Mexanik hodisalar haqida dastlabki ma’lumotlar

0

Mexanik hodisalar haqida dastlabki ma’lumotlar. Механик ҳодисалар ҳақида дастлабки маълумотлар. Механик ходисалар хакида дастлабки маълумотлар.


Bu bo‘limda Siz:

– jismlarning mexanik harakati;

– tekis va notekis harakat haqida tushuncha;

– yo‘l, vaqt va tezlik kattalik lari hamda ularni amalda aniqlash;

– suyuqlik va gazlarda bosim;

 – Paskal va Arximed qonunlari;

– ish, energiya va quvvat bilan tani shasiz.

Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko‘p jismlar, mashina va mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo‘l mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak, uning turli qismlari turlicha harakatda bo‘lishiga e’tibor beramiz. Avtomobil korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat qilsa, uning g‘ildiraklari, dvigatelini sovituvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan buyon oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, o‘ngga yoki chapga bo‘ladigan harakatlarni umumiy holda ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib turuvchi harakat qilganligidan, uning harakatini tebranma harakat deyiladi.

Shunday qilib, bizni o‘rab turgan olamdagi barcha jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin.

  1. Ilgarilanma harakat.
  2. Aylanma harakat.
  3. Tebranma harakat.

Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo‘lmaydi. Masalan, osib qo‘yilgan yuk, imoratga qo‘yilgan ustun, kir yoyilgan arqon va h.k. Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo‘qdek ko‘rinadi. Aslida ular muvozanat holatida bo‘lib, ma’lum qonun va qoidalar bajariladi.

Jismlarning mexanik harakatlari hamda ularning muvoz anat holatlari birgalikda mexanik hodisalar deb ataladi.

Mexanika atamasi grekcha «mexanike» so‘zidan kelib chiqib, mashinalar haqidagi fan degan ma’noni bildiradi.


Velosiped va uni haydab ketayotgan o‘quvchi tizimida:

  • ilgarilanma harakat;
  • aylanma harakat;
  • tebranma harakat qilayotgan qismlarni ko‘rsata olasizmi?

Jismlarning mexanik harakati. Trayektoriya

Previous articleZichlik nima? Зичлик нима?
Next articleJismlarning mexanik harakati. Trayektoriya