Jamiyat (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari)

0

Jamiyat (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari). Жамият (Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи асослари).

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Siz jamiyat deganda nimani tushunasiz?
  2. O‘zingizni jamiyat a’zosi deb hisoblaysizmi?
  3. “Jamiyat” va “jamoa” tushunchalari orasidagi farqni qanday izoh laysiz?
  4. Rasmlarda tasvirlangan odamlarning barchasini jamiyat a’zolari deb atashimiz mumkinmi? Bunda ayrim odamlarning chet el fuqa rolari bo‘lishi mumkinligini ham e’tiborga oling.
  5. Rasmlarga qarab, ularda tasvirlangan har bir shaxsni tavsifl ab be rish ga hara kat qiling. Bunda ular orasidagi umumiyliklar va farq larni alohi da ko‘rsating.
  6. Chaqaloq tug‘ilganida biz odatda, “jamiyatning yangi a’zosi dunyoga keldi”, – deb aytamiz. Bu e’tirof qanchalik to‘g‘ri? Fik ringizni asoslang
  7. “Jamiyat” va “aholi” atamalarining qaysi hollarda ishlatilishini bila sizmi? Bilsangiz bunday hollarga misollar keltiring.
  8. Rasmlardagi har xil toifadagi insonlarni nima va qanday vosita or qali birlashtirib turadi deb o‘ylaysiz?

Siz “jamiyat” so‘zini hayotda ko‘p bora eshitgansiz. Masalan, ko‘p gina fi r mal arning nomi yoniga “mas’uliyati cheklangan jamiyat” deb yozib qo‘ yilg an bo‘ladi. Bunday fi rmalarni bir necha kishi birgalikda tadbirkorlik faoliyati yuritish maqsadida tashkil qiladi. Ya’ni ular birgalikda faoliyat yuritish maqsadida kichik jamiyat tuzadilar. “Iste’molchilar jamiyati”, “Ko‘zi ojizl ar jamiyati”, “Faylasufl ar jamiyati” kabi atamalar ham qulog‘ingizga chal ingan bo‘lishi ehtimol. Bu jamiyatlarga o‘z navbatida iste’molchilar o‘z huquq larini birgalikda himoya qilish maqsadida, ko‘zi ojizlar birgalikda ish lab chiqarish yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida, faylasuf olim lar falsafa sohasidagi murakkab savollarga birgalikda javob topish, hamk orlikda ilmiy izlanish olib borish maqsadida birlashadilar.

Mana shu atalgan jamiyatlarning qay birini olmang muayyan odaml ar jam oa si muayyan maqsadlarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro birl ashgan li gini ko‘ramiz. Lekin bu jamiyatlarning har biri tor ma’nodagi jamiyatga mis ol bo‘la oladi.

“Jamiyat” atamasining keng, to‘la ma’nosini o‘rganish uchun yana sizning hayotingizdan misol keltiramiz. Kattalar sizga yoki o‘rtoqlaringizga “o‘sib, ulg‘ayib tinch farovon jamiyatimizning munosib a’zosi bo‘lib kamolga yetgin” degan tilaklar bildirganligining ko‘p marta guvohi bo‘lgansiz. Xo‘sh, bu holda qanday jamiyat haqida so‘z bormoqda? Siz bilan biz ayn an mana shu siz-u biz, katta-yu kichik barchamiz a’zosi bo‘lgan keng ma’nodagi jamiyat bilan tanishamiz.

Eng qadimgi zamonlarda — ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar orasid a o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lgan. Odamlar ilk bora to‘da, urug‘ jamoal ari va qabilalarga birlashganlarida o‘zlariga yo‘lboshchi, urug‘ bosh lig‘i va qabila boshliqlarini tayinlaganlar. Mehnat qurollarining takomill ashuvi jarayoni mehnat taqsimotini keltirib chiqargan va odamlar orasidagi tabaqalashuvga olib kelgan. Shuning uchun ham asosiy maqsadi vamashg ‘uloti xususiy mulkchilik munosabatlari va mulkdorlar manfaatini muhof aza qilishdan iborat bo‘lgan kishilarning maxsus guruhlari vujudga kelgan.

Mana shu vujudga kelgan guruhlar yoki kishilar jamoasi keng ma’nodagi jam iy atning ilk, eng sodda ko‘rinishidir.

