A va O unlilari talaffuzi va imlosi

0

A va O unlilari talaffuzi va imlosi. А ва О унлилари талаффузи ва имлоси.


A, a harfi savob, zamon singari so‘zlarda o kabi aytilsa ham, a yoziladi.

O, o harfi tonna, noyabr kabi so‘zlarda o‘ kabi aytilsa ham, o yoziladi.


385-mashq. Nuqtalar o‘rniga a yoki o harfini qo‘yib yozing. So‘zlarni daftaringizga ko‘chiring.

S…mon, t…mosha, m…bodo, mu…mala, d…la, al…qa, bul…q,

b…ho, j…hongir, om…n, f…netika, h…mon.

386-mashq. Quyidagi so‘zlarda o tovushining a kabi talaffuz qilinishiga e’tibor bering. Yozilishiga diqqat qiling.

Okean, zoologiya, zoopark, oynak, okop, obro‘, orkestr, roman, kovak, joy, kokil, kombayn, konstitutsiya, konsert, kosmonavt.

387-mashq. Quyidagi so‘zlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni toping.

Son – sana, ong – angla, qayna – qaynoq, ishla – ishlov, dumala – dumaloq, bo‘ya – bo‘yoq.

Previous articleU va i unlilarining talaffuzi va imlosi. Unlilar talaffuzi va imlosi
Next articleQator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi