Yurtimiz mutafakkirlarining jahon ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi

0

Yurtimiz mutafakkirlarining jahon ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi. Юртимиз мутафаккирларининг жаҳон илм-фан ривожига қўшган ҳиссаси. Юртимиз мутафаккирларининг жахон илм-фан ривожига кушган хиссаси.


Faollashtirish uchun savol va topshiriqlar

  1. O‘rta asr ilm-fan rivoji bugungi kundagi qaysi fanlarning takomillashuviga asos bo‘ldi? Bu o‘rinda yurtimiz mutafakkirlarining hissasi nimalardan iborat edi?
  2. Qanday sharoitda ilm-fan rivojlanadi?
  3. Markaziy Osiyodan chiqqan olimlar qanday fan sohalarida faoliyat yuritganlar?
  4. Islom ilmlari deganda nimani tushunasiz?

Aql-zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyat

Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod tafakkurining shakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq.

Asrlar davomida aql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong, milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir.


Manbalarda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino 17 yoshida Nuh ibn Mansur (976-997-yillar)ni davolayotgan vaqtida «Dor ul- ulum» — «Bilimlar uyi» nomi bilan ham atalgan saroy kutubxonasidan foydalangani haqida xabar beriladi.


Muhammadibn Muso Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir.


Bu poydevorga buyuk allomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar asos solganlar.    Islom dini tabiat ilmlari, psixologiya, tarix, geografiya, sotsiologiya, biologiya, umuman, insoniyat uchun kerakli bo‘lgan har qanday ilmni o‘rganishni qo‘llab- quv vatlaydi.

Islomning ilm-fanga ijobiy munosabati natijasida islom dunyosida o‘rta asrlarda ilm-fan keskin rivojlanib, butun jahon taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. IX–XII asrlar Islom renessansi davri — Imom Buxo- riy, Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Nasr Foro- biy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Burxonuddin Marg‘inoniylarning jahon ilmiga qo‘shgan ulkan xizmati davri Ma’mun akademiyasining Xorazmdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi bosqichi — Temuriylar renessansi davri XIV–XVI asrlarga to‘g‘ri keladi. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzolarning ilm-fan, madaniyat rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. Osiyoda IX–XII va XV asrlarda ro‘y bergan ilm-fan, falsafa, adabiyot sohasidagi rivojlanish Yevropa renessansiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan mashhur alloma Muhammad ibn Muso Xorazmiydir.

Ahmad Farg‘oniy tomonidan qurilgan Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan inshoot. Tashqi va ichki ko‘rinishi. IX asr
Ahmad Farg‘oniy tomonidan qurilgan Nil daryosida suv sathini o‘lchaydigan inshoot. Tashqi va ichki ko‘rinishi. IX asr

U o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin burilish yasadi.


XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan «Beruniy asri» deb ataldi.

Abu Rayhon Beruniy Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi.


Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi. Sharq Uyg‘onish davri o‘ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ilmiy muhitni qamrab olganki, ushbu davrning «Uyg‘onish davri» deb atalishi ham aslo bejiz emas.

IX asrda Ahmad Farg‘oniy «Astronomiya asoslari» asarida olamning tuzilishi, yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘ri- nishga ega ekanligiga dalillar keltiriladi. Kitob XVII asr- ga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yi- cha asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayo- hatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniy o‘rta asrlardagi asosiy astrono- mik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqan. Nil daryosida nilometr — suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida qo‘llaniladigan mashhur inshootni yaratgan.

Abu Nasr ibn Iroq — «Ikkinchi Ptolomey» deb nom olgan buyuk alloma. Ibn Iroq fazoviy trigonometriyaning asoschisidir. U matematika va astronomiya sohasidagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan.

Abu Rayhon Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi. Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi. Minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lishi nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi.

