zbekiston hududida ham vujudga kelgan.
Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar tarix fanida Qadimgi dunyo tarixi deb ataladi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganiladi.
Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilmayil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografi yalari (tarjimayi hol)da aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi.
Olimlar o‘qigan qadimgi matnlar, masalan, «Piramidalar matnlari» va «Marhumlar kitobi» misrliklar tarixi haqida, «Rigveda» – hindlar, «Avesto» esa O‘rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi.
Nil vodiysidagi Misr piramidalari, Dajla va Frot oralig‘idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, Yunoniston, Rim va O‘rta Osiyoning ko‘plab qadimgi shaharlari butun jahonga mashhurdir.
Biroq qadimgi dunyo tarixiga oid hali ochilmagan sirlar oz emas. Balki birortangizga ularni ochish nasib etar. Tarix bizni ko‘p narsaga o‘rgatadi. Uni «buyuk o‘qituvchi» deb bejiz aytishmagan. Shu bois har birimiz o‘z Vatanimiz tarixini bilishimiz va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatiga hurmat bilan qarashimiz kerak. Ushbu darslikni o‘qir ekansiz, ko‘plab tushunilishi qiyin so‘zlarga, tarixiy atama va iboralarga duch kelasiz. Ularni yodlash, esda saqlash kerak bo‘ladi.

Darslik matni bilan ishlash
Ushbu maslahatlarimizni diqqat bilan o‘qing, ular o‘rganilayotgan mavzuni es lab qolishingizga yordam beradi.
Uyga berilgan topshiriqlarni tayyorlashda quyidagilarga rioya qiling:
- Darsda yozib olganlaringizni bir necha bor o‘qing.
- O‘qishdan oldin mavzu sarlavhasiga diqqat qiling, darsda nimalar deyilganini eslang.
- Har bir mavzu oxirida berilgan savollarni o‘qing. Shunda siz yozganlaringizni o‘qiganingizda nimalarga e’tibor berish lozimligini va o‘qiganlaringizni qay tartibda bayon etish kerakligini bilib olasiz.
- Matnni taxminiy qismlarga bo‘ling va har birining asosiy mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan ayting, keyin butun mavzuni gapirib bering. Aytib bera olmasangiz, qiyin joylarini qayta-qayta o‘qing. Takrorlang.
- Matnni o‘qish jarayonida unda eslatilgan rasm va jadvallarni toping, izohlarini o‘qing, matnda uchragan shaharlar, mamlakatlar nomlarini xaritadan toping.
- Savollarga javob bering va mavzu oxiridagi topshiriqlarni bajaring.
Agar Siz har bir paragraf oxirida berilgan tayanch konspektlari bo‘yicha tarixni o‘rganishga qaror qilsangiz, quyidagi vazifalarni bajarishingiz lozim:
- Darslik mavzulari matnini tayanch konspekt so‘zlari bilan taqqoslab o‘qing.
- Konspektdan foydalanib mavzuni bir necha marta so‘zlab bering.
- Tayanch iboralarni yoddan aytib berishga harakat qiling.
- Bir necha soatdan so‘ng yana bir marta tayanch konspektni takrorlang.
Biz, darslik muallifl ari, ustozingiz bilan birga Sizga uzoq o‘tmishga sayohat qilishga, madaniy yodgorliklar bilan tani shish va qadimgi dunyo tarixini o‘rganishga ko‘maklashamiz.










