Terak – Терак (Yuksak o’simliklar)

0

Terak – Терак (Yuksak o’simliklar)


Terak uzunligi 30– 45 m, bargi oddiy tuxumsimon, poyasi tik va tez o‘suvchi daraxt. Avval gullab, keyin barg yozadi. May oyida teraklarning urug‘chili tuplarida momiqqa o‘xshash uchma meva hosil bo‘ladi (42-rasm). Uchma mevalari allergiya chaqirish xususiyatiga ega. Terak yog‘ochbop o‘simlik, asosan, uy-joy qurilishida va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chang va shovqinni yaxshi yutadi. Ko‘pincha yo‘l chetlariga ekiladi.

42-rasm. Terakning uchma mevali shoxi va bargi
42-rasm. Terakning uchma mevali shoxi va bargi

Yuksak o‘simliklar juda xilma-xil bo‘lib, sporalari va urug‘lari yordamida ko‘payadi. Urug‘dan ko‘payadigan o‘simliklarda tashqi muhit o‘zgarishlariga turli moslanishlar paydo bo‘lgan. Urug‘larning meva bilan himoyalanganligi ularni keng tarqalishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda yopiq urug‘li o‘simliklar keng tarqalgan.


Batafsil >> Yuksak o’simliklar

Previous articleO‘rik – Ўрик (Yuksak o’simliklar)
Next articleO‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o‘simliklar