Barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi

0

Barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi. Баргларда органик моддаларнинг ҳосил бўлиши.


O‘simliklar, ayniqsa, urug‘lar tarkibida (uning turiga qarab) har xil miqdorda suv, mineral tuzlar va organik moddalar (kraxmal, shakar, moy va oqsil moddalar) bo‘ladi. Bu organik moddalar o‘simliklarning qaysi qismida qanday hosil bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Olimlar ko‘pgina tajribalar asosida organik moddalar barg etining hujayralarida va o‘simliklarning boshqa yashil organlari hujayralarida hosil bo‘lishini aniqlashgan.

O‘simliklarda quyosh nuri ta’sirida va xlorofi ll donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez – yunoncha so‘z bo‘lib, «fotos»yoruglik va «sintez»qoshish, birlashtirish degan ma’noni anglatadi.

Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayonini o‘rganishga bag‘ishlagan va fanga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan rus olimi A. Timiryazevdir. U o‘zining «Quyosh, hayot va xlorofi ll» nomli kitobida fotosintez jarayonini asoslab bergan.

O‘simliklar suv va unda erigan mineral moddalarni (tuzlarni) tuproqdan ildiz tukchalari orqali so‘rib olishi sizlarga ma’lum. Suv va unda erigan mineral mod dalar ildiz bosimi ostida va barg hujayralarining so‘rishi tuf ayli dastlab ildiz naychalariga sizib o‘tadi, so‘ngra poyaga, va nihoyat, barg tomirlaridagi nay chalar orqali barglarga o‘tadi. Barg hujayralariga suv bilan bir vaqtda og‘izchalar orqali havo dan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofi ll donachalari ishtirokida va yorug‘lik ta’sirida organik moddalar hosil bo‘ladi (56-rasm).

56-rasm. Barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi.
56-rasm. Barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi.

Bu jarayonda xlorofi ll donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi. Natijada, dastlab shakar, so‘ngra kraxmal hosil bo‘ladi. Karbonat angidrid suv bilan birikkanda, shakardan tashqari yana erkin kislorod gazi ajralib, og‘izchalar orqali havoga chiqadi. O‘simliklar hujayrasida faqat shakar va kraxmal emas, balki boshqa oziq moddalar ham to‘planadi. O‘simliklarda organik moddalarning hosil bo‘lishi juda murakkab jarayon hisoblanadi.

Xlorofi ll donachalari ishtirokida hosil bo‘lgan organik moddalar suvda eriydi. Ular barg eti hujayralaridan tomirlarning elaksimon naylariga o‘tadi va ular orqali hamma organlarga – gul, urug‘, mevalar va ildizga tarqaladi. O‘simlik organlarining hujayralari shu organik moddalardan oziqlanadi. Ortiqcha organik moddalar urug‘, meva, ildiz va boshqa organlar ning g‘am lovchi to‘qimalarida to‘planadi.

O‘simliklarga yorug‘lik, harorat, suv, mineral tuzlar va karbonat angidrid gazi qancha yetarli bo‘lsa, organik moddalar shuncha ko‘p hosil bo‘ladi. Ularda organik moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, hosili shuncha mo‘l bo‘ladi. O‘simliklardagi mazkur qonuniyatga amal qilinsa, ulardan yuqori hosil olish mumkin.

Ana shuni yaxshi bilgan dehqonlar issiqxonalarda zarur sharoitni sun’iy ravishda yaratib, yuqori hosil yetishtirmoqdalar. Hatto qish oylarida ham issiqxonalarda elektr nuri orqali qo‘shimcha yorug‘lik, harorat va mineral tuzlar berib, sabzavot, poliz ekinlari va har xil gullarni o‘stirmoqdalar. Demak, har qanday o‘simlikni ekkanda uning yorug‘likka bo‘lgan talabini inobatga olish zarur.

Bog‘lar barpo etishda va dehqonchilikda har bir o‘simlik yetarli darajada yorug‘lik tushadigan qilib joylashtiriladi. Respublikamizda ekiladigan g‘o‘za yorug‘ni ko‘p talab qi ladi. Shuning uchun ham g‘o‘za O‘zbekistonda katta maydonlarga keng qatorlab, ma’lum oraliqda ekiladi.


  1. Fotosintez nima?
  2. Organik moddalar hosil bo‘lishi jarayonida nimalar ishtirok etadi?
  3. Fotosintez jarayonida barglarda qanday gaz o‘zlash-tiriladi va qanday gaz ajralib chiqadi?
  4. O‘simliklar hayotida yorug‘lik qanday ahamiyatga ega?
  5. Issiqxonalarda hosil yetishtirish uchun qanday sharoit yaratiladi?
  6. Chigit, mevali daraxt ko‘chatlari, sabzavot ekinlari ekishd a nimalarga e’tibor beriladi?
Previous articleBarglarning ichki tuzilishi
Next articleBarglarning nafas olishi