Radio tarixi

0

Radio nima ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. U turli xil xabarlarni tarqatishda katta ahamiyatga ega. Dunyoda birinchi radioni rus olimi Aleksandr Stepanovich Popov 1895-yilda ixtiro qildi. Shu yilning 7-may kuni Rossiya poytaxti Peterburg shahrida u ixtiro qilgan radio namoyish qilindi.

Aleksandr Stepanovich Popov dunyoda birinchi bo‘lib xabarni dastlab 250 metrga, keyinchalik 45 km ga, nihoyat, 150 km ga radio orqali yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Radio uchun simlarning keragi yo‘q. Radioto‘lqinlarga hech qanday masofa to‘siq bo‘la olmaydi.

Radioto‘lqinlar soniyasiga 300 ming km tezlikda tarqaladi.

Biz bilan Siz tomosha qilayotgan televizordagi teleko‘rsatuvlar ham radio to‘lqinlari orqali ekranimizga yetib keladi.

 Hozirgi kunda radioning ahamiyati cheksiz. Radioaloqa borligi tufayli samolyotlar bexavotir parvoz qiladi. Kosmosga uchgan kosmik raketalar bilan ham radioto‘lqinlar orqali doimiy aloqa ushlab turiladi.

Ha, radioning xizmati beqiyos. Shuning uchun ham kishilar rus olimi  Aleksandr Stepanovich Popovning nomini hurmat bilan tilga oladilar.

Radio (tarqataman) – xabarlarni radio to‘lqinlari orqali simsiz uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma.[1]

[1] O‘TIL. – T.: «¤çÌÝ». 2007. 3-jild. 337-bet.

Previous articleTelefonning yaratilishi
Next articleDidaktika xaqida tushuncha