Zahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari

0

Заҳириддин Муҳаммад Бобур Маснавийлари Zahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari Захириддин Мухаммад Бобур Маснавийлари


Sabo, ul gul harimig’a guzar qil,
Mening holimdin ul gulga xabar qil.

Salomim etkur ul oromi jong’a,
YAna mundoq degil ul dilsitong’a:

«Yuzungni ko’rsatib, ko’nglumni olding,
Olib ko’nglumni, ko’zdin meni solding.

Degil dildorlig’ mundoq bo’lurmu?
Tariqi yorlig’ mundoq bo’lurmu?

Seni mundoq tasavvur qilmas erdim,
Bu yanglig’ rah,msiz ham bilmas erdim.

Seni deb barcha olamdin kechibmen,
Rafiqu yoru hamdamdin kechibmen.

Zamone qilmadim sendin farog’at,
Vale, bordur senga mendin farog’at.

Meni avval o’zungga h.amdam etting,
YOna bilmon nega nomahram etting.

So’zungkim, Xizr suyidin nishondur,
Vale, ul suv kibi mendin nihondur.

Ne, ya’ni muncha bizdin so’z yoshurmoq,
Jafo oyinini haddin oshurmoq?

Birovningkim, birovdin ko’ngli qolur,
Kishi yuz so’z bila ko’ngulni olur.

Ajabkim, mendin, ey dildor, to’ydung,
Mening ko’nglumni bir so’z birla qo’ydung.

Uzatma muncha ham, Bobur, so’zungni,
Bu so’zlar birla xor etma o’zungni.

Agarchi ko’p so’zung bor, muxtasar qil,
Ul oyg’a so’zning aslidin xabar qil.

Gar ul so’zkim, yoshurdung, aytmassen,
Bu yanglig’ odatingdin qaytmassen.

Sening sevmasligingni jazm etarmen,
Bosh olib o’zga bir sori ketarmen.

Agar botroq yibormassen javobim,
Bu xatdin ortuq o’lur pechu tobim».


Ey payki sabo, qotimg’a kelgil!
Eshit bu so’zumni, dog’i bilgil!

Eldek etib ul quyosh qoshig’a,
Quyun kibi evrulub boshig’a.

Yuz hasratu ishtiyoq birla,
Yuz ming alamu firoq birla.

Mendin tobug’ida bo’yla arz et,
Bu xidmatni o’zungga farz et:

«K-ey podshahi viloyati husn!
Sha’ningda kelibtur oyati husn!

Sen husn sariri podshohi!
Men ishq faqiri dodxohi!

Hajru g’aming etti zulmu bedod,
Ey jonu jahon, fitonu faryod!

Oyrilg’ali, ey nigor, sendin,
Oyrildi hushu qaror mendin.

Ko’zumda, agarchi, yo’q jamoling,
Ko’nglumdadurur, vale, xayoling.

Fikrim budururki, senga etsam!
Zikrim budurur — so’zung eshitsam!

Bormadi ko’nguldin ul sochu yuz,
YOd ettim alarni kecha-kunduz.

Chun yo’q qoshinga etarga haddim,
Qoshing g’amidan egildi qaddim.

Zulfung girihig’a bastadurmen,
Ko’zung havasida xastadurmen.

To oq yuzung yiroq tushti,
Ikki ko’zum ichra oq tushti.

Og’zing g’amidinki, tangdilmen,
O’lmay yururam, ne sangdilmen!

Lutf etki, harob bo’ldi holim,
Rahm aylaki, qolmadi majolim.

Xush ulki, yuzungni yona ko’rsam,
Hayron boqibon yuzungga tursam.

O’psam ayog’ing qo’yub yuzumni,
Surtub anga har zamon ko’zumni.

Bo’ynungg’a qo’lum hamoyil etsam,
Sarvingni o’zumga moyil etsam.

Gah ilkima g’abg’abingni olsam,
Gah og’zima ul labingni olsam.

Ko’zumni ko’tarmasam ko’zungdin,
Yuzumni ko’tarmasam yuzungdin.

Gah og’zimg’a tilingni olsam,
Gah og’zingg’a tilimni solsam.

Hosilki, agar qoshingg’a etsam,
Ko’nglum tilagancha ishrat etsam.

Yuzung yana ko’rsam erdi, ey jon,
O’lsam dog’i qolmas erdi armon.

Yuz muncha xayollar qilurmen,
YOding bila hollar qilurmen.

Men ushbu xayollar bila shod,
Sen meni qilursen o’zgacha yod.

