Abdurahmon Jomiy hayoti va ijodi

0

Abdurahmon Jomiy.  Dunyoda uzbek va tojik kabi tili uzaro farq etsada, ta-rixi, madaniyati, hayot tarzi bir-biriga uyg‘unlashib ketgan boshka xalqlar yo‘q. Bu uygunlikning, xalqlarimizning chinakam iftixori deb atash mumkin bo‘lgan buyuk do‘stlikning vujudga kelishida, barkarorlashuvida ulkan hissa ko‘shgan bir ulug‘ zot borki, uni o‘zbek ham tojik ham bab-baravar hurmat qiladi. Uning tiriklikni, hayot go‘zalliklarini vasf etuvchi, ezgulikka chorlovchi gazallaridan, dostonlaridan ma’no durlarini terib, zavq oladi.

BUYuK SIYMOLAR

Bu ulug‘ zot Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad – Abdurahmon Jomiy hazratlaridir. 1414 yilning 7 noyabrida Jom shahrida tavallud topgan bu zoti sharif «Shunday baland so‘z qasri yaratdiki, biror kimsaning kamandi unga eta olmaydi» (A. Navoiy). Zamonasining qomusiy bilimlar egasi bo‘lgan bu ulug shoir yana hazrat Navoiyning «Kamolot cho‘qqisining nurli quyoshi» ta’rifiga ham sazovor bo‘lgan edi.

Professor ElZertelьs Jomiy qalamiga mansub 52 asar mavjudligini ta’kidlaydi («Djami», 1949 y.). Bu asarlar tasavvufga («Shavohidan nubuvva» – «Payg‘ambarlik isboti»), adabiyotshunoslikka («Risolai aruz»), falsafaga («Sibhat-ul abror» – «Taqvodorlar tasbehi») va boshqa fanlarga doir ta’liflar hamda devonu dostonlardan iborat.

Ayniqsa uning etti dostondan iborat «Haft avrang» lirik devonlari, «Bahoriston» nomli hikoyalar kitobi keng shuhrat qozondi.

Ma’lumki, Jomiy nakshbandiya tarikatining buyuk arboblaridan edi. Alisher Navoiy ham ana shu tarikatni Jomiy pirliklarida qabul qildilar. Ular yashagan davr Abulqosim Bobur va Husayn Boykdro shohligi paytiga to‘g‘ri keldi. Har ikki saltanat sohibi ham ilm-fanga, adabiyotga homiylik kilganlar. Ular uzbek va tojik tilining erkin rivojiga yo‘l ochib berishgan. Shu sababli shoirlar har ikki zabonda ham baravar ijod kilganlar. Jumladan Jomiy ham turkiyda mag‘zi to‘k g‘azallar bitgan.

Zulfing xayoli tushgali sho‘rida boshtsa
¥am boshtsa uldirur meni,hijroni boshtsa,

baytli g‘azali shular jumlasidandir.

Ikki tillilik mulamma’ yoki shiru-shakar san’atlarining vujudga keli shiga zamin hozirlagan. Bir satri forsiy, biri turkiyda bitilgan gazallar shiru-shakar san’ati namunasidir. Xalq bir tilni shir (sut) desa, birini shakar deb har ikki zabonga o‘z hurmatini izhor etgan. Jomiy hazratlari bu san’at rivojiga ham hissa ko‘shganlar.

Ey, labat purxandaeu chashmi siyohat masti xo,
Ikki zulfung orasida oy yuzungdur oftob.
Har ki binad ro‘yi xubat pok gardad az gunoh,
Senga botstsan kimsaga mahshar kupi yo‘tsdir azob.. gazali bunga misol bo‘la oladi.

Urni kelganda Nosiriddin Rabguziydan tortib Fitratgacha uzbek adiblari ayni vaktda tojik tilida ham asarlar bitganini eslatib o‘tish joiz. Jomiy kabi ulug bobolarimiz an’analarini davom ettirish balki kelaisak avlodga nasib etar.

Previous articleZahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
Next articleAli Qushchi Samarqandiy