Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi. Ҳашаротларнинг кўпайиши ва ривожланиши. Хашаротларнинг купайиши ва ривожланиши.
Hasharotlarning jinsiy sistemasi. Hasharotlar – ayrim jinsli hayvonlar. Erkak hasharotlar urg‘ochilariga nisbatan kichikroq va xipcha, mo‘ylovlari kuchli rivojlangan, hidni juda yaxshi sezadi. Hasharotlarning jinsiy organlari qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, erkaklarida bir juft urug‘don bo‘ladi. Tuxum donlarda tuxum hujayralari, urug‘donlarda urug‘ hujay ralari (spermato zoidlar) yetiladi.
Qurti. Bronza qo‘ng‘izi urug‘langan tuxumlarini chirigan yog‘och yoki chiriyotgan daraxtlar tanasiga qo‘yadi. Tuxumlardan mayda qurtchalar rivojlanadi. Ularning tashqi ko‘rinishi va hayot kechirishi voyaga yetgan qo‘ng‘izlarga o‘xshamaydi.
Qurtlarining oqish va yo‘g‘on tanasi yoyga o‘xshash egilgan; yirik boshi hamda oyoqlari sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli qalin xitin bilan qoplangan; tanasining qolgan qismida xitin qoplag‘ichi yupqa va yumshoq bo‘ladi. Tanasining ikki yon tomonida nafas olish teshiklari ko‘rinib turadi (45-rasm).

Qurtlar chirib, uvalanib ketgan yog‘och qoldiqlari bilan oziq lanadi. Ular bir necha marta po‘st tashlab, g‘umbakka aylanadi.
G‘umbagi. Qo‘ng‘iz g‘umbagining tash qi ko‘rinishi voyaga yetgan hasharotga o‘x shaydi. Tashqi tomondan uning og‘iz organi, boshidagi mo‘ylovlari va murakkab ko‘zlari, bukilgan uch juft oyoqlari yaxshi ko‘rinib turadi. G‘umbakning xitin qop lag‘ichi nisbatan qalin bo‘ladi.
G‘umbak hasharotlarning tinim davri hisoblanadi. G‘umbak harakat qilmaydi va oziqlanmaydi. U qurtlik davrida to‘plagan oziq hisobiga yashaydi. Murakkab o‘zgarishlar natijasida g‘umbakdan voya ga yetgan qo‘ng‘izga xos bo‘lgan organlar shakllanadi. Kuzga kelib g‘umbakning xitin qoplag‘ichi yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Qo‘ng‘izlar chirindi ichida qishlab qoladi; faqat kelgusi yil bahorida yer yuziga chiqadi.
Chala o‘zgarish bilan rivojlanish. Suvaraklar, chigirtkalar, ninachilar va qandalalarning tuxumdan chiqqan lichinkasining tuzi lishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotga o‘xshaydi; faqat juda kichkinaligi va qanotlarining rivojlanmaganligi bilan undan farq qiladi.
Lichinka to‘rt marta tullaydi va beshinchi yoshni o‘tib, voyaga yetgan hasharotga aylanadi (46-rasm).

Voyaga yetish davrida lichinkaning tana tuzilishi va hayot kechirish tarzida uncha katta o‘zgarish bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday rivojlanish chala o‘zgarish bilan rivojlanish deyiladi.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish. Qo‘ng‘izlar, kapalaklar, pashshalar, burgalar, chumolilar, arilarning tuxumdan chiqqan lichinkasi tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshash bo‘ladi (47-rasm). Qurtlarning og‘iz organlari, ichki tuzilishi, oziqlanishi voyaga yetgan hasharotlarnikidan farq qiladi. Masalan, kapalaklar xartumi yordamida gul nektarini so‘radi. Ularning chuvalchangsimon qurtlari og‘iz organlari kemiruvchi tipida tuzilgan, qorin qismida oyoqlari bo‘ladi. Kapalak qurtlari o‘simlik to‘qimalarini kemiradi. Yashil bronza qo‘ng‘izi gullarning changi va boshqa qismlari, uning qurtlari esa chirindi bilan oziqlanadi.

Savollar
- Hasharotlarning erkagi urg‘ochisidan qanday farq qiladi?
- Hasharotlarning jinsiy hujayralari qayerda hosil bo‘ladi?
- Bronza qo‘ng‘izi qurti qanday tuzilgan?
- Bronza qo‘ng‘izi qurti nima bilan oziqlanadi?
- Qurtning g‘umbakka aylanish davrida qanday jarayon sodir bo‘ladi?
- G‘umbak qanday tuzilgan?
- Chala o‘zgarish bilan rivojlanish qanday sodir bo‘ladi?










