Mahbub ul Qulub tahlili – Маҳбуб ул Қулуб

0

Mahbub ul-qulub»dan Mahbub ul Qulub tahlili Маҳбуб ул Қулуб таҳлили Махбуб ул Кулуб


Tanbih (11)

Saxovat va himmat bobida

Saxovat insoniyat bog’ining borvar shajaridur, balki ul shajarning mufid samaridur. Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari, balki ul mavj bahrining samin gavhari. Saxovatsiz kishi – yog’insiz abri bahor va royihasiz mushki totor. Mevasiz yig’och hamon-u o’tun hamon va yog’insiz bulut hamon-u tutun hamon. Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor. Dursiz sadaf bila o’lub qurug’on kashafg’a ne e’tibor.

Saxiy bulutdur – ishi xirmon, balki maxzan bermak. Baxil mo’rdur – da’bi xo’sha balki dona termak. Himmat ahlig’adur saxovat ixtisosi va bu ikki sharif sifat valoyat xosi. Saxovat odamig’a badandur va himmat anga ruh va himmat ahlidin olamda yuz ming futuh. Himmatsiz kishi er sonida emas, ruhsiz badanni kishi tirik demas. Oliy himmat shohbozedur baland parvoz va behimmat sichqon sayyode yurutachi toz. Shunqor maskani shohning bilagi, yurutachi maqomi o’laksaning sassig’ badani va so’ngagi.

Arslon ishi sayd urub sibo’ni to’yg’ormoq va sichqon varzishi diram o’g’urlab, tugunni axtarmoq. Sohibi himmat muflisliq bila past bo’lmas, himmatsiz ganj topsa, biyiklarga hamdast bo’lmas. Chinor ilgi xolilig’idin biyikligiga ne nuqson va tufroqqa nihon ganjlari bila ne ulvi shon. Himmat ahlig’a agarchi biyik kavkabdur, ammo saxovatg’a necha martabadur.

Isrof saxo emas va itlofni ma’no ahli saxo demas. Haq molin kuydurganni devona derlar va yorug’ kunda sham’i kofuriy yoqqonni aqldin begona derlar. Mubohot uchun bermak xudnamoliq va aning bila o’zin saxiy demak behayoliq. Ulki el ko’rmaguncha bermas – laimdur, saxiy emas. Tilab berganni ham saxodin yiroq bil; ibrom bila bergandin bermaganni yaxshiroq bil. Birta o’tmakni ikki bo’lub, yarmin bir ochg’a berganni saxiy de; o’zi yemay barin muhtojga berganni axiy de.

Tanbih (12)

Hunarlarni topmoq yedurmakdur va ayblarni yopmoq kiydurmaqdur. Mahallida bergan eski chortora to’n – saxovat va bemahal bergan zarboft chorqab – shaqovat. Desangki, taoming zoye’ bo’lmag’ay – yedur va tilasangki, libosing eskirmagay – kiydur. Saxo tariyqin mazkur bo’lg’on so’z-la angla, ammo karam oyini va futuvvat rusumi o’zga angla.

Tanbih (18)

Hilm zikrida

Hilm inson vujudining favoqihlig’ bog’idur, odamiylig’ olamining javohirlig’ tog’i. Hilmni havodis daryosida kishilik kemasining langari desa bo’lur va insoniyat mezoni toshig’a nisbat qilsa bo’lur. Axloq shaxsning og’ir baholig’ libosidur va ul libos jinsining sangin debosi. Muxolif nafslar sarsari uchurmoqdin asrag’uvchi va munofiq, bulhavaslar harzasi tundbodi sovurmoqdin saqlag’uvchi. Xaloyiqdin kishiga mujibi ta’zim va e’zoz va akobirdin asog’irg’a boisi iltifot va imtiyoz. Necha ulug’ kishi tamasxur va tiybat qilsa, aning qoshida beshukuh va viqor. Nechakim, musin kishi hazl va xiffat ko’rguzsa, aning qoshida beshafqat va bee’tibor. Ammo davron bog’ining xas va xoshakoyinlari va yeldek besabot va tamkinlari ko’ziga hilm ahli og’irliqqa mansub va garon jonliq bila ma’yubdurlar. Quyundek tufrog’ni havog’a sovururlar va sabuksorliq bila boshlarin ko’kka yetkururlar. Tog’ paykorin ayog’ ostig’a olmoq oyinlari va dasht ajzosin havog’a sovurmoq tamkinlari. Yeldek har eshikdin kirarga orlari yo’q, o’tdek otashdonlig’idin o’zga shiorlari yo’q. Yel agarchi lola tojin uchurg’ay, ammo qiyo kamarig’a neta olg’ay. O’t agarchi tog’ etagin kuydurgay, ammo quyosh axgarig’a nechuk yeta olg’ay?..

