Fizika bo’yicha savollar va javoblar

0

Fizika bo’yicha savollar va javoblar. Физика бўйича саволлар ва жавоблар.

topishmoqlar, topishmoqlar javobi,


Fizik jismlar

Tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlar.

Fizik hodisalar

Moddani tashkil etgan zarralari o‘zgarmasdan qoladigan holda sodir bo‘ladigan hodisalar.

Fizik kattalik

Jismlar yoki fizik hodisalarning o‘lchash mumkin bo‘lgan parametrlari.

Xalqaro birliklar sistemasi (XBS)

1960-yilda kiritilgan. Unda asosiy 7 birlik qabul qilingan: uzunlik (metr), massa (kilogramm), vaqt (sekund), tok kuchi (Amper), temperatura (Kelvin), yorug‘lik kuchi (kandela), modda miqdori (mol). Qolgan fizik kattaliklar asosiy birliklar yordamida hosil qilinadi. Masalan, 1  N = 1  kg  1  m/s2.

Metr (m)

Uzunlik birligi. XBS asosiy birligi. Qiymat jihatidan yorug‘likning vakuumda 1/299792458 sekund davomida o‘tadigan yo‘liga teng. Namunasi platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, Fransiyada saqlanadi.

Sekund (s)

XBS asosiy birligi. Taxminan o‘rtacha quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng (1 sutka = 24 soat = 86400 s).

Atom

Grekcha atomos  –  bo‘linmas degani. Kimyoviy element xossalari saqlanib qolad igan eng kichik zarra. 2016-yil dekabr oyigacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra tabiiy holda 94 ta element mavjudligi aniqlangan, 24 tasi laboratoriyalarda hosil qilingan.

Molekula

Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra. Molekulalar atomlardan tashkil topadi. Moddalarda molekulalar bir xil atomlardan yoki har xil atomlardan tashkil topadi. Lotincha moles  –  massa degani.

Diffuziya

O‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulal arining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Gazlarda tez, suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin boradi. Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha diffuzio  –  tarqalish, sochilish degani.

Broun harakati

Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz har a kati. Bu harakat temperatura ortishi bilan ortadi. Hodisa 1827-yilda ingliz bota nigi R. Broun tomonidan o‘rganilgan.

Molekulyar kuchlar

Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish kuchlari. Juda qisqa maso fada namoyon bo‘ladi.

Massa

Moddaning inertlik va tortishish xossasini ifodalovchi fizik kattalik. Massa tushunchasini birinchi bo‘lib fanga I. Nyuton (1687) kiritgan. Birligi kilogramm bo‘lib, xalqaro birliklar sistemasining (XBS) asosiy birligi. Namunasi silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm ga teng. Platina-iridiy qotishma sidan 1799-yilda tayyorlangan.

Zichlik

Jism massasining uning hajmiga nisbati bilan o‘lchanadigan fizik kattalik. . Zichlik birligi kg/m3.

Previous articleZichlik va uning birliklari. Beruniy va hozinning zichlikni aniqlash usullari
Next articleFizik jismlar nima?