O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar. Ўзбекистон иқтисодиётидаги ютуқлар. Узбекистон иктисодиётидаги ютуклар. Ўзбекистоиминг ғалла мустақиллиги. Узбекистоиминг галла мустакиллиги.
O‘zbekistoiming g‘alla mustaqilligi
G‘alla (bug‘doy) xalqi- mizning rizq-ro‘zi. O‘zbekiston mustamlaka bo‘lgan davrlarda sobiq Sovet Ittifoqini paxta bilan ta’minlab keldi.
O‘zbekistonning paxtasisiz sobiq Sovet Ittifoqining to‘qimachilik korxonalari faoliyat ko‘rsata olmagan. O‘zbekiston o‘z aholisi uchun zarur g‘allaning asosiy qismini sobiq Sovet Ittifoqidan o‘z paxtasi evaziga olardi va u yiliga salkam 3 million tonnani tashkil etardi. Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangach, g‘allani chet ellardan sotib olishimizga to‘g‘ri keldi. Biroq o‘zaro aloqalarning bu- zilishi natijasida Respublikamiz atigi bir haftaga yetadigan g‘alla zaxirasi qolgan kunlarni ham boshidan kechirdi.

Bunday og‘ir sharoitdan chiqish uchun Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatning g‘alla mustaqilligiga erishishi haqida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, respublikada paxta ekiladigan yer maydonlari qisqartirildi. Paxtadan bo‘shagan yerlarda g‘alla yetishtirila boshlandi. Ayni paytda har gektar yerdan olinadigan don hosildorligini oshirish choralari ko‘rildi. Bu harakat tez orada o‘z samarasini berdi.
Yodda tuting! 2003-yilda O‘zbekiston g‘alla mustaqilligiga erishdi. Shu yili O‘zbekiston deliqonlarining fidokorona mehnati tufayli mamlakatimizda 5 mln. 100 ming tonna g‘alla yetishtirildi. Bu 1991-yilga nisbatan 5,5 marta ko‘p edi. |
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bu g‘alabaga erishilgan kunlarda o‘zining «O‘zbek noni» she’rida quyidagi satrlarni bitgan edi:
Yurtim, buyukliging bildi keng jahon,
To‘ldi omboring o‘z doning bilan.
Siylaysan olamni yozib dasturxon,
Mehnatdan yaralgan shu noning bilan.
Mehnatsevar dehqonlarimizning jasoratlari tufayli 2014-yilda respublikamizda 8 mln. tonnadan ortiq g‘alla yetishtirildi. Bugun O‘zbekiston g‘allasi hatto boshqa davlatlarga ham sotilmoqda.
Neft mustaqilligi
Siz neft nimaligini yaxshi bilasiz. Uning kishilik jamiyati barqarorligi uchun ahamiyati nihoyatda ulkandir.
Shuning uchun ham u «qora oltin» deb ham yuritiladi. Neftdan olinadigan mahsulotlarni ko‘z oldingizga keltiring-a. Bular benzin, kerosin, solyarka va boshqa yonilg‘ilardir. Bularsiz xalq xo‘jaligining hech bir sohasi bir maromda faoliyat ko‘rsata olmaydi.