Ammo yel agar ko’kka yetsun, sabukbordur va bemiqdor va tog’ agar tufroqqa botsunki, sohibviqordur, hilm-shior. Aning zimnida o’tqa yoqqudek xas-u xoshok, munung javfida shoh tojig’a tikilgudek la’li otashnok. Bayt:

Og’irliq vaznidindur seldin g’amsiz Hiriy tog’i,
Yengillik fartidin barbod erur qomg’oq yafrog’i.

Tanbih (22)

Mazlumg’a baxshoyish ko’rguzki, zolimdin osoyish ko’rgaysan. Zerdastlarga naf’ yetkur, agar tilasangki, zabardastlardin zarar ko’rmagaysan. Xiradmand muxolafatdin qochar va muvofaqatg’a muloyamat eshigin ochar. Zanbur g’avg’osidin nish mutasavvardur va asal savdosidin no’sh muyassar.

Tanbih (30)

Har kimki, birov bila yordur yoki yorlig’ da’viysi bordur, kerakkim, o’ziga ravo tutmog’onni yorig’a ravo tutmasa, ko’p nimakim o’ziga ham ravo tutsa, anga tutmasa. Bas mashaqqatkim, andin ruhg’a alam yetar, kishi ani o’z jism-u jonig’a tajviz etar. Ammo ani yorig’a taxayyul qila olmas, agar taxayyul qilsa, vahshatidin hayoti qolmas. Qit’a:

Yor uldurki, har nechakim o’ziga
Istamas, yorig’a ham istamagay.
O’zi istarki, yor uchun o’lgay,
Ani munda sherik aylamagay.

Tanbih  (48)

Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz. Harzago’ykim, ko’p takallum surgay, itdekdurkim, kecha tong otquncha hurgay. Yamon tillik andoqkim, el ko’ngliga jarohat yetkurur, o’z boshig’a ham ofat yetkurur. Nodonning muvahhish harzag’a bo’g’zin qirmog’i – eshakning jihatsiz qichqirmog’i. Xo’shgo’ykim, so’zni rifq va musovo bila aytg’ay, ko’ngulga yuz g’am keladurg’on bo’lsa, aning so’zidin qaytg’ay. So’zdadur har yaxshiliqni imkoni bor, munda debdurlarki, nafasning joni bor. Masihokim, nafas bila o’lukka jon berdi, go’yo bu jihatdin erdi.

Makruheki, harzasi tavil va ovozi karihdur, o’zi savti bila qurbaqag’a shabihdur. Ahli saodatlar ruhbaxsh zulolig’a manba’ ham til, ahli shaqovatlar nahs qavqabig’a matla’ ham til. Tiliga iqtidorlig’– hakimi xiradmand; so’ziga ixtiyorsiz – laimi najand. Tilki fasih va dilpazir bo’lg’ay – xo’broq bo’lg’ay, agar ko’ngul bila bir bo’lg’ay.

Til va ko’ngul xo’broq a’zodurlar insonda; savsan va g’uncha marg’ubroq; rayohindurlar bo’stonda. Odame til bila soyir hayvondin mumtoz bo’lur va ham aning bila soyir insonga sarafroz bo’lur. Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo’lsa, tilning ofatidur.

Tanbih (49)

Tildin azubat dilpisanddur va liynat sudmand. Chuchuk tilki, achchig’liqqa evruldi, zarari om bo’ldi, qandniki, muskir boda qildilar, harom bo’ldi. Chuchuk so’z sof ko’ngullarg’a qo’shdur, barcha atfol tab’ig’a muloyim halvofurushdur. Bayt:

Xush so’zga kim o’lsa mast-u behush,
Sharbat aro zahrni qilur no’sh.

Tanbih (50)

Har kimki, so’zi yolg’on, yolg’oni zohir bo’lg’och uyolg’on. Yolg’onni chindek aytquvchi suxanvar – kumushni oltun ro’kash qiluvchi zargar. Yolg’on afsonalarda uyqu kelturguvchi, yolg’onchi uyquda takallum surguvchi. Yolg’on aytguvchi g’aflatdadur. So’zning asnofi bag’oyat cho’qdur, yolg’ondin yamonroq sinfi yo’qdur.

Previous articleAlisher Navoiy – Алишер Навоий
Next article«Mahbub ul-Qulub» asaridan olingan namunalarning nasriy bayoni