XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi.

0

XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arb falsafasi sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan ikkita davr: klassik (yangi davr falsafasi) va postklassik (hozirgi zamon falsafasi) farq qilinadigan bo‘ldi. Bu davrlar falsafiy ta’limotlari o‘zlarining kelib chiqishi bo‘yicha yagona asosga ega bo‘lgani va o‘zaro bog‘liq tarzda rivojlangani holda, maqsadi va ideallari, falsafiy tafakkur tarzi bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarga ega. Klassik falsafaning xronologik chegaralari XVII – XIX asrning birinchi uchligidan iborat. U Bekondan boshlanib, Gegel bilan yakunlandi.

Ushbu davr buyuk faylasuflaridan biri bu – F.Bekon (I56I-I626)dir. Yangi davr fani va falsafasining asoschisi. Uning dunyoqarashida Angliyada burjua revolyusiyasi arafasida vujudga kelgan vaziyat, xususan dastlabki kapital jamg‘arish bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar, shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy tabaqalarning intilishlari, ularning tabiatni ilmiy asosda bilishdan manfaatdorligi o‘z ifodasini topgan.U sxolastik falsafani chin bilim olish yo‘lidagi g‘ov deb hisoblab, uni keskin tinqid qiladi va fanni isloh qilish lozimligini asoslaydi. Aristotel “Organon”i (mantiqiy asarlar to‘plami) ga qarshi o‘z asarini “Yangi Organon” deb atab, unda yangi sharoitda fanning asosiy vazifalari va metodi masalasini muhokama qiladi. “Bilim-kuch” degan shiorni maydonga tashladi. Uning fikricha, ilmiy bilishning bosh vazifasi – tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarning sabablarini aniqlash va shu asosda kishilar hayotini yaxshilashdir.Bekonning fanni isloh qilish shartlari hahidagi fikrlariga alohida e’tibor berish lozim. Uningcha, fan tajribaga asoslanishi zarur. Bilish jarayoni konkret hodisalarni o‘rganishga, faktlarni to‘plashdan ularni umumlashtirishgacha bo‘lgan yo‘lni bosishi kerak. Shuning uchun ham ilmiy bilishning asosiy mantiqiy usuli induksiya, induktiv metoddir. Shu tariqa Bekon o‘zining induktiv mantiq sistemasini yaratdi. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, ingliz faylasufi bilishda deduksiyaning rolini inkor qilgan emas. Xususan, u faktlarga urg‘u berib, ularni yig‘ish bilan ovora bo‘lgan sof empiriklarni kerakmi yoki keraksizmi ekanligini o‘ylab o‘tirmay, barcha narsalarni uyasiga tashiydigan chumolilarga o‘xshatadi.

