Нг, нг ҳарфлар бирикмаси ва унинг вазифалари.
1-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarda qo‘llanilgan ng harflar birikmasining talaffuzini tushuntiring.
Keng, eng, ming, yengil, singil, ko‘ngil.
Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng harflar birikmasi bir bo‘g‘in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo‘g‘inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shudring, ko‘-ngil, si-ngil, ko‘rdi-ngiz, men-ga, osmon-ga, kongress, shtan-ga. |
424-mashq. Avval ng undoshi ishtirok etgan so‘zlarni, keyin alohida n va g tovushlari yonma-yon ishtirok etgan so‘zlarni ko‘chiring.
Menga, unga, ingramoq, kenglik, mingashmoq, dengiz, tanga, jiringlamoq, ko‘ngil, alanga, sening, tonggi, tungi, dangasa, singil, donga, jonga.
425-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ng undoshi bo‘lgan so‘zlarni topib, ostiga chizing.
1. Ukam minib «saman oti»ni, «qilich» ushlab chiqibdi «jang»ga. (E. Vohidov) 2. Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. (Maqol) 3. Qo‘liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo‘natibdi. 4. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. (Maqol)
Savol va topshiriqlar
- Ng nima uchun harflar birikmasi deyiladi?
- Ng harflar birikmasi ishtirok etgan beshta so‘z yozing.