Chunonchi, kerosinsiz samolyotlar ucha olmaydi. Solyarkasiz qishloq xo‘jalik texnikalari yurmaydi. Benzinsiz transport vositalari harakatlana olmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, neftni xalq xo‘jaligining tomirlarida oqayotgan qonga qiyos qilish mumkin. Shuning uchun ham ne ft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj yildan yilga ortib bormoqda.
O‘zini o‘zi neft mahsulotlari bilan ta’min- lagan davlat o‘zgalar qo‘liga qarab qolmaydi. O‘zbekistonda AQSH va Yaponiya bilan hamkorlikda qator neft konlari ishga tushirildi. Natijada neft qazib olish yildan yilga ortib bordi.
Yodda tuting! 1995-yildan O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. |
Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari respublikaning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda.
O‘zbekiston paxtasining dimyodagi о‘rni
O‘zbekiston dunyoda o‘zining paxtasi bilan ham mashhur. Respublikamiz dunyoda paxta yetishtirish va uni chet davlatlarga sotish bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Paxta qimmatbaho xomashyodir.
Yodda tuting! Bir tonna paxta xomashyosidan o‘rtacha 320—350 kg tola olinadi. Bu toladan esa 3500 kvadrat metr gazlama to‘qish mumkin. Shuningdek, 620 kg chigit ham olinadi. Bu chigitdan esa 110 kg paxta moyi, 225 kg kunjara va 175 kg sheluxa va boshqa mahsulotlar olinadi. |
O‘zbek paxtasidan olinadigan tolaning sifati juda yuqori. Shuning uchun ham unga jahonda talab juda katta.
Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Toshkentda «Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi» o‘tkazilib kelinmoqda va u o‘zbek paxtasining o‘ziga xos jahon bozori vazifasini o‘tamoqda.

Zamonaviy sanoat
Zamonaviy sa- noatsiz xalq xo‘jaligini taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Faraz qiling, elektr ener- giyasi (tok) ishlab chiqarish kamayib ketdi. Xo‘sh, unda nima bo‘ladi? Al- batta, barcha sanoat korxonalari to‘xtab qoladi.
Mashinasozlik sanoatini olaylik. Zamonaviy qishloq xo‘jalik texnika- larisiz qanday qilib qishloq xo‘jaligida ish yuritish mumkin? Mashinasozlik sanoatisiz O‘zbekiston zamonaviy yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylana olarmidi? Bir-biridan ajoyib yengil mashinalar ishlab chiqarilayotganligiga o‘zingiz ham guvohsiz.
Kimyo sanoatisiz ham qishloq xo‘jaligining rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Mineral o‘g‘itlar yordamida ekinlarning hosildorligini oshirish, kimyoviy vositalar bilan esa qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish mumkin.
Oziq-ovqat sanoati aholini turli xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi. Shunday ekan, respublikamizda sanoatni rivojlantirish masalasiga bundan keyin ham katta e’tibor berilaveradi.
O‘zingizni sinang
♦ Kimyo sanoati bolmasa … .
♦ Neft sanoati bo’lmasa … .
Atamalar mazmunini bilib oling
Iqtisodiyot — mamlakat aholisini barcha zarur narsalar bilan ta’minlovchi xo‘jalik, ishlab chiqarish.
Texnika — inson mehnatini yengillashtiradigan va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan ishlab chiqarish qurollari, vositalari.
Yarmarka — tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlarni ko‘tara sotish va sotib olish maqsadida ohkaziladigan yig‘ini.
Savol va topshiriqlar
- Nima uchun O‘zbekistonda g‘alla mustaqilligini ta’minlash zarur edi ?
- G’alla mustaqilligiga erishish borasida qanday tadbirlar amalga oshirildi va ular qanday natija berdi?
- Neft mustaqilligiga erishmasdan turib ishlab chiqarishni rivojlantirib bo’lmasligiga dalillar keltiring.
- О ‘zbekiston paxtasining jahon bozoridagi о ‘rni haqida nimalarni bilib oldingiz ?
- Sanoatning mamlakat iqtisodiyotida tutgan о ‘rni benihoya katta ekanligiga dalillar keltiring.
Mustaqil ish
- Siz yashayotgan tumanda sanoatning qaysi tarmog‘i mavjud? Ota-onangiz yordamida ushbu tarmoqning tumaningiz hayotida tutgan o‘rni haqida ma’lumot to‘plang.
- Ota-onangiz yordamida paxta va g‘alla yetishtirishda o‘zingiz yashayotgan tumanda bu yil qanday natijalarga erishilganligi haqida ma’lumot to‘plang.