Mahjur ko’ngulni shod qilmay,
YAxshi so’z birla yod qilmay.

YOlg’on so’z ila itob etarsen,
Yuz qahr bila xitob etarsen.

Gar yolyuni bo’lsa zohir, ey do’st!
Sharmanda bo’larsen oxir, ey do’st!

Ey yor, sen aylama tasavvur-
Kim, ko’nglini o’zga qildi Bobur.

Yuz hursifat qoshimg’a kelsa,
Yuz tig’i jafo boshimg’a kelsa.

Ko’nglumda hanuz o’shal vafodur!
Boshimda dag’i o’shal havodur!

Fikrim o’shalu xayol o’shaldur!
Dardim ulu zor hol o’shaldur!

Gar munda taraddud etsa oyim,
Bu so’zda guvoh erur Xudoyim.

Hol ul edikim, hikoyat ettim,
Gah shukru gahi shikoyat ettim.

Har neki ko’ngulda erdi — dedim,
Emdi sendin budur umidim:

Har ishta shitob qilmag’aysen!
Bu tavr itob qilmag’aysen!

Qolgon ko’nglumni olg’asen bot,
Olg’on nazaringni solg’asen bot.

Gar yaxshiyu gar yamon qilursen,
Dedim sanga, emdi sen bilursen.

To daxrdurur, salomat o’lg’il!
Xushluq bila to qiyomat o’lg’il!

Xushvaqtlig’ing mudom bo’lsun!
Davlat sanga muetadom bo’lsun!


Xotirimni tilar esang, kel, qo’p!
Bu so’zumni eshitgil, ey el, qo’p!

Ul parining harimig’a guzar et!
Meni devona holidin xabar et!

Degil avval anga salomimni,
YAna arz ayla bu payomimni-

Kim: «Sanga nomalar ravon qildim,
Qolatimni borin bayon qildim.

Seni dedim umid ila, ey yor-
Kim, olib ko’nglum o’lg’asen dildor.

Yo’qkim, ko’shlumga javr qilg’aysen,
YOrlig’ni bu tavr qilg’aysen!

Kam emas erdi yor olamda,
Har taraf yor bor olamda.

Boridin seni ixtiyor ettim,
Jonni ishqingda beqaror ettim.

Garchi, ko’p furqatingda qon yuttum,
Lek, doim visola ko’z tuttum.

Bilmadimkim, firoq ko’rgaymen,
Mehnati ishtiyoq ko’rgaymen.

Nomalar yozdim iztirob bila,
Sarfaroz etmading javob bila.

Muncha chog’liq niyoz zohir etib,
Muncha so’zu gudoz zohir etib.

Bo’lmadi, ey nigor, nozing kam,
Ne qilay, eldin ehtirozing kam.

G’amu dardu alam bila to’ldum,
Oxir ul-amr noumid o’ldum.

Noumid o’lub, o’lturub erdim,
Mutaxayyir bo’lub, turub erdim-

Kim, yana noma birla yod etting,
Qayg’uluq xotirimni shod etting!

Qo’yubon boshqa beqaror o’ldum,
YAna boshtin umidvor o’ldum.

Lutflar aylading, vale, ne sud?!
Emdikim, vasl ishidurur nobud.

Ey jafojo’y, mundog’ing bor emish,
Ko’nglung, ey yor, muncha yumshor emish.

Ne balo, berding intizor manga,
Ko’p jafo qilding, ey nigor, manga.

Bu qulung sanga chun kerak erdi,
Bu inoyat burun kerak erdi.

Emdikim, va’daga vafo qilding,
Meni o’zungga oshno qilding.

Hech bilmonki, chinmudur bu so’zung,
YAxshiliqqa yaqinmudur bu so’zung?

YO bu ham ishvayu firibmudur?
Do’stluqta bular hasibmudur?

YOrlig’ni, agar, qilur bo’lsang,
YOrlig’ tavrini bilur bo’lsang.

Ahdu qavlung durustu mahkam qil!
Va’da chun aylading, vafo ham qil!

Chun bu dam vasl ishi yiroqdurur,
Ko’nglumiz xastai firoqdurur.

Har qachon vasl ishi yovuqlashsa,
G’amu hijron cheriki tarqashsa.

YOnmog’il aytqon hadisingdin!
Tonmag’il aytqon hadisingdin!

Shodmon qil meni visol bila,
Ixtilot et bu xastahol bila.

Banda Boburni muhtaram qilg’il,
Mahram et vaslinga, karam qilg’il!

