Meduzalar haqida malumot. Медузалар ҳақида / хакида малумот.
Meduzalar. Meduzalarning tanasi birmuncha tiniq, shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o‘xshab ketadi (15rasm, 1, 2, 3).

1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi
Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan og‘iz teshigi atrofida va soyabonning chetida juda ko‘p paypas lagichlari bo‘ladi. Tana devori hujayralari hamma bo‘sh liqichlilar singari ikki qavat joylashgan, lekin oraliq moddasi juda kuchli rivojlangan. Meduzalarning soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat paydo bo‘ladi.
Meduzalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, baliq chavoqlari va boshqa mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Ular o‘ljasini otiluvchi tolalari yordamida falajlab, og‘iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og‘ziga soladi. Ayrim meduzalar ning otiluvchi tolalari kuydirish xususiyatiga ega.
Shimoliy dengizlarda uchraydigan qutb meduzasi va Qora dengizda ildizog‘iz meduza cho‘miluvchilar uchun xavfli hisoblanadi. Dengiz likopchasi deb ataladigan, barcha dengiz larda keng tarqalgan aureliya meduzasi odam uchun zararsiz. Meduzalar baliqlar chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha ziyon yetkazadi.