XVI asr fransuz falsafasi va fanining boshqa bir yorqin vakili – Dekart (I596-I650). Uning fikricha, falsafa barcha mavjud bilimlarni o‘zida mujassamlantirib, yaxlit sistema holida mavjud. Bu sistemani u daraxtga qiyos qilib, uning ildizini – metafizika, tanasini – fizika, shoxlarini esa – boshqa barcha fanlar (ular oxir-oqibatda meditsina, mexanika va etikaga borib taqaladi) tashkil qiladi, deydi. Dekart falsafasining asosiy belgisi – jon va tana dualizmidir. Olim fikricha, bir-biridai mustaqil holda 2 ta asos: moddiy (xajm, materiya) va moddiy bo‘lmagan (tafakkur) substansiyalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri inson tabiatini belgilaydi. Dekart fizikasining (tabiat haqidagi ta’limotining) Yangi davr falsafasining taraqqiy etishdagi rolini alohida qayd etish zarur. U fizika, kosmologiya, matematika, masalalarini faqat faylasuf sifatida emas, tabiyotshunos olim sifatida ham tadqiq qilgan.Materiya, Dekart fikricha, bir jinsli bo‘lib, o‘z chegarasiga ega emas; u bo‘shliqda mavjud emas, cheksiz bo‘liniishi mumkin. Harakatni u mexanistik tarzda tushungan, ya’ni jismlarning bir-biriga bergan turtkisi natijasida hosil bo‘ladi, deb hisoblagan. Harakatning oxirgi sababini xudodan qidirgan. Bilish nazariyasida Dekart ratsionalist bo‘lgan, ya’ni aqlni bilishning asosiy vositasi deb hisoblagan. Uning fikricha. Sezgilarimiz va fikr yuritishimizdagi ayrim xatolar mavjud bilimlarga shubha bilan qarashni taqoza qiladi. Bu fikri uchun Dekartni skeptitsizm yoki agnostitsizmda ayblash xato bo‘ladi, albatta. Dekart, Bekon singari, shubhalanishni aniq va chin bilim olishga xizmat qiladigan usul deb hisoblaydi. U quyidagicha mulohaza yuritadi: “Men shubhalanayapman, demak, men fikr yuritayapman”, “Men fikr yuritayotgan ekanman, demak, men mavjudman”. Dekart ilgari surgan bu tezislar, ayniqsa ikkinchisi, uning falsafiy pozitsiyasini tushunish uchun muhimdir. Uning fikricha, inson fikr yuritish orqali o‘zining borlig‘iga ishonadi. Dekart ratsional metodi bilish oldiga bir qancha talablarni qo‘yadi. O‘zining “Metod to‘grisidagi mulohazalar” asarida u quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:

  • aniq va ravshan bo‘lgan bilimlarnigina chin bilim deb hisoblash;
  • har bir murakkab muammoni qismlarga bo‘lib o‘rganish;
  • ma’lum bo‘lgan va isbotlangan narsalardan noma’lum narsalarga qarab borish;
  • hech bir bo‘g‘inni qoldirmagan holda, muammoni izchil mantiqiy asosda o‘rganish.

Dekart falsafiy dunyoqarashiga umumiy baho berib, uning dualistik xarakterga ega ekanligini hamda falsafiy fikrning keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazganligini aytish lozim.

