Geografik xarita

0

Siz Yerning modeli — globusni va joy planini bilasiz. Globusda materiklar, okeanlar, orol hamda yarimorollar ancha aniq, lekin juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Joy planida esa kichik joy va undagi hamma narsa — tepalik, daryo, binolar, daraxt, shamol tegirmoni va boshqalar ancha to‘liq aks etadi.

Geografik xaritada Yer yuzasi tekis yuzada juda kichraytirilgan holda shartli belgilar bilan tasvirlanadi (Atlas xaritalarini, devorga osiladigan xaritalarni ko‘ring). Xaritalarda Yer yuzasidagi hamma narsalarni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun xaritalar nimalarni aks ettirishiga qarab har xil bo‘ladi: relyef xaritasi, foydali qazilma- lar xaritasi, tuproqlar xaritasi, o‘simliklar xaritasi, hayvonot dunyosi xaritasi va boshqalar.

Masalan, relyef xaritalarida quruqlik yuzasidagi va dengiz osti- dagi notekisliklar — tog‘lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi.

O‘simliklar xaritalarida turli hududlardagi o‘simliklar, ularning qanday tarqalganligi ko‘rsatiladi.

Foydali qazilmalar xaritalarida ko‘mir, neft, gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari qayerlarda joylashganligi shartli belgilar bilan aks ettiriladi.

Iqlim xaritalarida Yer yuzining qayerida qancha yog‘in yog‘ishi, havo harorati qanday bo‘lishi, shamollar yo‘nalishi tasvirlanadi.

Tabiat zonalari xaritalarida Yer yuzida tabiat zonalarining qanday joylashganligi, bu zonalarda qanday turdagi o‘simliklar o‘sishi, qanday tuproqlar tarqalganligi ko‘rsatiladi.

Iqtisodiy xaritalarda sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekin- lari, transport yo‘llari shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bu sanab o‘tilgan barcha xaritalarda ma’lum mavzuga oid geografik narsa (predmet) va hodisalar tasvirlangan bo‘ladi. Shuning uchun bunday xaritalar mavzuli xaritalar deb ataladi (Atlas xaritalarini ko‘ring). Geografik xaritalar Dunyo xaritasi, materik va okeanlar xaritasi hamda alohida o‘lkalar, davlatlar xaritalariga bo‘linadi.

Mavzuli xaritalardan tashqari umumgeografik xaritalar ham bo‘ladi. Ularda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryo- lar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar va bosh- qalar ko‘rsatiladi. Bunday xaritalar tabiiy xaritalar deb ataladi. Tabiiy xaritalar ham har xil bo‘ladi: Dunyo (Yarimsharlar) tabiiy xaritalari, alohida materiklarning tabiiy xaritalari, ayrim davlat va o‘lkalarning tabiiy xaritalari (24-rasm).

24-rasm. O‘rta Osiyoning sodda (sxematik) tabiiy xaritasi.
24-rasm. O‘rta Osiyoning sodda (sxematik) tabiiy xaritasi.

Bundan tashqari yozuvsiz xaritalar ham bo‘ladi. Bularda kontur- largina beriladi. Ulardan amaliy ishlarni bajarishda foydalaniladi.

Iqtisodiy xaritalar ham tasvirlangan hududining kattaligiga ko‘ra Dunyo xaritasi, alohida materiklar, alohida davlat yoki o‘lkalar xaritalari bo‘ladi.

Xaritalarning shartli belgilari

Xaritalarning shartli belgilari. Xaritalarda turli predmet va hodi- salarni tasvirlash uchun xaritaning o‘ziga xos tili hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi.

Yer yuzasining relyefi xaritalarda har xil hamda to‘q-och ranglar berish bilan tasvirlanadi. Bunda 0 metrdan (dengiz sathidan) 200 metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar yashil rangga, 200 dan 500 metr- gacha baland bo‘lgan qirlar sariq rangga, undan baland yerlar jigar- rangga bo‘yaladi. Har bir rang qanday balandlikni bildirishi xarita-ning shartli belgisida beriladi. Bunday belgilar balandliklar shkalasi deb ataladi.

Balandliklar shkalasidan foydalanib, hududning har bir nuqtasining balandligini aniqlasa bo‘ladi. chuqurliklar shkalasi ham shun- day tuzilgan. Ba’zi bir tog‘ cho‘qqilarining balandligi, ayrim okean botiqlarining chuqurligi xarita va globuslarda metr (raqam) bilan ko‘rsatib qo‘yiladi (atlasdagi xaritadan toping). Yer bag‘ridagi foydali qazilmalar (neft, gaz, ko‘mir, temir, oltin, mis, olmos va boshqalar) xaritada maxsus belgilar bilan ko‘rsatiladi. Bular xalqaro miqyosda qabul qilingan belgilardir. Agar yodingizdan chiqib qolsa, xaritadagi «Shartli belgilar»dan ko‘rib oling (Atlas xaritalariga qarang).

Geografik xaritalardagi izochiziqlar (yunoncha «isos» — teng) deb ataluvchi chiziqlar biror geografik hodisa bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtiradi. Masalan, havo bosimi bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutash- tiradigan chiziqlar izobara, havo harorati bir xil bo‘lgan nuqtalarni tutashtirgani izoterma deb ataladi.

Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi harakat yo‘nalishi belgisi — strelka bilan tasvirlanadi. Masalan, dengiz oqim- lari, shamol yo‘nalishi strelkalar yordamida ko‘rsatiladi.

Aholining irqiy va diniy mansubligi, issiqlik mintaqalari, tabiat zonalari turli ranglar bilan aks ettirilgan bo‘ladi.

Geografik obyektlar va hodisalar sodda hamda yaxshi ko‘rina- digan qilib tasvirlangan, daraja to‘ri berilmagan xaritalar ham bo‘ladi. Ular sodda (sxematik) xaritalar deyiladi. Bunday xaritalarda say- yohlarning bosib o‘tgan yo‘llari, davlatlarning savdo aloqalari, Yer yuzasi relyefining umumiy ko‘rinishi, Yer yuzidagi asosiy shamollar yo‘nalishi, havo bosimi markazlari va boshqalar tasvirlanadi.

Previous articleJoy planidan foydalanish
Next articleBemor (hikoya)