O‘zbekistonning birinchi Prezidenti. Узбекистон / Ўзбекистоннинг биринчи Президенти.
O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida mustamlaka edi. XX asrning 80-yillariga kelganda sobiq Sovet Ittifoqining inqirozga yuz tutganligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Mustamlaka xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi bu inqirozni yanada kuchaytirdi.

Shunday sharoitda O‘zbekistonga uni mustaqillik sari dadil yetaklashga qodir, ke- rak bo‘lsa, jonini ham lido qilishga tayyor turadigan yo‘lboshchi — rahbar zarur edi. Bu zaruriyat Islom Abdug‘aniyevich Karimovni siyosat maydoniga chiqardi. Islom Karimov tez orada O‘zbekiston rahbari etib saylandi. U bunga qadar qator yuqori davlat rahbarlik lavozimlarida ishlab katta tajriba to‘plagan edi.
1990-yilning 24-martida O‘zbekiston tarixida birinchi bor prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Shu kuni kelajakni oldindan ko‘ra oluvchi va donishmand rahbar, o‘zbek xalqining vatanparvar farzandi, yodboshchisi Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Bu hodisa O‘zbekistonning mustaqilligi uchun kurash yo‘lida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Yodda tuting! Prezident — ma’lum muddatga saylab qo‘yiladigan davlat boshlig‘idir. Prezidentlik davlatdagi eng oliy lavozim. «Prezident» atamasi lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «oldinda o‘tiruvchi» degan ma’noni anglatadi. |