Jamiyat birgalikdagi hayotiy faoliyatlari jarayonida birlashgan odamlarn ing muayy an murakkab tuzilmasidir. Bu tuzilma unga kirgan a’zol ar, ya’ni odaml arning oddiy guruhi yoki to‘plami emas, balki muayyan qoidalarga asosan birl ashgan jamoasidir. Odamlar o‘z iste’moli uchun kerakl i ashyolarni tayy orlab, ishlab chiqarib oladilar va o‘zlari yashashlari uchun zar ur bo‘lgan ijtim oiy shart-sharoitlarni ham o‘zlari yaratadilar. Inson jamiyat a’zosi bo‘lar ekan shu ijtimoiy shart-sharoit og‘ushida yashaydi.

Jamiyat – muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va man faatl ariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa.

Jamiyat turli odamlarning oddiy guruhi yoki jamoasi emas. Jamiyat – murakkab ijtim oiy tuzilma. U – odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli. Odaml arning hayotini, eng avvalo, ishlab chiqarishni, turmush farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari yaratish va ularni o‘zaro ayirboshlash bilan bog‘liq muayyan mushtarak faoliyat zaminida kechadi.

Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki odamlarning ijtimoiy qonunlari ustuvor bo‘lgan, muayyan shakllangan mushtarak birligidir.

Jamiyat nima?

Jamiyat – arabcha so‘z bo‘lib, jamoa, jamlangan, birlash gan deg an ma’nolarni bildiradi.

Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Jamiyat murakkab jonli tuzilma bo‘lib, muttasil o‘zgarib, rivoj lanib turadi.

Jamiyatni tashkil qiluvchi odamlar ko‘p yoki kam, boy yoki kambag‘al, teng huquqli yoki teng huquqli bo‘lmagan, o‘xshash yoki har xil bo‘lish la ridan qat’i nazar muayyan jamiyatning a’zolari hisoblanadilar. Ya’ni jamiyat inson siz, inson esa jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi.


1. Jamiyatga berilgan quyidagi uchta ta’rifni o‘qing va:

1) ular o‘rtasidagi farqlarni toping;
2) ulardagi umumiy jihatlarni ifodalang;
3) nima uchun jamiyatga uch xil tarzda ta’rif berilgan deb o‘ylaysiz?

A) Jamiyat — ma’lum hududda yashovchi o‘z manfaatlarini birgalikda
himo ya qilish va ehtiyojlarini birgalikda qondirish uchun birlashgan
kishi larning jamoasi.

B) Jamiyat — mavqei, ijtimoiy kelib chiqishi va qiziqishlariga ko‘ra
bir lashgan kishilar doirasi.

D) Jamiyat — biror bir maqsad yo‘lida doimiy harakatdagi tashkilot.

2. Quyida qayd etilgan elementlardan qay si lari qatnashmasa ham, jamiyat tashkil topi shi mumkin?

– Xalq, iqtisod, madaniyat, davlat, g‘oya, huquq, qonun.

Abu Ali ibn Sino mashhur qomusiy olim, tabib, tibbiyotshunos, tabiatshunos, faylasuf, agronom, tilshunos, matematik, musiqashunos, huquqshunos, yozuvchi va shoirdir.

Ibn Sino jahonga “Shayx-ur-rais” (“Olimlar rahbari”) nomi bilan ham tanilgan. Ibn Sino huquqshunoslikka oid bir qancha g‘oyalar vafi krlar muallifi dir. Uning jamiyat, fuqarolik, davlat boshqaruviga oid g‘oyalari, ayniqsa, qimmatlidir. Ibn Sino ilmiy-adabiy merosini 450 dan ortiq asarlar tashkil etadi. Shulardan 160 taga yaqini bizgacha yetib kelgan.

Sharhlang!

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muho fazasida bo‘lish huquqiga ega.

Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asos lanadi.

63-modda


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?
  2. “Har qanday jamiyat jamoadir” degan fi krni asoslab bering.
  3. “Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘la olmaydi” degan fi krni asoslab
    bering.
  4. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor?
  5. O‘zingizning jamiyatdagi rolingizni kuchaytirish uchun kelajakda nimalarga erishishni istar edingiz?
  6. “Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi” degan mulohazaga
    siz qanday qaraysiz? Fikringizni asoslang.
  7. “Jamiyat – ijtimoiy munosabatlar majmui, yig‘indisi”, – degan e’tirof
    zamirida nimalar yotibdi deb o‘ylaysiz?
Previous articleShaxs (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari)
Next articleDavlat – O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari (Davlat nima?)