Burun tovushlari – Бурун товушлари

0

To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil bo‘lgan tovushlar burun tovushlari deyiladi.

Burun tovushlariga m, n, ng undoshlari kiradi.

364-mashq. Mustaqillik o‘gitlarini o‘qing. Gaplar tarkibida kelayotgan burun tovushlariga izoh bering.

Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon kuch-qudrat bo‘lmaydi. Xalqimizning ma’naviy ildizlari juda chuqur.

Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi.

365-mashq. Tez aytishlarni mashq qiling. Gaplarning tarkibida kelayotgan burun undoshlariga diqqat qiling.

Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?

Shotursunning shotutini shitirlatgan shamol Sharifning shaftolisini shitirlatdi.

Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?

366-mashq. Ong, tong, bong, qarang, kongil kabi ng burun tovushi bilan kelgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.


 Savol va topshiriqlar

  1. Burun tovushlari deb qanday tovushlarga aytiladi?
  2. Qaysi tovushlar burun tovushlariga kiradi?
Previous articleTil tovushlari – Тил товушлари
Next articleBo‘g‘iz tovushi – Бўғиз товуши