Huquq sohalari – Ҳуқуқ соҳалари

0

Ҳуқуқ соҳалари. Хукук сохалари. Huquq sohalari


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Rasmlarga qarang. Bu rasmlarda tasvirlangan insonlar har xilhuquqiy ehtiyojlarga ega. Ularni aytib bering.
  2. Bu huquqlarni ta’minlash uchun qabul qilingan qonunchilikhujjatlari to‘g‘ ri sida eshitganmisiz?
  3. 1- rasmdagi o‘quvchi bilan 6- rasmdagi fermer huquqlari o‘rta -sida qanday umumiylik va qanday farqlar bor deb o‘ylaysiz? 3- va 2- rasmdagilarning-chi? 4- va 2- rasmdagilarning-chi?
  4. 5- rasmda tasvirlangan tabiatning ham huquqlari bormi? Buhuquq lar nimalarda ifodalanishi mumkin deb o‘ylaysiz?

Har qanday jamiyatda shu jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklarinita’min lash uchun ma’lum bir huquq tizimi zarur. Bu tizim turli-tuman,lekin o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan huquq normalari yig‘indisidanibo rat bo‘ladi.


Huquq tizimi nima?

Huquq tizimi – bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining birbutun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarinimuayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda joylanishi.


Qaysi huquq normasini qaysi obyektga nisbatan ishlatish lozimliginianiq lashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalam bor,huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajrati ladi. Bunda, davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi e’tiborgaolina di. Aynan shu munosabatlar huquqiy tartibga solish (boshqaruv)ningpred metini tashkil qiladi. Huquqiy tartibga solish (boshqarish) usuli esa,huquq ning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadiganyo‘l lari, usullari, vositalarining yig‘indisidir.

Ijtimoiy munosabatlarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta’minot, mo -li ya va hokazolar kabi turlari alohida huquqiy normalar orqali tartibga so li nadi.

O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimini quyidagi jadval-sharhi orqaliifo dalash mumkin:

Huquq tizimi

Bu huquq tarmoqlaridan ayrimlarini tavsifl aylik:

– Konstitutsiyaviy huquq sohasi – bu huquq tarmog‘i huquq tizi midagieng asosiy huquq sohasi. Chunki, unda huquqning bosh tamo yillari, dav latning hu quqiy qiyofasi belgilab beriladi. Konsti tutsiyaviy huquq to mo ni dandavlat, jamiyat va shaxslar o‘rta sidagi munosabatlar tar tibga solinadi. Un dadavlat suvereniteti, davlatning siyosiy, bosh qaruv shakli, ma’muriy-hudu diytuzi lishi, davlat or ganlarining huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquqva er kinliklari, jamiyat ning o‘ziga xos xususiyatlari kabi muhim ma sa lalarmustahkamlangan.

– Mehnat huquqi sohasi orqali – korxonalar, tashkilotlar va ular ningxodim lari o‘rtasidagi mehnat muno sabatlari tartibga solinadi.

– Fuqarolik huquqi sohasi orqali – mulk bilan aloqador hamda nomulkiymu no sabatlar tartibga solinadi.

– Oila huquqi sohasi orqali – oiladagi, oila va nikoh bilan bog‘liq muno sabatlar tartibga solinadi.

– Ekologiya huquqi sohasi orqali – tabiatni muhofaza qilish jarayonidayuza ga keladigan munosabatlar tar tibga solinadi.

– Jinoyat huquqi sohasi orqali – qanday xatti-harakatlar jamiyat uchunxavfl i ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va buborada yu za ga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi.

Protsessual huquqlar sudlarning faoliyatini tartibga soladi va qaysi tarmoq qa oid huquqiy masalalarni ko‘rayotganligiga qarab yuqoridagi sharhdakel ti rilgan 3 ta turga bo‘linadi:

– Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy,meh nat, yer bilan bog‘liq va moliyaviy munosabatlar kabi bir qator sohalardagi faoliyatini tartibga soladi. Ya’ni, shu sohalarga oid ishlar ko‘rilayotganbo‘l sa, sudlar fuqarolik-protsessual qonunchilikka asosan ish ko‘radilar.

– Iqtisodiy protsessual huquqida ham yer, agrar, moliyaviy, ekologiyasoha lariga oid huquqiy munosabatlarni sudlar orqali yechish ko‘zda tutilgan.

Agar fuqarolik-protsessual huquqida fuqarolar jismoniy shaxslar o‘rtasidagimuno sabatlar o‘z aksini topsa, iqtisodiy protsessual huquqda xo‘jaliklararomul kiy nizolarni hal etish nazarda tutilgan.

– Jinoyat-protsessual huquq sudlov, tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish faoliyatini tartibga soladi.

Yuqorida atalgan tarmoqlar davlatning ichki huquq tizimini tashkilqi la di. Bundan tashqari xalqaro huquq tizimi ham mavjud bo‘lib, bu huquq tizimi normalari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlaro‘r ta sidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro huquq tizimi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: xalqaroommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq, xalqaro tash kilotlar huquqi,xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatiya va konsullik huqu qi, xalqaro dengizhuquqi va boshqalar.

Huquq institutlari nima?

Huquq institutlari – bu o‘zaro bog‘langan, bir turdagi ijtimoiy munosa batlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Kons titutsiyaviy huquq sohasida prezidentlik, fuqarolarning huquq va erkinliklariins ti tuti, jinoyat huquqi sohasida – javobgarlik instituti, oila huquqida –nikoh instituti va boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichkitar kibiy qismidir. Huquq institutlari birlashib, huquq sohasini tashkil etadi. Ya’ni huquq institutlari huquq sohalarining tarkibiy qismidir.


Sharhlang!

Huquq sohasi (tarmog‘i) nima? Huquq sohasi (tarmog‘i) huquqiy normalar tomonidan tartibga solina digan munosabatlar majmuidir.


Ijodiy faoliyat

Tuzgan shartli davlatingizda ikkita jismoniy shaxs (fuqaro) va ikkitayuri dik shaxs (tashkilot)larni misol tariqasida ajratib oling. Ularni nomlang.

  1. Jismoniy shaxslaringiz kirishishlari mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosa batlarda huquqning qaysi tarmoqlari asqotishi mumkinligini ajra tib ko‘rsating.
  2. Agar ular o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni sud orqali yechishigato‘g‘ ri kelsa, qaysi protsessual huquq sohalariga murojaat qilishigato‘g‘ ri kelishini ayting.
  3. Agar yuqoridagi jismoniy shaxslar o‘rnida yuridik shaxslar (tashki lotlar) bo‘lsa-chi?

Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Huquq tizimini sohalarga ajratish nima uchun zarur?
  2. Huquqiy tartibga solish predmeti nima?
  3. Huquqiy tartibga solish usulini tushuntirib bering.
  4. Huquqiy sohalarning asosiy turlarini sanab bering.
  5. Eng asosiy huquqiy soha bo‘lmish Konstitutsiyaviy huquq sohasinitavsifl ab bering.
  6. Fuqarolik huquqi sohasini qisqacha tavsifl ang.
  7. Agarda jinoyat huquqi sohasi mavjud bo‘lmasa, jamiyatda qanday vaziyatyuz bergan bo‘lar edi?
  8. Protsessual huquqiy sohalar orqali qanday faoliyat tartibga solinadi?
  9. Fuqarolik va jinoiy protsessual huquqiy sohalarining asosiy farqlarinimada?
  10. Jinoyat protsessual huquqiy sohasi qanday vazifalarni bajaradi?
  11. Huquq institutlariga misollar keltiring.
  12. Xalqaro huquqning tarkibiy qismlariga (sohalariga) misollar keltiring.
Previous articleMening vatanim she’ri
Next articleHuquq tizimi nima? Ҳуқуқ тизими нима?