Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi

0

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Tangri taoloning inoyati bilan va hazrati on Sarvari koinotning shafoati bilan va chaharyori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sakkiz yuz to‘qson to‘qkuzda Farg‘ona viloyatida 12 yoshta podshoh bo‘ldum».

O‘zbek klassik adabiyotining yirik namoyandasi, tarixchi olim Zahiriddin Muhammad Boburning eng yirik adabiy merosi bo‘lmish «Boburnoma» shu so‘zlar bilan boshlanadi. Ha, Temuriylar avlodining yirik bir halqasini tashkil etgan Boburga podshohlik martabasi juda erta nasib etdi va u o‘zining juda kiska umri mobaynida taqdirning juda ko‘p va shafqatsiz sinovlariga ro‘para keldi. Bobur bobosi Temur davlatini kayta tiklash ishtiyoqida jang maydoniga otlandi, birok uning ko‘p urinchshlari zoe ketdi. Oxir oqibat o‘z yurtiga sig‘may «oyoq etgancha» ketishga majbur bo‘ldi – avval Afg‘oniston, so‘ngrok Hindistonni zabt etib, musofirchilikda shox taxtini egalladi.

Bobur uzga yurtlarda sitamkor podshoh emas, balki «eng fasohatli va orif kishi» (J. Neru) sifatida nufuzga ega bo‘ldi.

www.talaba.su

Yuz bergan janglar nech;og‘li hisobida bo‘lmasin Bobur shoir va olim sifatida, ulkan ziyoli zot sifatida besamar yashab o‘tishi ilojsiz edi. Binobarin, hozirgacha ilm hazinasiga kelib ko‘shilgan asarlari bor. Ular – uncha to‘liq bo‘lmagan bir devoni, islom dini asoslarini bayon etuvchi «Mubayyin» nomli she’riy risolasi, «Volidiya» nomli tasavvufga oid kitobchaning she’riy tarjimasi, o‘zi ixtiro etgan va «Hatti Boburiy» nomi bilan mashhur alifbo jadvali hamda yuqorida tilga olingan mashhur «Boburnoma» asari.

Bobur Agra shahrida vafot etgan, jasadi vaqtinchalik Jamna daryosi sohilidagi Nurafshon bog‘iga qo‘yilgan, keyinchalik uning vasiyatiga binoan xoki Kobuldagi «Bogi Bobur»ga ko‘yilgan.

Jonimda mening hayoti jonim sen sen,
Jismimda mening ruhi ravonim sen sen.
Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sen sen.

Previous articleJamiyat va tabiat o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi
Next articleAbdurahmon Jomiy hayoti va ijodi