O‘ unlisining talaffuzi va imlosi. Ў унлисининг талаффузи ва имлоси.
O‘ tovushi ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar kabi so‘zlarda torroq, bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol kabi so‘zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi.
Mo‘tadil, mo‘jiza, mo‘tabar kabi so‘zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi. |
Mashq. Maqollarni o‘qing, o‘ tovushining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling, so‘ng gaplarni daftaringizga ko‘chirib oling.
QO‘RQOQ BO‘LMANG
Qo‘rqoqning ko‘zi katta, ahmoqning so‘zi katta. Qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar. Arslonning bo‘kirgani – sichqonning o‘lgani. Qo‘rqoq, qo‘rqoqning oyog‘i cho‘loq. Qo‘rqoqning o‘z quroli o‘ziga yov. Botir bir marta o‘lar, qo‘rqoq yuz marta.
Savol va topshiriqlar
- O‘ tovushi qanday hollarda torroq talaffuz qilinadi?
- O‘ tovushining keng aytilish holatlariga misollar keltiring.
- O‘ harfi tutuq belgisi (apostrof) bilan kelganda, qanday yoziladi?