Ingliz faylasufi Gobbs

Ingliz faylasufi Gobbs (1588-1679) Angliyada burjua revolyusiyasi amalga oshirilib, burjuaziya siyosiy jihatdan mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lgan davrda yashagan. Burjuaziya bilan yaqinlashib olgan aristokratiya ham mamlakatning ma’naviy hayotida sezilarli rol o‘ynardi. Gobbsning qarashlarida shu davrdagi mamlakatda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, burjua davlati va tartiblarini mustahkamlashga bo‘lgan urinishlar o‘z ifodasini topgan.Gobbsning asosiy asarlari: “Fuqaro haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari”, “Leviafan”. Gobbs Bekon falsafasini sistemaga solgan mutafakkirdir. Uning ta’limotiga ko‘ra, olam moddiy predmetlar yig‘indisidan iborat. Moddiy bo‘lmagan substansiya yo‘q, barcha harakat va o‘zgarishlarining asosi materiyada. Harakat tashqi turtki natijasida hosil bo‘lali.Gobbs bilishning asosini tajribada deb biladi. Bilish g‘oyalar yordamida amalga oshiriladi. Dekartdan farqli o‘laroq, Gobbs goyalarni tug‘ma emas, balki predmet va hodisalarning ongimizda bevosita aks etishidan iborat deb biladi, ya’ni sensualizm ruhida talqin qiladi. Uning fikricha, faqat g‘oyalarning emas, balki butun bilishimizniig manbaini tashqi sezgilar tashkil qiladi. Predmetlar ta’siri natijasida ongimizda boshlangich g‘oyalar hosil bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, aql tomonidan qayta ishlanib (taqqoslash, qo‘shish, ayirish usullari yordamida), predmetlar haqida bilim hosil qilinadi.Gobbs bilish nazariyasida nominalizm pozitsiyasida turadi. Uningcha, g‘oyalar ayrim faktlarni ifoda qiladi. Umumiy xususiyatlar va aloqalar til orqali aks ettiriladi, ular ob’ektiv xarakterga ega emas. Gobbs falsafasida uning davlat va huquq haqidagi ta’limotining ustun turishiga e’tibor berish ham lozim. “Leviafan” asarida u jamiyat taraqqiyotida 2 ta holatni: tabiiy va fuqarolik holatini farq qiladi. Kishilar dastlab tabiiy holatda yashaganlar va tabiatning o‘z-o‘zini saqlash qonuni asosida hayot kechirganlar. Ular kuch ishlatib, zo‘ravonlik qilib, barcha narsalarni bosib olish xuquqiga ega edilar. Buning natijasida, Gobbs fikricha, odamlar bir-birlari bilan to‘qnasha boshlaydi, hammaning hammaga qarshi urushi holati vujudga keladi. Kishilar tinchlikni istab, o‘zaro kelishishiga, shartnomalar tuzishga, o‘zlarining ba’zi xuquqlaridan voz kechib, shaxsiy irodasini bitta kishi yoki bir guruh kishilar ixtiyoriga berishga majbur bo‘ladilar. Shu tariqa, Gobbs ta’limoticha, davlat va huquq vujudga keladi va jamiyatning fuqarolik holatiga o‘tiladi. Uning fikricha, davlatning zng maqbul va mukammal shakli absolyut monarxiyadir. Din va cherkov, ilmiy va axloqiy qarashlar – barchasi davlat hokimiyatining ixtiyoriga bo‘ysungan bo‘lishi lozim.Gobbsning jamiyat haqidagi qarashlari, ayniqsa davlatni, uning kelib chiqishini tabiiy asosda tushuntirishi shu davr uchun progressiv hodisa edi. Gobbsning ijtimoiy-siyosiy va psixologik qarashlari fan va falsafaning keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Jon Lokk (I632-I704) ning hayoti va ijodiy faoliyati Angliyada ikkinchi burjua revolyusiyasi va undan keyingi davrda kechgan. Bu revolyusiya ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlarning siyosiy kelishuvi bilan tugab, uning natijasida feodalizm qoldiqlarini tugatish, kapitalizmni taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Lokk liberal burjuaziyaning ideologi bo‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan keyin o‘rnatilgan konstitutsion davlat tuzumini yoqlab chikdi. U XVII asrda keng tarqalgan “tabiiy xuquh” nazariyasini rivojlantirdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiiy holatdan grajdanlikka o‘tishga va davlatning vujudga kelishiga sabab, tabiiy holatdagi huquqning mukammal emasligidir. Davlat kishilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi – inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari “Inson aqli to‘grisida tajriba” bo‘lib, unda Lokk Bekon va Gobbsning bilish haqida ilgari surgan prinsiplarini rivojlantiradi, bilimlar va g‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish nazariyasida u sensualistik pozitsiyada turadi.Lokk tajribaning 2 ta turini: ichki va tashqi tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga ta’sir qilishidan iborat bo‘lib, uning natijasida sezgi g‘oyalari hosil bo‘ladi. Bu g‘oyalar aql tomonidan qayta ishlanib, murakkab g‘oyalar, tushunchalar hosil bo‘ladi (masalan, go‘zallik, do‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo‘ladi. Birlamchi sifatlar (fazo, zichlik, harakat, son, figura kabilar) sezgilarimizda qanday bo‘lsa, predmetlarda ham shunday, ya’ni ular predmetlarning real xususiyatlaridir. Ikkilamchi sifatlar esa (rang, tovush, ta’m va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub’ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik metodni yaratishda sezilarli rol o‘ynagan. Bekon bilan birgalikda bu metodni tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o‘tgan.

Bulardan tashqari ushbu davrda Jon Toland (I670-I722), Spinoza. (I632-I677), Leybnits (I646-I7I6), Jorj Berkli (1685-1753) va David Yum (1711-1776) kabi buyuk faylasuflar o’z faoliyatlarini olib borganlar.

Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari

Previous articleAbdulla Qodiriy (1894-1938)
Next articleFransuz ma’rifatparvarlari va ularning ta’limotlari