Sanga ko’nglumdagin dedim, ey yor,
Emdi sendin javob umidim bor.

Xat javobig’a yo’lda bo’ldi ko’zum,
Vassalom, emdi xatm bo’ldi so’zum».


Ey sabo, elmakni qo’ygil, hazm qil!
Sarvinozim ko’yi sori azm qil!

El kibi et sarvinozim qoshig’a!
Ham quyundek evrul oning boshig’a!

Bosh qo’yub erga, niyozim arz qil!
So’rsa holim sarvinozim, arz qil!

Oytgil ul husn mulki xonig’a,
Demayin xon, balki jonlar jonig’a:

«Ko’rmayin yuzungai bemor o’lmisham,
G’oyibona oshiqi zor o’lmisham.

Hech bilmonkim, bilursen, ey nigor-
Kim, necha yildur chekarmen intizor.

Bir dog’i yod etmading bu necha yil,
Xotirim shod etmading bu necha yil.

Bahrae ko’rmay visolingdin dame,
Xoli yo’q erdim xayolyutgdin dame.

Fikring erdi do’stdoru hamdamim,
YOding erdi g’amgusoru mahramim.

Zarra, ey oy, qilmading parvo manga,
Ne balo ko’rsatting istig’no manga!

Qilmading bir zarra istig’noni kam,
Bu na istig’nodurur, ey jonakam?

Sen bu yanglig’ mast husnung jomidin,
Men muningdek ayru vasling komidin.

Nechakim, qildim vafo, ko’rdum jafo,
Nechakim, ko’rdum jafo, qildum vafo.

YOvushub erdimki, navmid o’lg’amen,
Ishqdin begona jovid o’lg’amen.

Ishq rohu rasmini unutqamen.
Zuhd tavru shevasini tutqamen-

Kim, bayaknogoh keldi qoside,
YOrdin ogoh keldi qoside.

Vaslidin bir mujda berdi ul manga.
Jondin ortuq mujda erdi ul manga.

Vasfini nechuk qilay bu mujdaning,
Chinini qandin bilay bu mujdaning.

Bo’lsa chin bir noma kelmasmu edi,
Bir nasimi lutf elmasmu edi?

Qo’ygil, ey qosid, bular yolgondurur,
Mehru husn ahli bu ne imkondurur?!

Men ko’rubmen xo’blar javrini ko’p,
Men bilurmen xo’blar tavrini xo’b.

Gar so’zung chindur, yana bilmak kerak,
YOrdin bir xat olib kelmak kerak.

Ettil avval xidmatig’a yorning,
Bo’yla arz et hazratig’a yorning:

«YAxshi paygomingni etkurdi rasul,
Lutfu ikromingni etkurdi rasul.

Garchi qilding lutf, ey dilbar, manga,
Kelmadi lekin bular bovar manga.

Hajr o’tig’a necha yonsun bu ko’ngul,
Andoq aytgilkim, inonsun bu ko’ngul.

Gar vafo qilmoq xayoling bordurur,
Qo’y jafonikim, ko’ngul muztardurur.

Bir inoyatnoma birla yod qil!
Qil inoyat, xotirimni shod qil!

YO meni qoshingg’a etkur, qil karam,
YO qoshimg’a kel, ko’zumga bos qadam.

Har nekim ko’nglushta kelsa, ey pari,
Ul inoyatnomada yozg’il bari.

Gar sening vasling umidi bo’lmasa,
Vaslinga etmak navidi bo’lmasa.

O’zga bo’lmas o’zni bilmaklik manga!
Balki mushkildur tirilmaklik manga!

Vasl ila farsuda jismim zinda qil!
Lutf ila Boburni boshtin banda qil!

Xat javobig’a chekarmen intizor,
Bot javobini yiborgil, ey nigor!

Har ne ko’nglumda edi — dedim tamom,
Xatm bo’ldi so’zum, emdi vassalom!»


