O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi

0

O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Ўзбекистон мустақил тараққиёт йўлида. Ўзбекистон мустақиллигининг қўлга киритилиши. Узбекистон мустакил тараккиёт йулида. Узбекистон мустакиллигининг кулга киритилиши.


O‘zbekistonning birinchi Prezidenti

O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida mustamlaka edi. XX asrning 80-yillariga kelganda sobiq Sovet Ittifoqining inqirozga yuz tutganligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Mustamlaka xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi bu inqirozni yanada kuchaytirdi.

Shunday sharoitda O‘zbekistonga uni mustaqillik sari dadil yetaklashga qodir, ke- rak bo‘lsa, jonini ham lido qilishga tayyor turadigan yo‘lboshchi — rahbar zarur edi. Bu zaruriyat Islom Abdug‘aniyevich Karimovni siyosat maydoniga chiqardi. Islom Karimov tez orada O‘zbekiston rahbari etib saylandi. U bunga qadar qator yuqori davlat rahbarlik lavozimlarida ishlab katta tajriba to‘plagan edi.

Islom Karimov rasmlari
Islom Karimov

1990-yilning 24-martida O‘zbekiston tarixida birinchi bor prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Shu kuni kelajakni oldindan ko‘ra oluvchi va donishmand rahbar, o‘zbek xalqining vatanparvar farzandi, yodboshchisi Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.

Bu hodisa O‘zbekistonning mustaqilligi uchun kurash yo‘lida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Yodda tuting!

Prezident — ma’lum muddatga saylab qo‘yiladigan davlat boshlig‘idir. Prezidentlik davlatdagi eng oliy lavozim. «Prezident» atamasi lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «oldinda o‘tiruvchi» degan ma’noni anglatadi.

 O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi

Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Ayni paytda O‘zbekistonni davlat mustaqilli- giga olib keladigan tadbiriarni izchillik bilan amalga oshira boshladi. Ulaming orasida 1990-yilda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiya- si» katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Qulayotgan sobiq Sovet Ittifoqining rahbariari 1991-yilning avgust oyida kuch ishlatish yo‘li bilan sobiq Sovet Ittifoqini saqlab qolishga urindilar. Biroq bu urinish halokatga uchradi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 31-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. 1-sentabr esa O‘zbekiston Respub­likasining Mustaqillik kuni deb belgilandi. Shu tariqa dunyo siyosiy xaritasida yangi davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.

1991-yilning 29-dekabrida Islom Abdug‘aniyevich Karimov muqobillik asosida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.


O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o‘z qiyofasini xalqaro me’yorlar asosida namoyon qilishi lozim edi. Davlatning qiyofasi esa uning ramzlarida aks etadi. Ramzlar davlatning, xalqning o‘ziga xos jihatlarini ifodalov- chi timsollar bo‘lib, davlatni xalqaro miqyosda tanitadi. Uning mustaqil ekanligini namoyish etadi. Davlatlarni bir-biridan farqlantirib turadi. Xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bolganligini anglatadi. O‘zida xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini, orzu-maqsadlarini aks ettiradi. Shuning uchun O‘zbekiston ham qisqa vaqt ichida o‘z davlat ramzlarini qabul qilishga kirishdi.

E’tibor bering!

O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 5-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i

Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991-yilning 18-noyabrida, Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda, Davlat madhiyasi esa 1992-yil 10-dekabrda tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Siz davlatimiz ramzlarining mazmunini ularda aks etgan har bir tasvirning qanday ma’noni anglatishini «Konstitutsiya olamiga sayohat» darslarida bilib olgansiz.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi

O‘zbekis- ton davlat mustaqilligiga erishgach, Qo- raqalpog‘istonga O‘zbekiston tarkibidagi mustaqil Respublika maqomi berildi. O‘zbeklar va qoraqalpoqlar asrlar davomida yonma-yon, og‘a-inilardek yashab keldilar. Ularning munosabatlari do‘stlik va qar- doshlikka asoslanadi. Ularning tillari ham bir-biriga yaqin.

O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘is- ton Respublikasi o‘zining Konstitutsiya – siga, davlat ramzlariga, qonun chiqaruvchi hokimiyatiga va hukumatiga ega. Qora- qalpog‘iston Respublikasida qonun chi­qaruvchi hokimiyatni Jo‘qorg‘i Kenges amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayrog‘i
Qoraqalpog‘iston Respublikasi gerbi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi gerbi

Atamalar mazmunini bilib oling

Gerb — davlat muhrida, pul va hujjatlarda tasvirlangan, davlatni tanituvchi alohida farqli belgi.

Bayroq — biror-bir davlatga yoki tashkilotga qarashlikni anglatuvchi belgilar tushirilgan muayyan o’lchamdagi mato, davlat mustaqilligining asosiy ramzi.

Muqobillik — saylanadigan lavozimlarga nomzodlaming ikkitadan kam bo’lmasligi qoidasi.

Ramz — biror hodisani, holatni ifodalovchi shartli belgi.


Savol va topshiriqlar

  1. О ‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta ’sis etilishi haqida so ‘zlab bering.
  2. «Prezident» so ‘zi va uning maqomini ta ’riflab bering.
  3. О ‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining e ’Ion qilinishi jarayoni qanday kechdi ?
  4. Davlatlarga davlat ramzlari nima uchun zarurligini tushuntirib bering.
  5. Qoraqalpog’iston Respublikasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Previous articleKonvensiya nima? Конвенция нима?
Next articleO‘zbekistonning birinchi Prezidenti