O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi. Ўзбекистон Республикаси конституциясининг қабул қилиниши. Узбекистон Республикаси конституциясининг кабул килиниши.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlab olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Konstitutsiya loyihasi- ning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Umumxalq muhokamasi jarayonida kelib tushgan 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.
Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko’p takliflar inobatga olingan holda komissiya tomonidan tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo’yildi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O’zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritildi – 8-dekabr — O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qa- bul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
Batafsil >> 2-§. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi