Mexanik harakat nima / deb nimaga aytiladi?

0

# Savol

Mexanik harakat deb nimaga aytiladi? Mexanik harakat nima? Механик ҳаракат деб нимага айтилади? Механик ҳаракат нима?

# Javob

Har bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma’lum bir joyda bo‘ladi. Masalan, sinfda siz o‘tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan. O‘qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o‘tiribdi. O‘qituvchi o‘rnidan turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m uzoqlikda. Demak, o‘qituvching izning sinfda turgan o‘rni vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi. Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o‘rni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz. Sinf devorining o‘rni esa o‘zgarmaydi. Bu harakatlarning hammasini mexanik harakat deb ataymiz.

  Mexanik harakat deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joylashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi.


Batafsil >>

Previous articleTrayektoriya nima? Траектория нима?
Next articleJismlarning bosib o‘tgan yo‘li va unga ketgan vaqt. Bosib o‘tilgan yo‘l (masofa) va vaqt birliklari