Bir kecha xotirim mushavvash edi,
Ko’zda suv, ko’nglum ichra otash edi.
Dahr ishidin fig’on qilur erdim,
Xotirimni yamon qilur erdim.
Har zamon daxgji xitob qilib,
O’lturub, gax, qo’pub, shitob qilib.
Der edim: «Ey vafosi yo’q zolim,
Zulmdin etti o’lgali holim!
Zulmdin o’zga ishni bilmaysen,
Meni miskinga rahm qilmaysen.
Gar men o’lturgulukmen — o’lturgil!
Yo’q esa, so’rguluk esam — so’rgil!
Har nechuk tavr qil, bu javr etma!
Har nechuk javr qil, bu tavr etma!
Yo’q edi hech ishim sening birla,
Neng bor, ey daxri dun, mening birla?
Kunji uzlatga ro’ qilib erdim,
G’amu mehnatta xo’ qilib erdim.
Ey xush ulkim, jamii hamdamdin,
Dema hamdamki, jumla olamdin,
Forig’ erdim, qanoatim bor edi,
Qone’ erdim, farog’atim bor edi.
Go’shae ixtiyor qilgon edim,
G’aflat uyqusidin oyilgon edim.
YAna yuz ishvayu firib bila,
Hech bilmonki, ne hasib bila.
Davlat o’trusig’a meni solding,
G’aflat uyqusig’a meni solding.
Bori ahbobni qilib masrur,
Bori a’doni aylading maqhur.
Ota taxtida forig’ o’lturdum,
Bal, otam ko’rmaganni men ko’rdum.
Olti oy ichra olti taxt oldim,
Etni iqlima, balki, ko’z soldim.
Dedim, emdi murodima ettim,
Bilmadimki, g’alat xayol ettim.
Ishratu aysh vaqti etgan chog’,
Mehnatu g’ussa oti yitgan chog’,
YAna maxrumi xonumon qilding,
YAna ovvorai jahon qilding.
Dardu g’amni manga anis etting,
Mehnatu ranjni jalis etting.
Aysh ila ishratimdin ayrildim,
Davlatu izzatimdin ayrildim.
Davlatu taxtu izzu joh qani?
Hamdamu hamnishinlar, oh, qani?
Bordi ul ayshu komronlig’lar,
Emdi kim ko’rsa holatim — yig’lar.
Ko’rsatib davlat, emgaking na edi?
Erga urdung, ko’tarmaging na edi?
Bu nyochuk zulmdur — nihoyati yo’q?
Bu na yanglig’ sitamki — goyati yo’q?
Dahrg’a ne vafoduru ne rahm,
Dahr ko’p bevafoduru berahm.
Yo’qturur mehri hech kishiga aning,
E’timod etma hech ishiga aning.
Goh kufr ahlini musallat etar,
Ahli dinning ishini munhat etar.
Goh bir qulni podshoh qilur,
Shohni banda goh-goh qilur.
Goh johilni sarbaland aylar,
Goh oqilni poyband aylar.
Jonu ko’nglida juz jaholat yo’q,
Hech ishida aning adolat yo’q.
Ne vafo qilganini bilsa bo’lur,
Ne jafosig’a sabr qilsa bo’lur.
Ne qilay, ne kishidin istay dod?
Kimga dahr ilgidin qilay faryod?
Dahri dundin shikoyatim ko’ptur,
Dahr elidin hikoyatim ko’ptur!»
Ushbu holatta notavon ko’nglum,
G’ussadin topmogon omon ko’nglum.
Uz qatiq holatig’a yig’lar edi,
Ko’z qatiq holatig’a yig’lar edi.
Keldi boshimg’a subhidam oxir,
Mehrdin urdi subh dam oxir.
Meni o’z dedi mehribonlig’din,
Necha so’z dedi mehribonlig’din.
Manga so’zlarki, tong bu tun qotti,
Jonima o’qlar erdi, tong otdi.
Subhi sodiqlig’i chu zohir edi,
Nafasi subhning muassir edi:
«K-ey faloni, bu ne razolattur?
Ne jaholatturu ne holattur?
Necha dunyo g’amidin etmaklik,
Ko’p so’z oning uchun engatmaklik.
Arzimas g’am emakka bu dunyo,
Bal, otin ham demakka bu dunyo.
Tama’ uzgil bu zski dunyodin,
Xotiringdin chiqar bu dun yodin.
Davlat uchun ko’ngulni zor etma!
Izzat uchun o’zungni xor etma!
Ko’z ochib-boqqucha safo yo’q anga,
Ko’z yumub-ochqucha baqo yo’q anga.
Dahrdin kimga bo’lma multamasi,
Besh emas orzu bila havasi.
Nafsning kasbidur havoyu havas,
Ruh olidadur bular yaramas.
Nafs dushmandurur yaqin bilgil,
Do’stum, bu so’zumni chin bilgil.
Dushmanedur, agarchi, o’tru emas,
Lek, bir lahza sendin ayru emas.
Garchi zohirda to’g’ridektur nafs,
Jisming uyida o’g’ridektur nafs.
Burnog’ilar so’zin nazar qilg’il,
Uyning o’g’risidin hazar qilg’il.
Nafs tavsanini rom qil o’zungga,
Qodir o’l harna so’z desang so’zungga.
Necha nafs ilkida zabun bo’lmoq,
Suxrai zumrai junun bo’lmoq.
Ne desang nafsning rizosi bila,
Neki qilsang aning havosi bila,
Fisq qilmoqdin o’zga fikring yo’q,
Fahsh demaqdin o’zga zikring yo’q.
Uyla razlu lavand o’lubsenkim,
Xalq aro rishxand o’lubsenkim.
Har zamon bir lavandi masharae,
Ma’siyat dudidin yuzi qarae.
Uzni yondoshturub o’zung birla,
So’zni chirmashturub so’zung birla.
Oni o’zungga sen bilib hamdam,
Oni so’zushta sen qilib maxram.
Qilg’asiz xalqni tuman g’iybat,
Degasiz otingizni xushsuhbat.
Har yamon bor — yor qilg’aysiz,
Har yamonlig’ki bor — qilg’aysiz.
Nogahon bir javon guzor aylab,
Ollida o’zni beqaror aylab.
Har yigitkim, ko’runsa xol qilib,
Keynida yuz tuman xayol qilib.
Bu ne umru bu ne balolig’dur?
Bu ne tavru ne yuz qarolig’dur?
Yo’qturur hech e’timid sanga,
Tengridin yo’qmudur umid sanga?
Lodalig’ birla umrum o’tti, netay?
Qay sorig’a bu umr birla ketay?
Umr g’aflatta o’gkarib borasen,
Ey yigit, voqif o’l, qarib borasen.
Haq taolo nega yaratti seni?
Odamiylar sonig’a qotti seni.
Kim, o’zung birla fikr qilg’aysen,
G’aflat uyqusidin oyilg’aysen.
Bilgasen jahd ila bori sifatin,
Qilg’asen dark Tengri ma’rifatin.
Rost qilg’aysen e’tiqodingni,
Bilgasen mabda’yu maodingni.


