Xusrav Dehlaviy hayoti va ijodi

0

Xusrav Dehlaviy (1253-1325) «Nazm beshasining g‘azanfari va dardu ishq otashkadasining samandari» – Yaminiddin Abulhasan Xusrav Dehlaviyga hazrat Alisher Navoiy shunday ta’rif bergan edi. Darhaqikat Xusrav Dehlaviy nafaqat dilbar shoir, balki tilchi, adabiyotchi, tarixchi olim hamda musiqiy asarlar muallifi sifatida Hind, Eron, Urta Osiyo xalklari madaniyatiga ulkan ganjina qo‘shgan dahodir.

Amir Xusravning otasi Shahrisabz (Kesh)dan Hindistonga ko‘chib borgan o‘zbeklardan, onasi esa hind kizi edi. U saroy hayotiga yakin muhitda kamol topib, yaxshi bilim olish imkoniga ega bo‘ldi. Otasi mo‘gullarga karshi urushda halok bo‘lgach, 8 yoshli Xusrav tarbiyasiga bobosi Imodul-mulk katta e’tibor berdi.

Xusrav asosan Dehlida tahsil oldi. Dastlabki mashklariga «Sultoniy» taxallusini qo‘llagan bo‘lsada, keyinchalik «Dehlaviy» nisbasini o‘ziga munosib ko‘rdi. Xusrav Dexdaviyning o‘z kafolatiga ko‘ra uning she’rlari 400000 baytdan ziyod. Jomiy Xusravni 99 kitob muallifi deb hisoblaydi. Shoirning lirik she’rlari «Tuhfa-tus sig‘ar» («Eshlik tuhfasi»), «Vasa-tul Hayot» («Hayot o‘rtasi»), «G‘urratul kamol» («Kamolotning boshlanishi»), «Nihoyatul kamol» («Kamolot cho‘kkisi») nomli besh devonga jamlangan. Mutaxassislar fors-tojik she’riyatida g‘azalning mustaqil janrga aylanishida uning katta rol o‘ynaganligini ta’kidlaydilar.

Buyuk so‘z san’atkori Amir Xusrav talay tarixiy lirik va axloqiy mavzudagi asarlar muallifi hamdir. «Kironus sa’dayn» («Ikki saodatli sayyoraning   ko‘shilishi»),   «Miftoxul   futux»   («G‘alabalar   kaliti»),

«Duvolroniy va Xizrxon», «Nuh sipehr» («Tukkiz kavatli osmon») kabilar shular jumlasidandir. Dehlaviyni olamga mashhur qilgan yana bir xazina uning Nizomiy Ganjaviyga izdoshlik qilib yarattan Xamsasidir. Bu Xamsa «Matla’ul anvor» («Eritgichlarning chiqishi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Oinai Iskandariy», «Hasht Behisht» («Sakkiz jannat») dostonlarini o‘z ichiga oladi.

Xalq diliga, tiliga yaqin bo‘lganligi, uning orzu va armonlarini o‘zida mujassam etganligi uchun ham Xusrav Dehlaviy she’riyati el-ulus orasida e’tibor kozondi. Bukj san’atkor shoir:

She’rdagi eng yaxshi joyi ismingdir,
Siyohning naqshida qolur kup zamon.

Xusrav jasadining o‘limi yaqin

Vale Xusrav nomi o‘chmas hech kachon. deganida she’rlari xalq kalbida uzok saklanib qolishini bashorat kila bilgan edi.

G‘ururlanma Xusrav she’rlaringdan. Orqadan turlicha so‘zlovchilar bor. Uz kaloming aybin kurmokchi bulsang, Rakiblar kuzila karamok darkor. Har kim o‘z so‘zini yaxshi deb bilgay, Ortik maktov kichar doim dustu yor.

Previous articleAbu Abdullo Rudakiy hayoti va ijodi
Next articleAbu Nasr Forobiy hayoti va ijodi