Ma’nodosh so‘zlarda umumiy va xususiy ma’nolar. Маънодош сўзларда умумий ва хусусий маʼнолар. Сузлар.
Ma’nodosh so‘zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, shu umumiy ma’noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan birbiridan farq qiladi. M a s a l a n: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma’nosiga ko‘ra yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Ko‘ryapsizki, bir ma’noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin. |
1-mashq. Keltirilgan misollarni o‘qing. Ma’nodosh so‘zlarni topib, izohlang.
- Bu yoqlarda suluv bo‘ladiMay oyining salqin tunlari. Chechak ochsa turfa gullari, Qirg‘oq chiroy bilan to‘ladi. (Usmon Nosir)
- Oyi-chi, oyi! Kechqurunlari shahar yanayam chiroyli bo‘libketarkan. («G‘uncha»)
- Oh, go‘zal Farg‘onaning husni bugun qandoq emish, Har taraf osmon emish, osmonga yetgan tog‘ emish. (Jamol Kamol)
2-mashq. Ma’nodosh so‘zlar qatorini ajrating.
Issiq, yurt, zamon, yugurmoq, sezgir, Vatan, iliq, ziyrak, vaqt, chopmoq, jazirama, diyor, hushyor, payt.
3-mashq. Berilgan ma’nodosh so‘zlar qatoridagi qaysi so‘z ijobiy, qaysi so‘z salbiy ma’noni ifodalayotganini, qaysinisi betaraf ekanini aniqlang. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
- Yuz, bashara, chehra. 2. Tirjaydi, kuldi, jilmaydi.
4-mashq. Berilgan ma’nodosh so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Ma’nolaridagi farqni tushuntiring.
Nam, ho‘l, shalabbo; tiqillatdi, taqillatdi, do‘pillatdi.
Savol va topshiriqlar
- Ma’nodosh so‘zlardagi umumiy va o‘ziga xos ma’noni tushuntiring.
- To‘satdan so‘zining ma’nodoshlarini tushuntiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.







