Yassi chuvalchanglar tipi: kiprikli chuvalchanglar sinfi

0

Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiplari. Ясси чувалчанглар типи: киприкли чувалчанглар синфи.


Kiprikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo‘lib, mayda kipriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda erkin yashaydi. Oq planariya – tipik vakili hisoblanadi.

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Oq planariya daryo va ko‘llarning tubida hayot kechiradi. Uni ayrim kichikroq soylar ning tubida yotgan tosh, barg va cho‘plarning ostidan topish mumkin. Oq planariya tanasining uzunligi 2–3 sm, oqish yoki kulrang tusda. Tanasining biroz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o‘sim- talarga o‘xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko‘zchalari joylashgan (16-rasm, A). Tanasi sirti bir qa- vat kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kipriklar yordamida sirpanib harakat qiladi.

Tana simmetriyasi

Tana simmetriyasi. Agar oq planariyaning tanasi bo‘ylab xayolan to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning organlari shu chi ziqning ikki tomonida bir xil miqdorda joylashadi, ya’ni tananing har ikki qismi teng bo‘ladi. Tana organlarining ana shunday joylashishi ikki tomonlama simmetriya deyiladi.

Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi

Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Planariyaning og‘iz teshigi qorin tomonida joylashgan. Og‘iz qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi (16-rasm). Shoxlardan biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi  keyingi tomoniga yo‘nalgan. Ichak shoxlari juda ko‘p, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi.

16-rasm. Oq planariyaning ichki tuzilishi
16-rasm. Oq planariyaning ichki tuzilishi:
A – hazm qilish organlari (1 – halqum, 2 – ichak shoxchalari); B, D – ayirish sistemasi (3 – ayirish naychalari, 4 – naychalarning uchki hujayralari, 5 – naychalarning alohida hujayralari); E – nerv sistemasi (6 – nerv tuguni, 7 – nerv stvoli); F – jinsiy organlar (8 – tuxumdon, 9 – urug‘don, 10 – tuxum yo‘li, 11 – qo‘shilish organi, 12 – jinsiy teshik)

Og‘iz teshigi, halqum, ichak hazm qilish sistemasini hosil qiladi. Planariyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi.

Planariya – yirtqich hayvon. U mayda suv hayvonlari – chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning lichin kalari bilan oziqlanadi. O‘ljani tanasi bilan qoplab olib, so‘radi. Oziq ichagida hazm bo‘lgach, ichak shoxchalari orqali tanaga tarqaladi. Oziq qoldiqlari og‘iz teshigi orqali chiqarib yuboriladi.

Ayirish sistemasi

Ayirish sistemasi. Tanasining g‘ovak to‘qimasida juda ko‘p uchi berk naychalar joylashgan (16-rasm, B, D). Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib o‘tadi va ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.

Nerv sistemasi

Nerv sistemasi. Planariyaning nerv hujayralari tananing old ingi tomonida to‘planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi (16-rasm, E). Nerv tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi. Nerv tugunlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Nerv hujayralari va nerv tolalari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.

Sezgi organlari

Sezgi organlari. Planariya terisi orqali har xil ta’sirlarni sezadi. Agar unga biron narsa tegib ketsa, tanasini birdaniga qisqar tirib oladi. Paypaslagichlari, terisi va ko‘zchalari planariyaning  sezgi organlari hisoblanadi.

Jinsiy sistemasi va ko‘payishi

Jinsiy sistemasi va ko‘payishi. Tanasining oldingi qismida ikkita urg‘ochilik jinsiy organi – tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka o‘xshash erkaklik jinsiy organi – urug‘donlar joylashgan (16-rasm, F). Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdon larda tuxumlar,  urug‘donlarda esa urug‘ hujayralari – spermatozoidlar hosil bo‘ladi.  Urug‘langan tuxumlar to‘p-to‘p bo‘lib pilla ichiga qo‘yiladi. Tuxumdan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.

Shunday qilib, planariya tanasidan bir vaqtning o‘zida tuxum va urug‘ hujayralar rivojlanadi. Planariya va unga o‘xshash ikki xil jinsga ega bo‘lgan hayvonlar germafrodit deyiladi.

Regeneratsiyasi

Regeneratsiyasi. Planariyada regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivoj langan. Noqulay sharoit tug‘ilganda (harorat oshganda, kislorod yetishmasa) planariya mayda bo‘laklarga bo‘linib ketib, qulay sharoit tug‘ilganida yana har bir bo‘lakdan alohida organizm rivojlanishi mumkin.


  1. Ikki yonlama simmetriya nima?
  2. Planariyaning qanday organlari rivojlangan?
  3. Planariya qanday oziqlanadi?
  4. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
  5. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
  6. Jinsiy sistemasiga qaysi organlar kiradi?
Previous articleMeduzalar haqida malumot. Медузалар
Next articleYassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari