Ildizning tashqi va ichki tuzilishi

0

O’simliklarning turiga qarab ildizning yuzasi oqish, qoramtir, sarg’ish rangli po’stloq bilan qoplangan bo’ladi. Po’stloqning usti esa lupada yaxshi ko’rinadigan ildiz tuk- chalari bilan qoplangan. Ma’lumotlarga ko’ra, bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 km gacha yetishi mumkin.

Ildizning ichki qismi ancha murakkab tuzilgan. Uni mikroskopda ko’rish uchun maxsus preparat tayyorlanadi.

Buning uchun ildiz bo‘laklaridan ko‘ndalangiga yupqa parrak kesib olinib, buyum oynasidagi suv tom- chisiga yoki glitseringa qo‘yiladi.

So‘ngra unga rang beriladi va ustiga qoplagich oyna yopib qo‘yiladi.

Mikroskopda ildizning sirtqi qismi hujayralardan tuzilganligini va shu hujayralarning ayrimlaridan ildiz tukchalari chiqqanligini ko‘rish mumkin (29-rasm).

29-rasm. Ildiz tukchalari: 1-ildiz tukchalari; 2-po‘sti; 3-naylari.
29-rasm. Ildiz tukchalari: 1-ildiz tukchalari; 2-po‘sti; 3-naylari.

Har bir ildiz tukchasi bitta uzun hujayradan tashkil topgan. Bu hujayra esa yupqa qobiq, sitoplazma va yirik mag‘izdan tashkil topgan. Ildiz ana shu tukchalari orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq modda- larni shimib oladi. Ildiz tukchat arming faoliyati 10-20 kun davom etadi. Keyin ildizning uchidagi bo‘linuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o‘sib chiqadi. Bu jarayon o‘simliklarda uzluksiz davom etadi. Natijada ildiz tukchalari tuproqning ichkari qatlamlariga kirib boradi vao’simlikni kerakli oziq bilan ta’minlab turadi.

Ildizning po‘sti o‘ziga xos hujayralardan tashkil topgan.

Po‘st hujayralari tirik, yuma- loq va yupqa qobiqli bo‘ladi.

Hujayralar o‘rtasida havo bi­lan to‘lgan oraliq bo‘shliqlari bo‘lib, ildizdagi hujayralar ana shu havo bilan nafas oladi. Ko‘ndaI angiga kesilgan ildizning o‘rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko‘rinadi. Bu teshikchalar o’rta (markaziy) qismdagi naychalar- dan iborat.

Agar yosh ildiz uzunasiga kesib qaralsa, naychalar juda uzun hujay- ralardan tashkil topganligini ko’rish mumkin. Vaqt o’tishi bilan hujayralar qobig’i qalinlashadi va ulardagi sito­plazma bilan mag’iz nobud bo’I adi, hujayralar orasidagi to’siqlar yo’qoladi. Nat ijada ketma-ket joy I ashgan bunday hujayralarning bir nechtasidan uzun naychalar paydo bo’ladi. Tup- roqdan so’rib olingan suv va unda eri- gan oziq moddalar shu naychalar orqali yuqoriga, ya’ni ildizdan poya, shox va barglargacha ko’tariladi. Bundan tashqari, yosh ildiz uzunasiga kesib qa­ralsa, unda bir-biridan aniq farq qiladigan to’rtta qismni ko’rish mumkin (31-rasm). Ildizning uchini ildiz qinchasi o’rab turadi.

Makkajo’xorining ildizi poyadan atrofga 2 m, bosh piyozniki 60-70 sm gacha yoyiladi. Makkajo’xorining 1 mm2 so’rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo’ladi.

  1. Ildiz tukchasining tuzilishi mikroskopda qanday ko’rinadi?
  2. Ildizning ko’ndalang kesigi qanday qismlardan iborat?
  3. Ildizning uchi qanday qismlardan tashkil topgan?

Ildiz

Previous articleЖаннат Оналарнинг оёғи остидадир – 8 март Халқаро хотин-қизлар байрами
Next articleIldizning o‘sishi va nafas olishi