Jismingga za’f esa, jonim sadqa!
Jonishta ikki jahonim sadqa!
Ko’zungga bu tani bemor fido,
Beligacha bu badani zor fido!
Sensizin jism bila jonni netay?
Dard sendin esa darmonni netay?
Manga sensen bu jahondin maqsud,
Ne jahon, jism ila jondin maqsud.
Qomating yanglig’ uzun yosh topqil!
Umr husnung kibi dilkash topqil!
Qosiding keldi — safo kelturdi,
Xabari mehru vafo kelturdi.
Nomani manga ravon aylabsen,
Joni yo’q jismima jon aylabsen.
Ko’rubon nomani o’zdin bordim,
O’qubon so’zini so’zdin bordim.
Ko’rgach-o’q ko’zuma surtub o’ptum,
O’pgach-o’q boshima qo’yub qo’ptum.
Borcha mazmuni aning xub erdi,
Bori lafzi dag’i marg’ub erdi.
YOrda mehru vafo bor ermish,
Lillahil-xamd, vafodor ermish.
Tunu kun fikru xayolim budurur,
Oyu yil tavrumu holim budurur.
Hajrning kulbasidin ketgaymen,
Vasl koshonasig’a etgaymen.
Vaslingga Tengri meni etkursa,
Lutf etib, manga seni etkursa.
Etgach-o’q evrulayin boshingdin!
G’oyib o’lmay nafase qoshingdin!
Men demasmenki, dudog’ini o’pay,
Gar ilik bersa, ayog’ini o’pay.
Bir zamon xoli emon fikringdin,
Bir nafas g’ofil emon zikringdin.
Gar desam jism ila jondin sen-sen,
G’arazim ikki jahondin sen-sen.
Oy yuzung yo’qda qaro kun bo’lsun!
Eru ko’k ostinu ustun bo’lsun!
Har ne ko’nglumda edi men dedim,
Emdi sendin budurur ummidim:
Mehoning rasmini unutmag’osen,
Bevafoliq yo’lini tutmag’osen.
Burnog’idek meni yod etgaysen,
Xotiri xastani shod etgaysen!
G’ayri ixlosu duo birla salom,
Ne deyin o’zga, so’zum bo’ldi tamom!