Abu Ali ibn Sino — «Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri» degan unvonga sazovor bo‘lgan. U ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan. Umri davomida 450 dan ortiq asar yaratgan. Ibn Sinoning tibbiyot va falsafa, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan asarlari dunyo olimlari tomonidan e’tirof etilgan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini o‘qib hayratga tushganlar.


Ijodiy faoliyat

  1. 2014-yil 15–16 may kunlari Samarqand shahrida qanday xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi? Anjumanning maqsadi nimalardan iborat edi?
  2. Yurtimiz allomalarining dunyo ilm-fani ravnaqiga qo‘shgan hissalari haqida fikr bildiring. O‘sha davrda dunyoning boshqa mamlakatlaridagi ilm-fanga munosabat masalasiga ham e’tibor bering.
Ozad Xabibullin, «Sharq allomalari».
Ozad Xabibullin, «Sharq allomalari»

Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» deb atalgan bebaho fundamental asari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan tibbiyot sohasidagi dastlabki kitoblardan biridir. Qariyb 500 yil davomida Yevropaning yetakchi universitetlarida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan.

Islom ilm olish har bir erkag-u ayolga farz, deb ta’lim beradi. Har bir musulmon erkak va ayolni ilm olishga undaydi. Ilm olish va olimlarning fazilatlari borasida ko‘plab hadislar keltirilgan.


O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining qo‘lyozmalari Yevropa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Misr, Hindiston, Eron va boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kutubxonalarning «oltin fond»ini tashkil etadi.


Tarixga nazar

VIII asrning oxirlaridayoq Buxorodagi imom Abu Hafs Kabir Buxoriy (767 — 832) madrasasida katta kutubxona, maxsus qiroatxona mavjud bo‘lgan.      


Yurtimiz allomalari diniy bilimlar bo‘yicha ham yetuk darajaga erishganlar. Masalan, Ibn Sino, Mahmud Za-maxshariy, Forobiy, Beruniylar Qur’on, hadis, islom tarixi va huquqshunosligi bo‘yicha ham asarlar yozganlar.

Musulmon olamidagi dastlabki o‘quv dargohla ri — madrasalar VIII asrning oxirlarida o‘sha davrdagi ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, Shosh (Toshkent), Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Bunday ilm dargohlari o‘zining natijasini ko‘rsatib, yurtimizdan buyuk mufassirlar va muhaddislar yetishib chiqdilar.

O‘lkamizdan   chiqqan      dastlabki    muhaddislardan biri mashhur olim Abdulloh ibn Muborak Marvaziydir (736–798). Yana bir yurtdoshimiz, yirik muhaddis Imom Dorimiy (798–869) Samarqandda tavallud top   gan. Allomaning eng mashhur asari «al-Musnad» bo‘lib, bu asar «Sunan ad-Dorimiy» nomi bilan mashhur.


Barcha fanlar bir­biri bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ularni bitta­bittalab o‘rganishdan ko‘ra, birvarakayiga o‘zlashtirish osonroq.

Rene Dekart


Muhammad (ﷺ)ning olti yuz mingga yaqin hadislarini yodida saqlagan buyuk alloma Imom Buxoriy «Hadis ilmining sultoni» degan sharafli unvonga sazovor bo‘lgan. Buyuk muhaddisning «al-Jome as-Sahih» asari Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turadigan ikkinchi muhim manba sifatida islom olamida yuqori bahoga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Imom Buxoriy maqbarasi
Imom Buxoriy maqbarasi
Ma’mun akademiyasi. Olimlar mashvarati
Ma’mun akademiyasi. Olimlar mashvarati

Imom Buxoriyning shogirdi va do‘sti bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lgan zotlardan biri Abu Iso Muhammad Termiziy (824–892). Imom Termiziy asarlarining ichida eng mashhuri «al-Jome as-sahih» bo‘lib, u oltita ishonchli hadislar to‘plamidan biri hisoblanadi.


