Yur, tog‘larga chiqaylik… – Usmon Nosir sherlari

0

Yur, tog‘larga chiqaylik.
Mayli, yur!
Eh… qandayin chiroylik
Oppoq nur…
Olmos kabi oppoq qor
Yaltirar.
Nega muncha dil oqar,
Qaltirar?

Bilasanmi, yoshlik bu –
To‘ymagan!
Tinim bilmas, go‘yo suv –
O‘ynagan…
Shuncha a’lo, chiroylik
Ko‘rinur…
Yur, tog‘larga chiqaylik.
Mayli, yur!

Avvalo, she’rda aks etgan tog‘larning ulug‘vorligi, ular bag‘rini qoplagan olmos yanglig‘ oppoq qor nuri o‘quvchi diliga yorug‘lik olib kiradi. butun olam oqlikka burkanganini ko‘rgan yoshlar yuragida hozirga qadar bo‘lmagan g‘alati toshiqish, hayajon bosh ko‘taradi. bu hayajon navqiron yuraklarga sig‘may to‘lib-toshadi, dilni titratib yuboradi. Zero, bolalik, yoshlikning o‘zi ham doimiy harakatga talpinuvchi, bir joyda tinim bilmaydigan sharqiroq suvday toshqin fasldir. Uning ko‘ziga dunyodagi barcha narsa mo‘jiza bo‘lib ko‘rinishi, u har bir hodisadan kashfiyot izlashi ham tabiiydir. Tog‘lar sari ko‘tarilarkan, bu mo‘jaz qalb go‘yo qanot chiqarib uchadi, tog‘larning ulug‘vorligini o‘zida ham his etishni juda-juda хohlaydi. oppoq nur yoshlikning ko‘zini qamashtiradi, hayotni jozibador, faqat go‘zallikdan iboratdek qilib ko‘rsatadi..

Usmon Nosir – hayoti va ijodi

Previous articleYurganmisiz birga oy bilan (Usmon Nosirning she’rlari)
Next articleYo‘lchi – Usmon Nosir sherlari