Xotirim saklar esang, kel, qo’pg’il!
Bu so’zumni eshit, ey el, qo’pg’il!
Ahli dil ollida sur’at bila et!
Sanga har neki desam, sen arz et!
Mushkilim ollida taqrir etgil,
Holatim sharhini bir-bir etgil.
Degasen mutaqidu ma’mulum,
Ravishu tavru suluku yo’lum.
Bordur andoqki, ayon aylabmen,
Men «Mubayyin»da bayon aylabmen.
Bir aning birla ish ochilmas emish,
Dardi dil chorasini qilmas emish.
Netayin, ne qilayin dardim uchun?
Chora kimdin tilayin dardim uchun?
Chora dardimg’a magar pir etgay,
Chorasiz ishima tadbir etgay.
Naylayin murshidu netay irshod?
Qobiliyat qaniyu iste’dod?
Musta’id bo’lu qil o’zni qobil,
Fayzlar to sanga bo’lg’ay vosil.
Senda ne sa’yu o’zingda ne qabul,
Ne ishing yaxshi, ne so’zung maqbul.
Ne oyoqkim, talabida yurugay,
Ne ko’ngulkim, havasida churugay.
Ne aning ishini qilmoqqa ilik,
Ne aning kunhini bilmakka bilik.
Shahvatu nafs giriftorisen,
Dad bila dev namudorisen.
Shahvatu nafs qaviy dushmandur,
Ming seningdekni zabun qilgondur.
Lazzati eguluku ichkulugung,
Xushiyi kayfiyatu ichkulugung.
Mazai ashribayu hazzi yaxob,
Holatu nash’ai ma’junu sharob.
Hurvashlar bila hamdast o’lmoq,
Maykash el birla ichib mast o’lmoq.
Nash’ai subhu sabuhiy naiga,
Maykash el quvvati ruhi nash’a.
Tund raxshingai minib eldurubon,
Elga o’zni tanitib — bildurubon.
Hukmung o’lmoq bori elga joriy,
So’zung o’lmoq bori erda kori.
Tobe’ing mulki Xuroson bo’lmoq,
Hindu Chin olmog’ing oson bo’lmoq.
Qulluqu xidmating etmak yilu oy,
Nasli Jo’jiyu urug’i Chig’atoy.
Borcha ishga bo’lubon dastrasing,
Kelib ilkingga, nekim, bor havasing.
Bori foniyu bori xechturur,
Seni dunyo boridin kechturur.
Bilmisham har neki, qilding taxrir,
Fahm qildim g’arazingni bir-bir.
Bu demaktin, bu bitiktin ne sud,
Talabekim, kerak uldur nobud.
Tengri qilgaymu ekin turfa sabab,
Hosil o’lg’aymu ekin ushbu talab?
Tengri tavfiqi magar yor o’lg’ay,
To kishi Haqni talabgor o’lg’ay.
Tengri tavfiqi deyu tek turayin,
Ne qilay, chorani kimdin so’rayin?
Tut quloqkim, budurur tahqiqi,
Tengrining bo’lmag’ucha tavfiqi,
Mumkin ermas bo’la olmoq hech ish,
Nega kerak sanga muncha pechish!
Kirdigor, manga tavfiqe ber!
Yurumakka rahi tahqiqe ber!
Umr g’aflat bila o’tkormishmen,
Nafs buyrug’i bila bormishmen.
Nafs yog’isini mag’lub etgil!
Ishlarimni borini xub etgil!
Bori hazdin meni oson o’tkar!
Ishlarimni mening oson butkar!
Go’shu hushumni so’zung sori qil,
Jonu ko’nglumni o’zung sori qil!
G’amlaring birla ovut ko’nglumni!
Ma’rifat birla yorut ko’nglumni!
Qo’yma Boburni bu holat birla!
Oni o’lturma batolat birla!
Bir kishini anga g’amxor etgil!
Himmatin badraqayu yor etgil!
Toki dardig’a davo etkurgay,
Tortibon oni sengo etkurgay.


Necha isyon bila oludalig’ing,
Necha hirmon aro osudalig’ing?
Necha nafsingg’a bo’lursan tobe’,
Necha umrungni qilursen zoe’?
Niyati g’azv ilakim yurubsen,
O’lmakingni o’zungga ko’rubsen.
Kimki o’lmak o’ziga jazm etar,
Ushbu holatta bilursenki netar.
Dur etar barcha manoh.idin o’zin,
Aritur jumla gunohidin o’zin.
Xush qilib o’zni bu kechmaklikdin,
Tavba qildim chog’ir ichmaklikdin.
Oltunu nuqra surox,iyu ayog’,
Majlis oloti tamomin ul chog’
Hrzir aylab, borini sindurdum,
Tark etib mayni, ko’ngul tindurdum.


