Erkin Vohidov

0

O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’anlari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi «Nido», hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan «Ruhlar isyoni», «Istambul fojiasi» asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan «Oltin devor» komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa, «Eron taronalari» bilan «Faust» tarjimasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi.

«Men ijodiy mehnatbi faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish – bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashash, ishlab o’rganganman», – deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sa’nat nashriyotida director, «Yoshlik» jurnaliga bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va Oliy Majlisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko’p vaqti xalq ichida, yurtimiz va mamlakatlar bo’ylab safarlarda o’tmoqda. Shoir «Buyuk romani» unvoniga sazovor bo’ldi.

Erkin Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28- dekabrida qishloq o’qituvchilari oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval Ikkinchi jahon urushida qatnashib, og’ir yarador bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Ikki qisqa umrning yolg’iz yodgori bo’lib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Unig o’spirirnlik, yoshlik yillari Toshkentda o’tdi. Erkin ulg’aygan xonadon ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonni tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehrva mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida «Mushtum» jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi. Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi «Tong nafasi» talabalik yillarida yaratildi.

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida o’qituvchi oilasida tavallud topgan. Vohidovlar oilasi 1945- yilda poytaxt Toshkentga ko’chib keldi. Erkinjon avval o’rta maktabda, so’ng hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta’lim oladi. 1960-yilda o’qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi.

Erkin Vohidov dastlabki she’rlarini maktabda o’qib yurgan paytidayoq e’lon qila boshlagan, birinchi she’riy to’plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o’quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istambul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoiru she’ru shuur» nomli adabiy-falsafiy to’plami XX asr o’zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo’lib qo’shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S.Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko’plab asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Erkin Vohidov tomonidan ulug’ nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o’zbek tiliga yuksak mahorat bilan o’girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniya-timiz tarixida ham muhim voqea bo’lib qoladi.

Erkin Vohidov she’riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho’ro adabiyotshunosligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn», deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni» (1969) kitobini e’lon qilgan, undan joy olgan o’nlab go’zal g’azallari bilan bunday da’volarning puch ekanligini isbotlagan edi. U «O’zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan ijodkordir.

Darhaqiqat, Erkin Vohidov o’zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu- o’ylarini ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko’tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo’naltirgandir. Bu jihatdan shoirning 1968-yilda yozilgan «O’zbegim» qasidasi alohida e’tiborga molik.

Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o’zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.

So’ylasin Afrosiyob-u so’ylasin O’rxun xati,
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon, o’zbegim.

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zlik, balki Tarxon, o’zbegim.

Shoir lirikasi

Erkin Vohidov publitsist, dramaturgy dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo’lsa-da, awalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafis, ham dolg’ali, isyonkor she’rlari orqali joy olgan.

Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o’z qo’lidagi qurol – she’r, lining tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burchi — vazifasi xususida ko’p o’yladi, she’r va shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so’z ochganda har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo’lish oson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o’z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’lgan fidoyi mehrning samarasidir.

Erkin Vohidov dastiab hayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat suairini, hayotdan rizolikni toiib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. Jumladan, «Yoshligim» g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi:

Yoshligim, kel, kuyga to’lgan Qalbim oltin sozi bo’l. Men qo’shiq aytay to’lib, Bir lahza jo’r ovozi boi. 40—50- yillarda «vulgar sotsiologizm” deb atalgan qarash oqibati o’laroq, sevgi, shaxsiy kechinmalar badnom etilgan.

She’riyatdan quvg’in qilingan edi. 50- yillar oxiri, 60- yillarga kelib vaziyat o’zgara boshladi, inson shaxsiga hurmat, qalbiga e’tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, an’anaviy sevgi taronalarini kuylash uchun yo’l ochildi. Bu hoi an’anaviy she’riy shakl, ayniqsa, g’azalning jonlanishiga olib keldi. Tabiiyki, bu jarayon o’sha kezlari osonlikcha, silliq kechgani yo’q. AbdullaOripov yozganiday, mumtoz g’azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo’lib Erkin Vohidov anizning tabarruk ostonasida posbon yanglig’ paydo bo’ldi”. Ba’zi munaqqidlar ishqiy kechinmalarni kuylash, ko’hna she’riy shakl —aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb ataydilar. E, Vohidov «Yoshlik devoni» kitobining «Debocha»sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi:

Istadim sayr aylamoqni
Men g’azal bo’stonida. Kulmangiz, ne bor senga deb
Mir Alisher yonida. She’nyat dunyosi keng,
Gulzori ko’p, bo’stoni ko’p, Har ko’ngil arzini aytur
Neki bor imkonida. Ey munaqqid, sen g’azalni
Ko’hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin
Qolgan inson qonida.

Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u — sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She’rda g’azal shunchaki she’riy shakl ma’nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramzi tarzida ham qo’llangan:

Barcha shodlik senga bo’lsin,
Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga… Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber. Senga bo’lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
(«Barcha shodlik senga bo ’lsin»)

Shoir oshiq ko’ngilning ma’shuqaga bo’Igan mayli ifodasida xuddi mumtoz she’riyat namoyandalari kabi mubolag’ani hadsiz oshiradi:

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o’zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam
Bo’lurman g’ash ko’zimdan ham. Ko’zim yongay senga nargis —
Ko’zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo’lgay yuzimdan ham.
(«Rashkim»)

Oshiq yigitning dil rozlari, ma’shuqaning ta’rif-tavsifi har qancha mubolag’ador, romantik bo’yoqlar bilan zeb berilgan bo’lmasin, har ikkisi ham zamon va zamin farzandi, ular shoir aytmoqchi, «o’z zamonin zayli»ga itoat etadigan bizga zamondosh odamlardir.

Bora-bora shoir ijodida o’shanday romantik jo’shqinlik, hayotsevarlik tuyg’ulari yoniga jiddiy realistik mushohadakorlik kelib qo’shila boshladi. Shoir hayotni nuqul madh etish bilan chek-lanmay, uning tub mohiyatiga, ichki ziddiyatlariga ham nigoh tashlaydi, qalamga olingan hodisani qarama- qarshiliklari, ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan birgalikda idrok etadi. Natijada shoir she’rlari o’ziga xos bahs-munozara tusini oladi. 70 — 80- yillarga kelib shoir sevgi, «hayot kuychisi»gina emas, ko’proq hayotning, inson qalbining badiiy tadqiqotchisi sifatida ko’rina boshladi. ,,Hozirgi yoshlar”, ,,Inson”, ,,Sirdaryo o’lani”, ,,Arslon o’ynatuvchi” she’rlari, ,,Ruhlar isyoni”, ,,Istambul fojiasi” singari dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg’a tashlangan qadambo’ldi.

Hayotga, el-yurtga mehr — bu faqat shirin so’zlar, madhiyalar, hamd-u sanolar orqali ifodalanmaydi.

G’afur G’ulomning hayoti va ijodi. Shoir lirikasi

Previous article«Yulduzli tunlar» romani (insho)
Next article«Ruhlar isyoni» dostoni (insho)