O‘simliklarning yerosti qismi, ya’ni ildizi yerusti qismiga qaraganda tez o‘sadi. O‘simliklar turiga va o‘sish sharoitiga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o‘sadi. Masalan, g‘o‘za nihollarining ildizi bir kecha-kunduzda 2-3 sm o‘sadi. Bunda o‘sish ildiz uchidagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga sodir bo‘ladi. Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, u bo‘yiga o‘sishdan to‘xtab, asosiy kuch yon ildizlarga berila- di. Uchi chilpib tashlangan ildizlarda yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqorigi qatlamiga taralib, baquvvat bo‘lib o‘sadi. Dehqonlar pomidor, karam, bulg‘or qalampiri kabi o‘simliklardan mo‘l hosil olishda o‘simliklarning ana shu xossasidan foydalanadilar. O‘simliklarni urug‘dan o‘stirib, keyin boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazishning boisi ham shunda.
Ildiz qinchasi – ildiz qinchasi uning ana shu o‘suvchi qismidagi yosh, nozik hujayralarni tashqi ta’sirdan saqlaydi. Ildiz qinchasi bir necha qavat hujayradan tashkil topgan. Uning ustki qatlamidagi hujayralar tuproq zarrachalariga to‘qna- shib nobud bo‘ladi va hujayralarning bo‘linishi hisobiga yangi hujayralar hosil bo‘ladi.
Yantoq bor joyda suv bor deyishadi.
Haqiqatan ham, uning ildizi yerga 30 m gacha chuqur kirib boradi va yerosti suvlaridan foydalanadi (32-rasm).

Demak, ildizlar bo‘linish qismidagi hujayralarning bo‘linib ko‘payishi hisobi ga bo‘yiga o‘sadi.
O‘simliklarning boshqa organ I ari singari ildizi ham nafas oladi. Tuproq- dagi havo tirik hujayralarga kirib boradi.
O’sim I iklar ildizi yetarl i darajada havo olishi uchun urug’ yumshoq yerga ekiladi. Hosil yetilguncha yer bir necha marta yumshatiladi. G’o’zani, sabzavot va poliz ekinlarini chopiq qilishning boisi ham shunda.
Qatqaloqda va tuproqda havo kam bo’ladi. Shuning uchun barcha daraxt va butalarning tagini vaqti-vaqti bilan yumshatib turish tavsiya etiladi. Bahorgi yomg’irlardan va yer sug’orilgandan keyin tuproq zichlashib, ildizning nafas olishi qiyinlashadi va uchki qismi chirib ketadi. Havo yetishmasligi tufayli o’simliklar kasallanadi va hosili kamayib ketadi. Shuning uchun tuproq unumdorligini oshirishda sug’orish qoidalariga rioya qilish zarur.
- Ildiz qaysi qismidan o’sadi va buni qanday isbot- lash mumkin?
- Asosiy ildizni chilpishdan maqsad nima?
- Ildiz qinchasining vazifasini tushuntirib bering.
- T uproqdagi havo ildizlarga qanday ta’ sir etadi?
- Tuproqni yumshatishning ildiz va hosil uchun ahamiyati nimadan iborat?