Ko’ngulga dardu g’amni ne yovutay?
O’zumni ovu qush birla ovutay.
Jahonning ahlidin uzgil tama’ni,
Bu olam ichra bo’l ozoda, ya’ni.


Ulki, taqdir xatin etti savod,
Ayladi oqu qaroni irshod.
Payvasta qoshini menga chitib,
Kirpik o’qini menga otib.


Ey qodiri barkamol, Tangrim,
V-ey qohiri zuljalol, Tangrim.
Ey berguchi Biru bor, Tangrim,
V-ey olg’uchi girudor, Tangrim.
Bo’lmas sifatingni desa, nechun-
Kim, borsen, ey Xudoy, bechun.
Ar tufroq erur kamoling andin,
Afzunroq erur jaloling andin.
Ko’b so’z eshitildi mag’firattin,
Ko’b nukta deyildi marhamatgin.
Har so’zki eshitsa, desa bo’lmas,
So’z borki, aytsa — desa bo’lmas.
Some’g’a agarchi ko’b havaetur,
So’z munda etishti, emdi bastur.


Xush ul kunlarki, oshiq erdim,
Ishq ahli bila muvofiq erdim.
Har ne desa ishqdin, der erdim,
Har g’am esa ishqdin, er erdim.
Ko’nglumda, ko’zumda ishq edi, ishq,
She’rimda, so’zumda ishq edi, ishq.
Ne yozda tinorimu ne kuzda,
Ne tog’da qarorimu ne tuzda.
Ko’r surati ishqkim, bor uch harf,
Uch harfdurur vale har uch harf.
Majmui huruf to’qquz o’lg’ay,
Har harfda bir ajab so’z o’lg’ay.
Borini bayon qilay, eshitgil,
Ko’ngluyuta ayon qilay, eshitgil:
«Ayn»i, ya’niki: ayb qilma,
Bal, ayb qilurni ko’zga ilma.
«YO»si, ya’ni: yig’idurur tavr,
Gar yor tarahhum etsa yo javr.
«Nun»i buki: nang bo’lmag’ay hech,
Har nechaki rang bo’lmag’ay xech.
«Shin»: shavqdurur shiori oshiq,
Onsiz kishi ishi ori oshiq.
«YO»: yod berur yagona bo’lmoq,
Olam aro benishona bo’lmoq.
«Nun»i buki: bu ishing nihon tut,
Dam urmayu ishq ishida qon yut.
«Qof»i buki: qavlungga durust o’l,
Ishq ishida sust bo’lma, rust o’l.
Aytay «alif»ini, senga, ey.yor:
Ozor bu ishda chekkil, ozor.
Bil oxiri jumla harfi «fo»ni:
Bo’l oxiri kori ishq, foniy—
Kim bo’lsa bu vasflarg’a mavsuf,
Ul oshiqi komil, o’zgalar yuf.
Lekin bu demonki, ishq birdur,
Bu vasflar ichra munhasirdur.
Sen demaki, ishq ushbu-o’qdur,
Ishq anvo’i, bil, asru cho’qdur.


Ey xush ulkim, bori eldin yoshurun,
Biz ikov bo’lsaku bir go’shayu tun.
Dafu changeyu rubobe bo’lsa,
Mayu nuqleyu kabobe bo’lsa.
«Darrai nur» mayin no’sh etsak,
G’ami hijronni faromush etsak.
Men o’zum ichsamu tutsam senga ham,
Sen dag’i ichsangu tutsang menga ham.
Dam-badam bodai gulrang ichsak,
Tun yarimig’acha ul rang ichsak.
Mast o’lub yotsak ikov, andin so’ng,
Ne huzur o’lg’usi yotqondin so’ng.
Umr aksar bu tariq o’tkarsak,
Xushturur gar bu tariq o’tkarsak.