Ijodiy faoliyat

  1. «Imom Buxoriyning imtihon qilinishi» hikoyasini o‘qing. Uning noyob iste’dodi haqida mushohada qiling.
  2. Xotirani mustahkamlash uchun qanday mashqlar zarur? Siz xotirangizni mustahkamlash uchun qanday mashqlar bajarasiz? Kitob o‘qish va yod olish xotirani mustahkamlaydi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

Imom Buxoriyning imtihon qilinishi

Bir kuni Imom Buxoriyning Bag‘dodga kelganini eshitgan olimlar u kishini imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Bag‘dod muhaddislari yuzta hadisni tanlab olib, ularning matn va isnodlarini o‘zgartirdilar (ya’ni bir isnod matnini ikkinchi bir isnod matni bilan va bir matn isnodini boshqa matn isnodi bilan almashtirib qo‘ydilar).

So‘ng ularni o‘n kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilar-da, yig‘in vaqtida Imom Buxoriyga aytishni tayinladilar. Yig‘inga minglab xurosonlik, bag‘dodlik va boshqa olimlar kelishdi. Boyagi kishilar o‘zlariga topshirilgan hadislarni Imom Buxoriyga aytib, ular xususida so‘radilar. Shunda Imom Buxoriy ularning har biriga: «Bunday hadisni bilmayman», — deb javob berdi. Savollar tugaganidan so‘ng birinchi bo‘lib savol bergan kishiga o‘girildi-da: «Ammo, sen aytgan birinchi hadisning matni boshqa bir hadis isnodiga taalluqli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday, ikkinchisining isnodi esa bo‘lak hadis matniga tegishli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday…» — deya savol bergan 10 kishiga javob berdi. Barcha hadislarning isnod-u matnlarini joy-joyiga qo‘yganiga qoyil qolgan odamlar u kishining xotirasi, aql-u zakovatiga tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar.


Imom Buxoriydan: «Shuncha Hadisni qanday xotirangizda saqlab qoldingiz?» — deb so‘raganlarida, «Men barcha o‘rgangan ilmlarga amal qildim», deb javob bergan ekan.


Movarounnahrdan chiqqan buyuk allomalar islom  shariati — fiqh sohasida ham peshqadamlardan bo‘lganlar. Mana shunday buyuk faqihlardan biri Burhoniddin Marg‘inoniy (1123–1197)dir. Uning «Hidoya» nomli asari yaratilgan davridan to hozirgacha Sharq va G‘arbning o‘quv yurtlarida islom shariatini o‘rganishda asosiy  asarlardan biri sifatida foydalaniladi.

O‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan mashhur olim  imom Abu Mansur Moturidiy (870–944) kalom ilmida yuksak darajaga erishganlardan biridir. Moturidiya ta’limoti uning nomi bilan bog‘liq. Abu Mansur Moturidiy islom olamida «Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi» degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan.

Xorazm diyori ham islomiy ilmlar rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan bo‘lib, bu diyordan yetishib chiqqan allomalardan eng buyugi Mahmud Zamaxshariydir. Jismoniy nogironligiga qaramasdan, bu zot ilm talabida o‘z umrining aksar qismini uzoq mamlakatlardagi safarda, musofirchilikda o‘tkazdi. Makkada olti yilga yaqin yashadi. Shu bois «Jorulloh» («Allohning qo‘shnisi») degan yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. «Tinchlik va barqarorlik ilm-fan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», degan iborani hayotiy misollar asosida sharhlab bering.
  2. Ma’mun va Mirzo Ulug‘bek akademiyalarida faoliyat ko‘rsatgan olimlar fanning qaysi sohalarida izlanishlar olib borgan edilar?
  3. Temuriylar Renessansi davri — XIV–XVI asrlarda yashab ijod etgan olimlarning ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot kabi fanlarning rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’limot to‘plang.
Previous articleO‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlik
Next articleO‘lchashlar va o‘lchash aniqligi