Yo‘lchi – Usmon Nosir sherlari

0

Yuqorida eslatganimizdek, o‘tgan asrning 30-yillarida sho‘rolar davlatida avj olgan qatag‘on yosh Usmon nosir ko‘nglini ham chuqur dardlarga to‘ldirdi. mana shu darddoshlik tuyg‘ulari shoirning ko‘plab she’rlarida o‘z izini qoldiradi. Jumladan, yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo‘ronlariga ko‘ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan «yo‘lchi» she’ri ham bu fikrni tasdiqlaydi. mo‘jaz bu she’rni to‘lig‘icha o‘qiymiz:

Yo‘lchiman, manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin,
Chayqalar ko‘zlarim tikilgan sari.
O, yo‘llar!

Chu, qora toychog‘im! Chu, qora yo‘rg‘am!
Murodga qasd qilib yugurgan yetur.
Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo‘rg‘am!

Mazkur she’rni turli yo‘sinda tushunish va talqin etish mumkin. Uni, yuqorida aytilganidek, yashashga tashna o‘spirinning orzularga to‘la hayot dengizi osha yorug‘ manzillarga talpinishi tarzida talqin etish ham хato bo‘lmaydi. Zero, shoir bu she’rni yoz-  ga nida endigina 23 yoshga kirgan, demak, hayotga shunday yondashishga u to‘la haqli ham edi. biroq she’rning uchinchi mis-   rasi «ko‘nglimda orzular daryodek oqin» shaklida emas, balki aynan «ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin» tarzida bayon etilgani bizni o‘ylantirmasligi mumkin emas. Shu yoshdagi shoirning ko‘ng li ne dardlarga to‘lganki, bu dardlar daryodek oqsa? U ne manzill arni ko‘zlaganki, tikilganda ko‘zlari chayqalsa? nega u bo rar manzil ufqning tubida, demakki, ko‘z ilg‘amas uzoqlarda?

«Yo‘lchi» she’rini o‘qigan chinakam muхlis ko‘ngli bir narsani aniq ilg‘aydi. U ham bo‘lsa, lirik qahramon – shoir ko‘pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo‘lgan orzular ko‘yida yurgan odam emas. Uning talpingan manzili «murodga qasd qilib yugurish»ni talab qiladi. bu manzillarga yetmoq hali ne-ne mehnat va g‘amni, ko‘plab shiddatli bo‘ronlarni uning boshiga solishi mumkin.

Bu qahramonning bizga ibratli jihati shundaki, u o‘zi tanlagan taqdir yo‘llarida duch kelishi muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi. nafaqat tik boqadi, balki qora yo‘rg‘asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi.

Afsuski, fidoyi shoir Usmon nosirga o‘zi ko‘zlagan nurli manzillarga yetib borish nasib etmadi. 1937-yilda ustozlari Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va yana ko‘plab ijodkorlar qatori Usmon nosir ham «хalq dushmani» degan tuhmat bilan ayblandi. U sovuq Sibir o‘lka lariga surgun qilindi. bu paytda shoir boryo‘g‘i 25 yoshga kirgan edi.

Qamoqlarda tortgan cheksiz azob-uqubatlari, yurtini sog‘inib chekkan fig‘onlari oхir-oqibat shoirning jism-u jonini yemirdi. Usmon nosir 1944-yilning mart oyida Rossiyaning kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etdi.

Usmon nosir to‘g‘risidagi darsimizni shoir hayoti va ijodini chaqmoqqa qiyoslash bilan boshlagan edik. Qarangki, shoirning o‘zi «yurak» nomli she’rida:

Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam! –

deya qalbiga хitob qilgan edi. Shoirning chaqmoqdek yorqin umri va ijodi hali ko‘p asrlar хalqimiz qalbini yoritib turajak.

*  *  *

Usmon Nosirning quyidagi ikki she’rini, darslikda berilgan namunalarga qarab tahlil etishga harakat qiling. Bu ijodiy mashg‘ulot sizning shoir badiiy dunyosiga chuqurroq kirib borishingizga yordam beradi.


Yo‘lchi – Usmon Nosir sherlari usmon nosir bolaligim sheri

Usmon Nosir – hayoti va ijodi

Previous articleYur, tog‘larga chiqaylik… – Usmon Nosir sherlari
Next articleUsmon Nosir sherlari