Siposu sitoyish Xudovandg’a-
Ki, andin kushod o’ldi har bandg’a.
Anga ne misolu ne monanddur,
Xudovandlarg’a Xudovanddur.
Anga ne amiru anga ne vazir,
Anga ne shabihu anga ne nazir.
Ne yoroyu ne haddurur kishiga-
Ki, daxl aylagay Tangrining ishiga.
YOmonlig’ bila yaxshilig’ ul qilur,
Burung’i bila so’ngg’ini ul bilur.
Aziz ul qilur, xor ham ul qilur,
Shifo ul berur, zor ham ul qilur.
Base podshoni gado qilg’ay ul,
Gadolarni ham podsho qilg’ay ul.
Gadoyig’a bor shohliqdin nufur,
Ne shahliqki, dorayndin yuz futur.
Tilarmen gadoyig’a bo’lsam gadoy,
Bu davlatni qilg’ay muyassar Xudoy.
Deyin hamdidin so’ng rasulig’a na’t,
Ilohiki, tushgay qabulig’a na’t.
Rasuli jahonu habibi Xudoy-
Ki, andin kelur elga tiybi Xudoy.
Senga o’zni bu kun mute’ istaram,
Seni tonglaliq kun shafe’ istaram.
Nabig’a durud aytayin bardavom,
Ham avlodu ashobig’a, vassalom.
Chu hamdu sanodin ko’ngul topti kom,
Qilay emdi maqsud sori xirom:
Mening so’zlarim budur ahbobqa,
Bori xeshu atbo’u ashobqa-
Ki, qilg’aymen albatta darveshlik,
Tariqat yo’lida vafokeshlik.
Jahon ishlarin jumla tark etgamen,
Ketar vaqtta beasar ketgamen.
Xiraddin bu ish garchi ko’bdurur,
Valekin bu devona ma’zurdur.
Menga ko’b jihattin bu ish bo’ldi farz,
Jihatlarni aylay borin sizga arz:
Biri buki, tole’ menga yor emas,
Sipehru kavokib madadkor emas.
Falakdin etishti jafolar menga,
Balo uzra bo’ldi balolar menga.
Gahe qildi davlat bila hamnishast,
Gahe qildi mehnat bila erga past.
Gahe to’ldurur jomi ishrat menga,
Gahe kelturur dardu mehnat menga.
Base qal’a berdi qabalmoq uchun,
Ko’tardi vale erga cholmoq uchun.
Agar no’shi bir bo’lsa, yuz neshi bor,
Agar marhami bir, tuman reshi bor.
Birovni desam jon, qilur jong’a qasd,
Ebon tuzni, aylar namakdong’a qasd.
Bor ermish ajab shum tole’ menga,
Esiz umrkim, bo’ldi zoe’ menga.
YAna bir bukim ushbu fitrat chog’i-
Ki, bu jam’i badbaxt bo’ldi yog’iy.
Dedim, bu yig’ilg’ong’a topsam zafar,
Bu jam’i parishong’a topsam zafar.
Qilay bartaraf saltanatning ingan,
O’zumdin kam aylay ulus qarg’ishin.
YAna saltanat zikrini qilmayin,
Bu behuda ish fikrini qilmayin.
Xudo yo’li sori xirom aylayin,
Bu yo’l qat’ida ehtimom aylayin.
Uchunchi jihat budurur, do’stlar,
So’zum mag’zidin ayrayin po’stlar.
Ne bog’u ne gulning havosi menga,
Ne gulro’ylar muddaosi menga.
Ne yozu ne kuzdin ko’ngul ochilur,
Ne yoziyu tuzdin ko’ngul ochilur.
Ne tiru ne daydin menga nash’adur,
Ne nuqlu ne maydin menga nash’adur.
Ne davlat qolibturki, men ko’rmadim,
Ne ishrat qolibturki, men surmadim.
Base ayngu ko’b shurbi may qilmisham,
Bori orzularni tay qilmisham.
Alarni borin ko’rmisham, bilmisham,
Bularni borin topmisham, qilmisham.
Menga emdi ko’b orzu yo’qturur,
Emon nafsima ko’b g’ulu yo’qturur.
Taalluq aloyiq bila qolmadi,
Ishim bu xaloyiq bila qolmadi.
Shariat ishida meni qodir et,
Tariqat yo’lida meni sobir et.
Ayirg’il meni jumla hamrohdin,
Yuzumni evurma so’yi Ollohdin.


Ne xabar erdi, sabo, etkurdung,
Ne xabar, jong’a balo etkurdung.
Ne kelib tundu ne noxush ketasen,
Ne dimog’imni mening xushk etasen.
Borurungda ne so’zumga kirasen,
Kelasen tundu ko’zumga kirasen.
Yo’q emish sabru saboting, ey el,
Xunuk ermish harakoting, ani bil.


  1. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida g’azallari va ruboyilari
  2. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar
  3. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar
  5. Zahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari
  6. Zahiriddin Muhammad Bobur Fardlar
Previous articleZahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar
Next articleZahiriddin Muhammad Bobur Fardlar