Hasharotlarning tashqi tuzilishi – laboratoriya mashg‘uloti. Ҳашаротларнинг ташқи тузилиши – лаборатория машғулоти. Хашаротларнинг ташки тузилиши – лаборатория машгулоти.
Kerakli jihozlar: bir necha chigirtka, yashil bronza qo‘ng‘iz, hasharotlarning tashqi tuzilishini aks ettiruvchi rasmlar, kichik qaychilar, qo‘l lupasi va qisqichlar.
Mashg‘ulot o‘tkazishda oldindan quritib, kolleksiya qilingan yoki fiksatsiyalangan hasharotlardan foydalaniladi. Mashg‘ulot quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
- Hasharotlarning tashqi ko‘rinishini kuzating, tanasining uzunligi va rangini aniqlang.
- Tanasining bosh, ko‘krak va qorin qismlarini aniqlab oling.
- Bosh qismida joylashgan ko‘rish (ko‘zlar), hid bilish (mo‘ylovlar) va og‘iz organlari oddiy ko‘z bilan yoki lupa yordamida tekshiring. Mo‘ylovlarning tuzilishidagi farqni aniqlang.
- Oyoqlarning tuzilishi, bo‘g‘imlarga bo‘linishi, tirnoqlari, oldingi va keyingi oyoqlarning tuzilishidagi farqni, oyoq bilan tana qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlang.
- Ko‘krak bo‘limidagi ikki juft qanotlaridan birinchi jufti (ustki qanoti)ni qisqich yordamida ko‘tarib, ikkala juft qanotlarning bir-biridan farqi yoki o‘xshashligi aniqlang.
- Qanotlarni qaychi yordamida kesib, qorin qismining tuzilishini ko‘zdan kechiring. Lupa yordamida qorin qismida joylashgan nafas olish teshiklarini toping.










