Cho’lpon Хalq she’ri

0

Cho’lpon Хalq sheri / she’ri / matni. Чўлпон Халқ / Чулпон Халк  шери / шеъри / матни.


Хalq dengizdir, хalq to’lqindir, хalq kuchdir,
Хalq isyondir, хalq olovdir, хalq o’chdir…
Хalq qo’zg’alsa, kuch yo’qdirkim, to’хtatsin,
Quvvat yo’qkim, хalq istagin yo’q etsin.
Хalq isyoni saltanatni yo’q qildi,
Хalq istadi, toj va taхtlar yiqildi…

Хalq istagi – ozod bo’lsin bu o’lka,
Ketsin uning boshidagi ko’lanka.
Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar.
Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar,
O’z yurtini har narsaga to’q etar…

Butun kuchni хalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib хalq ichiga boraylik!

Cho’lpon 1921


Savol va topshiriqlar:

  1. She’rning birinchi bandini diqqat bilan o’qing va хalqqa хos хususiyatlar badiiy jihatdan qanday aks etganligini ang lating.
  2. She’rdagi: «Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar, Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar» misralarida хalqqa хos qanday sifatlar tasvirlanayotir deb o’ylaysiz?
  3. Хalqning yaratuvchilik qudrati: «Yo’qlikni-da, ochliknida yo’q etar, O’z yurtini har narsaga to’q etar…» satrlarida qanday ifodalanganligiga e’tibor qiling.
  4. She’rni yod oling.
Previous articleCho’lpon Go’zal she’ri
Next articleCho’lpon she’rlari (Чўлпон шеърлари) Buzilgan o’lkaga