Kompyuterning asosiy qurilmalari

0

Zamonaviy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan (rasm):

3 kompyuter kismlar

Sistemali blok

1.Sistemali blok – o‘zida bir necha murakkab qurilmalarni birlashtirgan va himoya g‘ilofiga o‘ralgan qurilma. Unda asosiy plata, protsessor, xotira, qattiq disk kabi muhim qurilmalar joylashgan.

Asosiy plata yaxlit asosga yig‘ilgan elektron sxemalardan iborat. Unga protsessor, xotira va boshqa qurilmalar ulanadi (4-rasm).

Protsessor kompyuterning tarkibiy quril- masi hisoblanib, boshqa barcha qurilmalar ishini boshqaradi (5-rasm).

Qattiq disk – ma’lumotlarni saqlovchi xotira qurilmasi (6-rasm).

Tezkor xotira – ma’lumotlarni vaqtincha – kompyuter ishlashi davomida saqlaydi (7-rasm).

2.Monitor (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini anglatadi) kompyuterdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirish qurilmasi (8, 9, 10-rasmlar) bo‘lib, uning bir necha turlari mavjud:

Klaviatura (tugmachalar qurilmasi)

3.Klaviatura (tugmachalar qurilmasi) bosma mashinkadagi kabi tugmachalardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni kiritish qurilmasi hisoblanadi

Asosiy qurilmalardan tashqari, kompyuter boshqara oladigan qurilmalar ham mavjud. Ular kompyuterning yordamchi yoki qo‘shimcha qurilmalari deb ataladi. Kompyuter qo‘shimcha qurilmalarsiz ham ishlay oladi, ammo bu qurilmalarsiz ma’lumotlarni chop etish, nusxalash yoki uzatishni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Kompyuterga quyidagi qo‘shimcha qurilmalarni ulash mumkin:

  • kompyuter sichqonchasi – kompyuterni boshqarish qurilmasi;
  • printer – ma’lumotlarni chop etish qurilmasi;
  • disk yuritgich – CD (Compakt Disk) va DVD (Digital Video Disk)larni o‘quvchi qurilma;
  • skaner – qog‘ozdagi tasvir va matnlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilma;
  • tovush kolonkalari – ovozli ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari


Mavzuga doir savol

  1. Kompyuter va uning vazifasi haqida so‘zlab bering.
  2. Shaxsiy kompyuterlar qanday asosiy qurilmalardan tashkil topgan va nima sababdan asosiy deb hisoblanadi?
  3. Kompyuter asosiy qurilmalarining vazifalarini aytib bering.
  4. Sistemali blok o‘zida qanday qurilmalarni mujassamlashtirgan?
  5. Protsessor va tezkor xotiralarning vazifasini tushuntirib bering.
  6. Kompyuterning yordamchi qurilmalariga nimalar kiradi?
  7. Printer, skanerlarning vazifasi nimadan iborat?
Previous articleCho’lponning hayoti va ijodi. «Oydin kechalarda» hikoyasi
Next articleCho’lponning «Yorqinoy» dramasi (insho)