Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi

0

Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi. Қатор келган унлилар талаффузи ва имлоси.


Adabiy talaffuz va imlo meyoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.

Qator kelgan unlili so‘zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday so‘zlardagi qator unlilarni og‘zaki nutqda yo bir cho‘ziq unliga aylantirish (masala n, muallimni malim) yoki qator kelgan unlilar o‘rtasiga ayrim undoshlarni qo‘shish yo‘li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. Masala n: soat so‘zi Farg‘onada sohat, Toshkentda sogat tarzida talaffuz qilinadi.


389-mashq. Matnni o‘qing, qator unlilar kelgan so‘zlarni topib, ularning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.

OQSAROY

Amir Temur qurdirgan hashamatli saroylardan biri Shahrisabzdagi Oqsaroy sanaladi.

Oqsaroyga tashrif buyurgan kishi uning go‘zalligi va ulug‘vorligi oldida taajjubga tushadi, bu yerdan katta taassurotlar bilan qaytadi.

Oqsaroy temuriylar saltanatiga taalluqli bo‘lgan o‘lmas obidalardan biridir. Biz har doim bu kabi o‘lmas obidalarimiz borligidan faxrlanib yuramiz.

390-mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Unlilar qator kelgan so‘zlarni topib, ularning tagiga chizing.

  1. Muallimlar ilm-u fan va maorifimiz jonkuyarlari sanaladi.
  2. Xushmuomalalik uzoq umr ko‘rishning sabablaridan biridir.
  3. Qanoatli bo‘linglar, bu sizni saodatga eltadi. (Yusuf Xos Hojib)
  4. Sharoitga qarab ish ko‘raverasan. (M. Murodov)

Savol va topshiriqlar

  1. Qator kelgan unlilar qanday so‘zlarda uchraydi?
  2. Ularni tilimizga moslashtirish uchun og‘zaki nutqda qanday tovusho‘zgarishlari hosil qilinadi?
  3. Adabiy talaffuz va imloda qaysi holatga amal qilinadi?
Previous articleA va O unlilari talaffuzi va imlosi
Next articleO‘ unlisining talaffuzi va imlosi