Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi

0

Қатор ундошларнинг талаффузи ва имлоси.


Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar qator undoshli so‘zlardir.

So‘z boshidagi qator undoshlar o‘rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo‘shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi.

Gosht, dost, barg kabi so‘z oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, osimlik so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo‘g‘inda bo‘lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.

439-mashq. Qator undoshlar kelgan so‘zlarni ajratib, daftaringizga ko‘chiring.

Hikmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do‘stlik, g‘isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to‘xtamoq, broker, kompyuter, o‘rtoq, ilhom, ko‘rk, stul, ulkan.

440-mashq. Gaplardagi qator undoshlar kelgan so‘zlarni toping. Ularning talaffuzi va yozilishini solishtiring.

1. Senga baxtdan taxt tilayman, toledan boshingga toj. (E. Vohidov) 2. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim. (A.I. Gersen) 3. Ravon nutq – insonning ko‘rki, fazilati. 4. Kapalak xursand bo‘ldi, sevinib qanot qoqdi. (Zulfiya)

441-mashq. Quyidagi topshiriqlarni bajaring.

1-topshiriq. Metr, sabr, sayr, ilm so‘zlari talaffuzi va yozilishini tahlil qiling. Shunday so‘zlar qatorini kengaytiring.

2-topshiriq. Tong, ingramoq, tenglik so‘zlaridagi ng birikmasini qator undoshlar sirasiga kiritish mumkinmi? Fikringizni isbotlang.


Savol va topshiriqlar

  1. Qator undosh deganda qanday undoshlarni tushunasiz?
  2. Qator undoshlar qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?
Previous articleTutuq belgisining ishlatilishi
Next articleBo‘g‘in va uning turlari