Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so‘zlanib turgan paytga munosabati fe’l zamonlari, shunday ma’noni ifodalovchi qo‘shimchalar esa zamon qo‘shimchalari deyiladi.
Fe’llarda uchta zamon bor: 1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma’no maxsus qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi va ular zamon qo‘shimchalari hisoblanadi.
O‘tgan zamon
-di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b), -gan edi, -gan ekan qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan oldin sodir bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildirgan fe’llarga o‘tgan zamon fe’llari deyiladi.
O‘tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi.
Masalan: bordim bording bordi bordik bordingiz bordi (-lar)
Hozirgi zamon
-yap, -(a)yotir, -moqda qo‘shimchalari bilan kelib, ishharakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan fe’llarga hozirgi zamon fe’llari deyiladi.
Kelasi zamon
-a /-y, -(a)r, -ajak, -moqchi qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan fe’llarga kelasi zamon fe’llari deyiladi.
Shaxs-son qo‘shimchalari
Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so‘zlovchi, tinglovchi yoki o‘zgaga tegishli ekanini bildiruvchi qo‘shimchalarga shaxs-son qo‘shimchalari deyiladi.
So‘zlovchi 1-shaxs, tinglovchi 2-shaxs, o‘zga 3-shaxs hisoblanadi.