21-§. Tovarning bozor narxi

0

Tovarning bozor narxi. Muvozanat miqdor. Tovarning bozor (muvozanat) narxi. Товарнинг бозор нархи. Мувозанат миқдор. Товарнинг бозор (мувозанат) нархи.


Har kuni erta tongda Toshkent shahrining “Xislat” mahallasida shahar atrofidagi xo’jaliklardan keltirilgan sut va sut mahsulotlari bozorchasi faoliyat ko’rsatadi. Sut sotuvchilar va uni sotib oluvchi mahalla ahlidan so’rab-surishtirilganida, bir kunlik yakka talab va yakka taklif quyidagi jadval ko’rinishida ekanligi aniqlandi.

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Berilgan jadvalga ko’ra, bozorchadagi kunlik sutga bo’lgan talab va taklifni aniqlab, oxirgi ustunlarni to’ldiring.
  2. Sut narxi 4 000 so’m bo’lganida, bozorchadagi talab va taklif miqdorlari qanchani tashkil qiladi?
  3. Agar davlat tomonidan sut narxi 4 000 so’m qilib qat’iy belgilansa, qanday vaziyat vujudga keladi? Qancha sut yetmay qoladi?
  4. Sut narxi 4 400 so’m bo’lganida, bozorcha bo’yicha talab va taklif miqdorlari qanchani tashkil qiladi?
  1. Agar sut narxi 4 400 so’m qilib qat’iy belgilansa, qanday vaziyat vujudga keladi? Qancha sut ortib qoladi?
  2. Sut narxi 4 200 so’m bo’lganida, bozorchadagi talab va taklif miqdorini aniqlang.
  3. Bu vaziyatda har ikkala tomon — sotuvchi va xaridorlarni ham qanoatlantiradigan narx, sizningcha, necha so’m bo’lishi kerak deb o’ylaysiz?

Tovarning bozor narxi qanday aniqlanadi? Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarning bozor narxi unga bo’lgan talab va taklif miqdoriga qarab aniqlanadi.

Ma’lumki, biror tovarga bo’lgan bozor talabi, bozordagi jami xaridorlarning umumlashgan fikri bo’lib, tovarning narxi turlicha bo’lganda uni xarid qilish xohishi va imkoniyatlarini ifodalar edi. Xuddi shunga o’xshash, tovarning bozor taklifi, bozordagi jami sotuvchilarning umumlashgan fikri bo’lib, tovarning narxi turlicha bo’lganda tovarni bozorda sotish istagi va imkoniyatlarini ifodalar edi. Keling, har ikki tomon — xaridor va sotuvchilarning fikr va xohishlari qachon ustma-ust tushishini tahlil qilaylik. Aytaylik, guruchning bozordagi talab va taklifi quyidagi jadval orqali berilgan bo’lsin. Bu jadval asosida talab va taklif chiziqlarini bitta koordinatalar tekisligida chizadigan bo’lsak, quyidagi chizmaga ega bo’lamiz.

Hosil bo’lgan qaychiga o’xshash tasvir amerikalik mashhur iqtisodchi olim Alfred Marshall sharafiga “Marshall qaychisi” deb nomlanadi.

Guruch narxi 8 600 so’m bo’lganda esa, guruchga bo’lgan talab va taklif miqdorlari o’zaro teng bo’lib, 4 tonnani tashkil qiladi. Bu holatda sotuvchilar tomonidan taklif qilingan 4 tonna guruchning hammasi 8 600 so’m narxda xaridorlar tomonidan xarid qilinadi va bu holat ham xaridorlar uchun, ham sotuvchilar uchun ma’qul tushadi. Tovarga bo’lgan talab va taklif miqdori teng bo’lgan holatdagi tovar narxi muvozanat narx yoki tovarning bozor narxi deb ataladi. Bozor narxiga mos talab (yoki taklif) miqdori muvozanat miqdor deb yuritiladi. Yuqorida ko’rilgan bozordagi guruchning muvozanat narxi, ya’ni bozor narxi 8 600 so’mni, muvozanat miqdori esa 4 tonnani tashkil qiladi. Talab va taklif chiziqlarining kesishish nuqtasi (M nuqta) muvozanat nuqta deb ataladi. M nuqtaning ordinatasi muvozanat narxni, absissasi esa muvozanat miqdorni bildiradi.

