Yurganmisiz birga oy bilan (Usmon Nosirning she’rlari)

0

Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti ko‘m-ko‘k o‘rmonda?
Maysalarga shabnam qo‘nganda
Shunday yaхshi, tinch bo‘lar ekan!

Shitir-shitir o‘ynar shabada,
Barglar musiqasi bir shirin…
Havo go‘yo tiniq, sof boda,
Ko‘ngil sezar hayotning sirin.

Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uхlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.

She’rning birinchi misrasidanoq ko‘kda go‘yo jim turgandek tuyuladigan oy harakatga tushadi. U shoirga hamroh tutinib, ko‘mko‘k o‘rmon oralab birga kezadi. bu holat shoirga hozirga qadar izlab yurgan tanqis muhitni – sokinlik, tinchlikni hadya etadi.

Xo‘sh, nega shoir ko‘ngli tinchlikni bu qadar qo‘msaydi, undan najot izlaydi?

Gap shundaki, ushbu she’r 1935-yilda, Usmon Nosir davolanish uchun shimolga – boltiq va oq dengiz bo‘ylariga safar qilgan davrda yozilgan. bu paytda sobiq sho‘ro davlatida mafkuraviy talvasalar juda kuchaygan edi. xalq orasidan yetishib chiqqan ko‘plab ziyolilarni ta’qib etish avj ola boshlagandi. Gazeta va jurnallar, tez-tez chaqirib turiladigan majlislarda, ayniqsa, shoir va yozuvchilar haqida ko‘pdan ko‘p tuhmat gaplar aytilardi. Usmon nosir o‘ziga ustoz deb bilgan Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarga tinims iz hujumlar uyushtirilardi. yurtidan uzoqda bo‘lsa-da, shoirning navqiron ko‘ngli bularning baridan ozor chekmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli ham shoir o‘zining ayni kunlardagi kayfiyatini ifodalab:

Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uхlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim, –

deydi. bu yerda shoir «sil o‘pkam» deya faqat o‘zining jismoniy хas ta ligi to‘g‘risida gapirmaydi. balki yuqorida aytib o‘tganimiz – biqiq, tuh mat-u razolatga to‘la muhitda siqilgan ko‘nglini – ruhini nazarda tu tadi. bunday muhitda esa dilning sayrashi – emin-erkin ijod qilish to‘g‘r isida gapirmasa ham bo‘ladi. Zamondosh shoirimiz xurshid davron bir she’rida: «Eng dahshatli sukunat – shoir jim yursa!» – deydi. Shundan kelib chiqilsa, Usmon Nosirning o‘ziga oy hamrohlik qilgan, yalangoyoql arini shab namlar chaygan kimsasiz kechada dilginasini rosa sayratganini – to tong otg uncha uхlamay erkin qo‘shiqlar kuylaganini tushunsa bo‘ladi!

Ko‘ryapsizki, Usmon Nosir o‘zidagi kuchli hayotiy dardlarni ham tabiat lirikasi qatlariga singdirib, qalb sirlarini shu orqali o‘quvchisiga yetkaza olgan.

Shoirning хuddi shu yili yozilgan boshqa bir she’rida asl hayot va yosh ko‘ngilning undan olgan taassurotlari o‘zaro muqoyasa qilinadi. bu she’rda go‘yo hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko‘ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiqchuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o‘zaro muloqotga kirishadi.


Yurganmisiz birga oy bilan (Usmon Nosirning she’rlari) usmon nosir sherlari

Usmon Nosir – hayoti va ijodi

Previous articleBolaligimga (Usmon Nosirning she’rlari)
Next articleYur, tog‘larga chiqaylik… – Usmon Nosir sherlari