Zichlik va uning birliklari. Beruniy va hozinning zichlikni aniqlash usullari

0

Zichlik va uning birliklari. Beruniy va hozinning zichlikni aniqlash usullari. Зичлик ва унинг бирликлари. Беруний ва ҳозиннинг зичликни аниқлаш усуллари. Зичлик ва унинг бирликлари. Беруний ва хозиннинг зичликни аниклаш усуллари.


Menzurkaga ma’lum miqdorda iliq suv quyaylik. Hajmini belgilab, unga choy qoshiqda shakar solib eritaylik. Bunda suvning hajmi o‘zgarmaganligini ko‘ramiz. Shakar qayoqqa ketdi? Shakarni tashkil etgan zarralar suv zarra lari oralig‘iga tarqalib ketdi. Demak, moddani tashkil etgan zarralar bir-biridan ma’lum masofada joylashar ekan. Ayrim moddalarda zarralar yaqin joylashsa, ayrimlarida esa uzoqroqda bo‘ladi. Bundan tashqari turli moddalar zarralarining massasi turlicha bo‘ladi. Moddaning bu xususiyati zichlik deb ataluvchi fizik kattalik orqali ifodal anadi.

Zichlik deb, moddaning birlik hajmiga to‘g‘ri kelgan massasiga aytiladi.

Zichlik r (ro) harfi bilan belgilanadi.

r  –  zichlik, m  –  massa, V  –  hajm.

Zichlikning birligi

rtemir = 7800

Bu, tem irdan yasalgan, tomon lari 1 m dan bo‘lgan kubning massasi 7800 kg ga teng bo‘ladi deganidir. Xuddi shunday hajmi 1 m3 bo‘lgan mis kubning massasi 8900 kg bo‘ladi.


Gazlarning zichligi kichik, suyuqliklarda kattaroq bo‘ladi. Qattiq jismlar ning zichligi ularnikidan katta bo‘ladi (16-rasm).

16-rasm

Demak, biror moddaning yoki jismn ing zich ligini aniqlash uchun uning hajmi va massasini o‘lch ab topilar ekan. Har qanday shakldagi jismlarning massasini tarozida o‘l chash mumkin. Lekin hajmini har doim ham chizg‘ich bilan aniqlab bo‘l maydi.

Masalan: uzuk, zirak. Suvda eri maydigan jisml arning hajmi qu yidagicha aniqla nadi (17-rasm).

17-rasm.

Menzurkaga suv quyilib, uning hajmi V1 belgilab olinadi. So‘ngra unga uzukni tushirib, suvning keyingi sathi V2 yozib olinadi. Bundan uzukning hajmi V = V2 –V1. Demak, uzukn ing hajmi 2,8 sm3 – 2 sm3 = 0,8 sm3 ga teng.

Amaliy topshiriq

Yuqoridagi usul bilan tugma, choy qos hiq chasi va shunga o‘x shash narsalar zichligini aniqlang. Zichlikni aniqlash yo‘li bilan tilla taqin choqlarning haqiqiy ligini tekshirish mumkinligini yodingizda tuting!

1-jadval

Qattiq jismlarg/sm3Suyuqliklarg/sm3Gazlarg/sm3
Muz0,9Benzin0,71Vodorod0,00009
Deraza oynasi2,5Spirt0,79Tabiiy gaz0,0008
Alyuminiy2,7Kerosin0,8Azot0,00125
Po‘lat7,8O‘simlik yog‘i0,9Is gazi0,00125
Mis8,9Sut1,03Kislorod0,00143
Kumush10,5Dengiz suvi1,03Karbonat 
Oltin19,3Asal1,35angidrid0,00198
Platina21,5Sulfat kislotasi1,8  
Iridiy22,4    

* Suyuqliklar hajmi litrda berilsa, 1 litr = 1 dm3 = 0,001 m3 orqali hisoblanadi.

Masala yechish namunalari

1. Hajmi 2 sm3 bo‘lgan tilla bilaguzukning massasi qancha bo‘ladi?

Vatandoshlarimiz Beruniy va Abdur ah mon Hozin turli moddalarning zichl iklarini juda aniq o‘lcha ganlar. Berun iy turli shakldagi moddalarning hajmini o‘l chash uchun maxsus asbob yasagan (18-rasm). Bunda hajmi o‘lchanishi kerak bo‘lgan jism idishdagi suvga (1) botirilgan. Shunda jism hajmiga teng miqdordagi suv (2) jo‘mrak orqali (3) kosa chaga oqib tushgan. Berun iy suvdan yengil bo‘lgan mum, sham va yog‘och kabi jismlarning zichligini ham aniqlagan. Chuchuk va sho‘r suvlarning zichliklarini aniqlab, ularni qo‘llash borasida ham fikrlar aytib o‘tgan.

18-rasm.

Umar Xayyomning shogirdi Abul-Fatx Abdurahmon al-Mansur al-Hozin Marv shahrida tu g‘ilgan. U o‘zining «Donolik tarozusi» deb atalgan kitobi va astronomik jadvali (1120-yil) bilan mashhurdir.

Beruniy «Hindiston» asarida «bund ay joylarning (daryolarning dengizga quyilad igan joyi) kemalar uchun xavfli bo‘lishi, undagi suvning mazasi jihati dandir, chunki mazali (chuchuk) suv, og‘ir narsalarni sho‘r suv ko‘targan day ko‘tara olmaydi» deb ta’kidlaydi. Abdurahmon Hozin jismlarning zichli gini yanada aniqroq o‘lchash uchun maxsus tarozi yasaydi (19-rasm).

19-rasm.
  1. 100 g shakarning va undan qilin gan qandning hajmini solishtiring.
  2. Shakarli choyning zichligini sha karsiz choyning zichligi bilan solisht iring (tajriba o‘tkazib ko‘ring).
  3. 1 kg/m3 necha g/sm3 bo‘ladi?
  4. 1 litr o‘simlik yog‘ining massasi necha kg bo‘ladi?
Previous articleMassa va uning birliklari
Next articleFizika bo’yicha savollar va javoblar