Guruch narxi (p), so’mdaGuruchga bo’lgan talab miqdori (qD), tGuruchning taklif miqdori (qS), t
9 00008
8 80026
8 60044
8 40062

Muvozanat miqdor — tovarning bozor muvozanat narxiga mos talab (yoki taklif) miqdori.

Tovarning bozor (muvozanat) narxi — bozorda tovarga bo’lgan talab miqdorining taklif miqdoriga teng bo’lgandagi narx.

Aytaylik, bozorda qat’iy narx 8 400 so’m qilib belgilangan bo’lsin. Unda bozorda guruchga bo’lgan talab miqdori 6 tonna, taklif esa 2 tonnani tashkil qiladi. Demak, taklif qilingan 2 tonna guruch tezda sotilib, xaridorlarning yana 4 tonnalik talabi qondirilmay qoladi, ya’ni mahsulot taqchilligi yuzaga keladi. Bozordagi bunday holat taqchil bozor holati deb ataladi.

Aksincha, bozorda guruch narxi 8 800 so’m qilib belgilangan bo’lsa, guruchga bo’lgan talab miqdori 2 tonna, taklif esa 6 tonnani tashkil qiladi. Natijada, taklif qilingan guruchning faqat 2 tonnasi sotib olinib, 4 tonnasi ortib qoladi. Bozordagi bunday holatga to’yingan bozor holati deb ataladi.

Ko’rib turganingizdek, yuqoridagi har ikkala holda ham bozorda muvozanat yo’q. Shu bois, bozorda narxlarning bunday yuqoridan qat’iy qilib o’rnatilishi maqsadga muvofiq emas. Agarda bozorda doimiy muayyan narxlardagi talabga ega tovarlar miqdori xuddi shunday narxdagi taklif qilinayotgan tovarlar miqdoriga teng bo’lsa bozorning bu xolati bozor muvozanati deb ataladi. Bunday bozor iqtisodiyot fanida muvozanatlashgan bozor deb yuritiladi

Qat’iy narxlar — bozorda davlat tomonidan qat’iy qilib o’rnatiladigan, bozor narxidan farqli bo’lgan narx.

Taqchil bozor— tovar taklif miqdorining unga bo’lgan talab miqdoridan past bo’lgan bozor.

To’yingan bozor— tovar taklifi miqdorining unga bo’lgan talab miqdoridan yuqori bo’lgan bozor.


Alfred Marshal

Alfred Marshal

Alfred Marshallning eng asosiy iqtisodiy g’oyasi taklif va talabning o’zaro ta’siri bozor narxining shakllanishiga olib keladi, degan fikrdir.

Marshall taklif va talabga yangicha nazar bilan qaray bildi. U taklif bilan talab bozor narxini shakllantirish yo’lida birgalikda harakat qilishini

Alfred Marshall ko’ra bildi. U iqtisodiy nazariyaga matematikani (1842—1924) tatbiq qildi va “Marshall qaychisi” deb nom olgan grafikni tasvirladi.

“Barcha hollarda bozorda sotish uchun qanchalik ko’p narsalar keltirilsa, ularning o’z xaridorini topa oladigan narxi shunchalik past bo’ladi”.

(Alfred Marshall)


Bilimingizni sinab ko’ring!

  1. Talab va taklif bozorda o’zaro qanday muvozanatda bo’ladi?
  2. “Marshal qaychisi” deb nimaga shartli nom berilgan?
  3. Taqchil bozor holatini tushuntiring va u qachon vujudga keladi?
  4. Muvozanat miqdori nima?
  5. To’yingan bozor holatini tushuntiring va u qachon vujudga keladi?
  6. Tovarning bozor yoki muvozanat narxi deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi?
  7. Bozordagi qanday xolat “bozor muvozanati” deb ataladi?
  8. Yuqoridagi mashqda tasvirlangan vaziyatda tovar narxi 400 so’m qilib qat’iy belgilab qo’yilsa, bozorda qanday holat vujudga keladi? Narx 700 so’m qilib qat’iy belgilab qo’yilsa-chi?
Previous article20-§. Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar
Next articleMuvozanat miqdor nima? Мувозанат миқдор нима?